Ikrom rahmonov




Download 7.45 Mb.
bet9/50
Sana13.05.2023
Hajmi7.45 Mb.
#59295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
Документ Microsoft Word (2)
A. Kichraytirish. B. Natural (asli). C. Kattalashtirish. D. Nisbat.

Narsalarni tekislikda (qog‘oz sathida) tasvirlashda foydalaniladigan chiziq va uning xilma-xilligi ijodkor ahli tomonidan yaratilgan buyuk grafikaviy kashfiyot hisoblanadi.


O‘z DSt 2.303:2003 tomonidan chizma chiziqlarining quyidagi turlari belgilangan: 1. Asosiy tutash, yo‘g‘on. 2. Ko‘rinmas kontur, shtrix. 3. Ingichka tutash. 4. Markaziy va o‘q shtrix-punktir. 5. Tutash to‘lqin. 6. Ikki nuqtali shtrix-punktir chiziqlar (3.1-chizma).
Chizmalarda jismlarning ko‘zga ko‘rinib turgan shaklini tasvirlashda qo‘llaniladigan asosiy tutash yo‘g‘on chiziq ko‘rinadigan kontur chiziqlar deyiladi. Chizmalarda jismlarning ko‘zga ko‘rinmaydigan qismini tasvirlovchi chiziq shtrix chiziq deb ataladi. Tasvirni ikkita simmetrik (bir xil) qismlarga ajratuvchi shtrix-punktir chiziq o‘q yoki simmetriya chizig‘i deyiladi. Aylanalarning markazidan bir-biriga perpendikular o‘tuvchi shtrix-punktir chiziqlar markaz chiziqlaridir. O‘q, simmetrik va markaz chiziqlari jism tasviri konturidan 3–5 mm chiqib tursa bas. Undan ortiqchasi o‘chirib tashlanadi. Asosiy yo‘g‘on tutash chiziqning qalinligi lotincha s harfi bilan belgilanadi.
Boshqa chiziqlarning yo‘g‘onligi asosiy yo‘g‘on tutash chiziqning tanlab olingan qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Ingichka tutash chiziqlar o‘lcham chiziqlari, chetga chiqarish o‘lcham chiziqlari, chizmalarni chizishda foydalaniladi. Tutash to‘lqin chiziqlardan detal to‘liq tasvirlanmagan, uzib tasvirlangan

1




s=0,6...1,4



2






s/3...s/2

1...2

2...8




3




s/3...s/2



4






s/3...s/2



joylarda, ikki nuqtali shtrix-punktir chiziqdan detal yoyilmalarida foyda- laniladi.
Chizmadagi tasvirning kattaligi va murakkabligiga qarab, asosiy yo‘g‘on tutash chiziq orqali tasvirlanayotgan kontur chiziqning yo‘g‘onligi s=0,6 mm dan to 1,4 mm gacha olinadi. Qabul qilingan kontur chiziqning yo‘g‘onligi shu chizmaning barchasida bir xilda bo‘lishi lozim. Kontur chiziqlarning yo‘g‘onligiga qarab, ko‘rinmas kontur chiziq shtrixlarining uzunligi 2 mm dan 6 mm gacha bo‘lishi kerak. Shtrixlar oralig‘i 2 mm gacha olinadi. Shuningdek, shtrixlar uzunligi va ular orasidagi masofa shu chizmaning barcha joyida bir xilda bo‘lishi kerak. Shtrix-punktir chiziqlarda shtrixlarning uzunligi taxminan 15 mm dan 30 mm gacha, shtrixlar orasidagi masofa 3 mm dan 5 mm gacha bo‘lishi lozim. Shtrixlar orasida nuqta biroz cho‘zilgan nuqta ko‘rinishida tasvirlanadi. Shtrix-punktir chiziqlar aylana markazida nuqta bilan emas, balki shtrixlarning o‘zaro kesishishi, oxirida shtrix bilan tugallanishi lozim. Aylana diametri 12 mm dan kichikroq bo‘lsa, ulardagi markaz chiziqlari tutash qilib chiziladi.

Download 7.45 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Download 7.45 Mb.