Qalam bilan chizma chizishda asosiy qoidalar




Download 7.45 Mb.
bet7/50
Sana13.05.2023
Hajmi7.45 Mb.
#59295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
Документ Microsoft Word (2),
Qalam bilan chizma chizishda asosiy qoidalar. O‘lchamlar chizmaga o‘lchash chizg‘ichi yoki rejalash sirkuli yordamida o‘lchab qo‘yiladi. Agar chiziladigan shakl simmetrik bo‘lsa, u vaqtda avval simmetriya o‘qi chiziladi. Berilgan o‘lchamning yarmi simmetriya o‘qining ikki tomoniga o‘lchab
qo‘yiladi. Yordamchi chiziqlarni chizishda qalam uchi 1.7-chizma, a kabi yoki grafit sterjeni ingichka bo‘lgan sanga qalamdan foydalaniladi.
Chizma chizishning ikkinchi bosqichida chizilgan chizmaning ustidan bostirib chiziladi. Chizmani bostirib chizishda qalam qog‘ozning sifatiga qarab tanlanadi. Qog‘oz sathi g‘adir-budur bo‘lsa, qattiqroq qalam, silliq bo‘lsa, yumshoqroq qalam tanlanadi.
Chizmani eng avval markaz, simmetriya o‘q chiziqlari va ingichka chiziqlarni chizishdan boshlash kerak. So‘ngra aylanalar, radiusli yoylar, keyin to‘g‘ri chiziqlar ustidan bostirib chizish tavsiya etiladi.
Asosiy kontur, ya’ni chizmadagi barcha yo‘g‘on chiziqlar yordamchi ingichka chiziqlar ustidan 2.1-chizmada ko‘rsatilgandek, o‘rtada qoldirib chiziladi. Shuni unutmaslik kerakki, yo‘g‘on kontur, ya’ni yo‘g‘on chiziqlar ingichka chiziqlar ichidan chizilsa, detal konturi kichiklashib, tashqarisidan
chizilsa, kattalashib ketadi.
Sirkulga o‘rnatish uchun to‘g‘ri chiziqlarning ustidan bostirib chiziladigan qalamga nisbatan biroz yumshoqroq qalam olish lozim. Shunda chiziqlar aniq chiziladi va qog‘ozdagi aylanalar markazlari joylashgan nuqta haddan ortiq kengayib ketmaydi. Markazlarni saqlab qolish uchun sirkul oyog‘idagi

2.1-chizma.
ignani chizma tekisligiga perpendikular bo‘lishiga

hamda ignaning to‘mtoq tomonidagi chiqib turgan uchidan foydalanishga katta e’tibor beriladi. Aylana radiusining kattaligiga qarab ignani kerakli vaziyatga o‘zgartirib turish lozim. Bitta markazli konsentrik aylanalarni chizishda sentrik degan moslamadan foydalaniladi.
Chizma tayyor bo‘lgandan keyin ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi, xatolari bo‘lsa to‘g‘rilanadi. Ortiqcha yoki xato chizilgan chiziqlarni o‘chirishda shablonlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Download 7.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Download 7.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qalam bilan chizma chizishda asosiy qoidalar

Download 7.45 Mb.