• AMALIY MASHG‘ULOT
  • Iii bob. Internetda




    Download 5,45 Mb.
    bet4/15
    Sana06.12.2023
    Hajmi5,45 Mb.
    #112157
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Internetda ishlash asoslari va elektron pochta
    11Купить Ноутбук Acer A315 i3-1005G1 4GB1000GB в интернет магазине MEDIAPARK.UZ Ташкент, 9-mavzu, 1683879068 (1), Alisher Sadullayev referat, Informatika 7 uzb 2021, 2-mavzu. Borlik va rivozlanis falsafasi (1), FALSAFA, algoritm 2, Mavzu Ma’lumotlarni qidirish usullari, algoritmlari va ularning, VVVVV, ARIZA 35 foiz, 35% ANKETASI, ariza ped, ммк ни бошкариш (2), 1759389765
    Veb-sahifani saqlash
    Veb-sahifani saqlash uchun sichqonchaning о‘ng tugmachasini veb-sahifaning istalgan bo‘sh joyida bosish, sо‘ngra kontekstli menyudan “Save as…” buyrug‘ini tanlash lozim (1). Veb-sahifaning qayerga saqlanishi ko‘rsatilib, “Save” tugmachasi bosiladi. Veb- sahifa saqlangan joyda veb-sahifani kо‘rish mumkin.


    Veb-sahifani belgilab qо‘yish (xatchо‘pga qo‘shish) Veb-sahifani yana osongina ochish uchun, uni xatchо‘plarga qо‘shib qo‘yish mumkin. Veb-sahifani
    belgilash (xatchо‘pga qo‘shish) uchun manzil satrining
    oxiridagi yulduzcha ustiga bosiladi (3). Kо‘rsatilgan maydonda esa “Done” tugmachasi bosiladi (4).
    Saqlangan xatchо‘pni topish uchun xatchо‘plar menyusini ochish lozim. Odatda, uni veb-sahifaning yuqori о‘ng burchagidan topish mumkin.


    Veb-sahifa manzili (URL)ni saqlash:

    • veb-sahifaning URL manzilini nusxalash uchun manzil satrida veb-sahifaning manzili belgilanadi;

    • belgilangan matn ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va menyudan “Copy” – nusxa olish buyrug‘i tanlanadi;

    • URLni hujjatga joylashtirish uchun, hujjat ochiladi;


    • hujjatdagi bo‘sh joyda sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va menyudan “Paste” – joylashtirish buyrug‘i tanlanadi.



    Veb-sahifani chop etish
    Veb-sahifa nusxasini saqlab qolish uchun uni chop etish mumkin. Buning uchun veb-sahifaning istalgan bo‘sh qismida sichqonchaning о‘ng tugmachasi bosiladi va kontekstli menyudan “Print” bandi tanlanadi (2). So‘ngra ekranda chop etilishi lozim bо‘lgan sahifani kо‘rib chiqish va “Print” tugmachasini bosish lozim.
    Veb-saytdagi matndan nusxa olish
    Loyiha uchun veb-sahifadagi matnni kо‘chirib olishdan avval yaxshilab о‘ylab kо‘ring. Yaxshisi, matnni о‘z sо‘zlaringiz bilan qayta yozishga harakat qilganingiz ma’qul. Agar ishingizda veb- saytdagi matndan foydalansangiz, uni qayerdan olganingizni kо‘rsatishingiz lozim. Bunday holat ushbu veb-sahifaga murojaat qilganingizni anglatadi. Agar bunday qilmasangiz, u holda sizni axloqqa zid xatti-harakatlarda, hatto ko‘chirmakashlik (plagiat)da ayblashlari mumkin.

    1. Veb-saytdagi matndan nusxa olish uchun uni kursor bilan belgilang.

    2. Belgilangan matn ustida sichqonchaning о‘ng tugmachasini bosing va kontekstli menyudan “Copy” tugmachasini bosing.

    3. Microsoft Word yoki Wordpadda yangi hujjat oching.




    1. Sichqonchaning о‘ng tugmachasini ish maydonida yana bir marta bosing va menyudan “Paste” tugmachasini tanlang.

    2. Matn manbasiga murojaatni o‘rnating. Manbaga murojaatni havola yoki foydalanilgan adabiyot sifatida qo‘yish mumkin. Bunda veb-sayt manzili, veb-sayt muallifi (agar ma’lumot mavjud bo‘lsa), veb-saytga kirgan sana va vaqt ko‘rsatiladi.



    AMALIY MASHG‘ULOT

    1. topshiriq

      1. Veb-brauzer orqali Google qidiruv tizimiga kiring.

      2. Qidiruv maydoniga “qadimiy” jumlasini yozing.

      3. Qidiruv maydoniga “qadimiy + obidalar” jumlasini yozing. Qidiruv natijalari sahifasida paydo bо‘lgan qidiruv natijalariga qarang.

      4. Endi “samarqand + qadimiy + obidalar”ni kiriting. Qidiruv natijalari sahifasida paydo bо‘lgan qidiruv natijalariga qarang. Natijalarda farq bormi? Qо‘shimcha sо‘zlarni qо‘shish natijasida ma’lumotlar miqdori o‘zgardimi?

      5. Qidiruv natijalari bo‘yicha 5 ta natijani yozib oling.

      6. Endi “Bing” qidiruv tizimini oching va xuddi shu jumlani kiriting.

      7. So‘ngra “Kiddle”ni oching va xuddi shu bosqichlarni bajaring.

      8. Har biridagi beshta qidiruv natijalariga qarang. Ularning qanchasi bir xil? Ularning qanchasi bir-biridan farqli? Ularning barchasi bir xil tartibdаmi? Topilgan ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish uchun bir nechta manbadan foydalaning. Ikki yoki undan ortiq manba bо‘yicha bir xil ma’lumot qidirilganda, ularning barchasi bir xil ma’lumot berishi yoki farqlar mavjudligini bilib olasiz. Agar bir xil ma’lumot bir nechta manbada berilgan bо‘lsa, ehtimol bu ma’lumot ishonchli bо‘lishi mumkin.

    2. topshiriq

      1. Qidiruv satriga "Samarqand" jumlasini kiriting. Qidiruv tizimida axborotni izlash usullaridan foydalaning.

      2. Eng yaxshi deb olingan beshta ma’lumotni ko‘rib chiqing.

      3. Axborot manbasiga qarang. Tashkilot yoki rasmiy manbani tekshiring.

      4. Sizningcha, qaysi natija eng ishonchli va nima uchun?








    1. Download 5,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 5,45 Mb.