Iii bob. Internetda




Download 5,45 Mb.
bet5/15
Sana06.12.2023
Hajmi5,45 Mb.
#112157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta
11Купить Ноутбук Acer A315 i3-1005G1 4GB1000GB в интернет магазине MEDIAPARK.UZ Ташкент, 9-mavzu, 1683879068 (1), Alisher Sadullayev referat, Informatika 7 uzb 2021, 2-mavzu. Borlik va rivozlanis falsafasi (1), FALSAFA, algoritm 2, Mavzu Ma’lumotlarni qidirish usullari, algoritmlari va ularning, VVVVV, ARIZA 35 foiz, 35% ANKETASI, ariza ped, ммк ни бошкариш (2), 1759389765

dars. GRAFIK, AUDIO VA


VIDEOMA’LUMOTLARNI IZLASH
Loyihalarni yaratish jarayonida matnli ma’lumotlarning o‘zigina yetarli bo‘lmaydi. Loyihani boyitish uchun uning tarkibiga turli rasmlarni o‘rnatish yoki audio va videolar orqali loyiha taqdimotlarini yanada jozibador qilish mumkin. Buning uchun turli rasm, audio va videoma’lumotlarni Internetdan qidirib topish va yuklab olish kerak.
Tasvirni veb-saytdan saqlab olish uchun, eng avvalo, undan nusxa olishga ijozat berilgan yoki berilmaganligini aniqlash lozim. Internetdagi ayrim tasvirlar ularning egalari, ya’ni mualliflari yoki yaratuvchilari tomonidan mualliflik huquqi asosida joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Internet tarmog‘ida mualliflik huquqi ko‘rsatilmagan veb-saytlar ham mavjud bo‘lib, loyihalarda ular tarkibidagi matn yoki tasvirdan foydalanilganda, ularning manzili ko‘rsatilishi lozim.

Grafik ma’lumotlarni qidirish va yuklash



  1. Brauzer dasturini ishga tushirib, u orqali qidiruv tizimlaridan biriga kiriladi.

  2. Qidiruv maydoniga kalit so‘z (masalan, Ocean) kiritiladi va “Enter” (yoki lupa tasviri) bosiladi (1). Kalit so‘zni, mikrofonni bosgan holda, ovoz orqali kiritish ham mumkin (2).

  3. Tasvirli ma’lumotlarni ko‘rish uchun qidiruv tizimining “Images” bo‘limiga o‘tiladi (3).








  1. Tasvir ustida sichqonchaning ko‘rsatkichi bosilganda, o‘ng tomondan shu tasvirga o‘xshash tasvirlar ro‘yxati chiqib keladi. O‘ng tomondagi oyna orqali tasvir o‘lchamini ko‘rish mumkin (4).

  2. Tasvirni veb-saytdan yuklab olish uchun tasvir ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi, kontekstli menyudan “Save image as…” tanlanadi (5).

  3. Tasvirni saqlash uchun muloqot oynasida manzil ko‘rsatiladi va “Save” tugmachasi bosiladi.

  4. Tasvirdan loyiha ishida foydalanish uchun mualliflik huquqini saqlagan holda uning manzilini ham ko‘rsatish lozim. Buning uchun “Copy link address” orqali tasvir manzilini nusxalash va uni loyiha ishidagi tasvir tagiga joylashtirish mumkin (6).



Ma’lumotlarni tasvir orqali qidirish
Internet ma’lumotlari asosida tayyorlangan loyiha ishidagi tasvirlar qayerdan olinganligini bilish yoki sizdagi tasvir haqida Internetdan ma’lumot qidirish uchun “Images”dan foydalaniladi. Buning uchun:

  1. brauzer dasturini yuklab, u orqali qidiruv tizimlaridan biriga kiriladi (masalan, https:/ google.uz);

  2. tasvir orqali qidirishni amalga oshirish uchun sahifadan “Images” (1) bo‘limiga o‘tiladi;

  3. qidiruv maydonidan “Search by image”

(2) tanlanadi;

  1. tasvirni yuklab olish uchun “Upload an image” (3) tanlanadi va “Choose File” (4) orqali tasvir yuklanadi;

  2. tasvir yuklanib bo‘lganidan keyin, natijalar oynada aks etadi.



Audioma’lumotlarni qidirish va yuklash

  1. Qidiruv maydoniga kalit so‘z (uzbek music) kiritiladi va “Enter” (yoki lupa tasviri) bosiladi. Kalit so‘zni, mikrofonni bosgan holda, ovoz orqali kiritish ham mumkin (1).


  2. Natijalar orasidan musiqalarni yuklab olish mumkin bo‘lgan sayt (masalan, uzhits.net)ga o‘tiladi (2).

  3. Musiqa ustida sichqonchaning tugmachasini bosib, tinglab ko‘riladi (3).

  4. Yuklash ikonkasi orqali audiofayl yuklab olinadi (4).

Yuklash ikonkasi turli saytlarda turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, masalan, disket rasmi, pastga yo‘naltirilgan strelka va h. k.
Videoma’lumotlarni qidirish va yuklash

  1. Qidiruv maydoniga kalit so‘z (masalan, Alisher Navoiy) kiritiladi va “Enter” (yoki lupa tasviri) bosiladi. Kalit so‘zni, mikrofonni bosgan holda, ovoz orqali kiritish ham mumkin (1).

  2. Natijalar sifatida, asosan, Youtube video qidiruv tizimi (www.youtube.com)dan olingan ma’lumotlar ro‘yxati keltirilgan.

  3. Video ma’lumotlarni ko‘rish uchun “Videos” bo‘limiga o‘tiladi (2).

  4. Natijalar orasidan Youtube video qidiruv tizimi (www.youtube.com)dagi kerakli videoga o‘tiladi (3).

  5. Videofayl ko‘rib chiqiladi. Agar video ma’qul kelmasa, oynaning o‘ng tomonida ushbu kalit so‘zga mos boshqa videofayllar ham keltirilgan (4).

  6. Ulardan mosini tanlab olish uchun video ustida sichqoncha tugmachasini bosish lozim.

  7. Videoni yuklab olish uchun brauzer manzil qatoridagi videoning URL manzilidagi (https:/ www. youtube.com/watch?v=6GriaeBngeQ) youtube so‘zi oldiga “ss” qo‘shimchasini qo‘shish (https:/ www.ssyoutube.com/watch?v=6GriaeBngeQ) va “Enter” tugmachasini bosish zarur. Shu orqali videolarni yuklab olish mumkin bo‘lgan savefrom.net saytiga o‘tiladi. (5).







  1. Hosil bo‘lgan oynada “Скачать без установки” ko‘rsatmasi orqali videoni yuklash qismi ishga tushiriladi (6).



  2. “Скачать” tugmachasi yordamida video yuklab olinadi (7). Yuklangan videolarni sozlamalar tugmachasining “Download” bo‘limi orqali ko‘rish mumkin.







    1. Download 5,45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 5,45 Mb.