dars. ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH




Download 5,45 Mb.
bet6/15
Sana06.12.2023
Hajmi5,45 Mb.
#112157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

dars. ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH


Internetning bu darajada ommalashuviga sabab – nafaqat uning ma’lumotlarga boyligi, balki u orqali xabar almashish, muloqot qilishning oson va qulayligidir. Xabar almashishning eng tezkor usullaridan biri – elektron pochta xizmatining paydo bo‘lishi Internetdan foydalanuvchilar sonini keskin oshirdi. Biror xabar kimgadir oddiy pochta orqali bir necha kunda yetib borsa, elektron pochta orqali dunyoning istalgan nuqtasiga bir necha minutlarda yetib borishi mumkin.
Elektron pochta – elektron pochta qutilari yordamida xabar (elektron xatlar) almashish uchun mo‘ljallangan Internet xizmati.


Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • xabarlarni tezkor almashish (bir necha minut);

  • xabarlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni ilova qilish;

  • xabarlarga rasm va multimedia ma’lumotlarini joylashtirish.

Elektron xatlarni qabul qilish va jo‘natish uchun qabul qiluvchi va jo‘natuvchi o‘z shaxsiy elektron pochta manziliga ega bo‘lishi lozim.
Har bir elektron pochta manzili unikaldir. Agar ikki foydalanuvchining elektron pochta manzillari bir xil bo‘lsa, u holda ular bir-birlarining elektron pochta manzillariga kelgan xabarlarni o‘qiy olar edi. Shu sababli, dunyoda ikkita bir xil elektron pochta manzili bo‘lishi mumkin emas.
Elektron pochta manzili quyidagilardan tarkib
topgan:



info@edu.uz
info – elektron pochta egasi (foydalanuvchi) nomi bo‘lib, ushbu manzil kimga tegishli ekanligi yoki xabar kimga yuborilishi kerakligini anglatadi.


edu.uz – pochta serveri (domen) nomi bo‘lib, pochta qayerda joylashganligi yoki xabar qayerga yuborilishi kerakligini anglatadi.
Foydalanuvchi nomi va domen nomi bir-biri bilan @ (kuchukcha) belgisi yordamida bog‘lanadi. Bu belgi birga ishlatilgan so‘z elektron pochta manzilini bildiradi.
Elektron xat har doim elektron pochta manzilida saqlanadi. Elektron pochta manzilini yaratish uchun pochta xizmati saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.



Download 5,45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 5,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



dars. ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH

Download 5,45 Mb.