|
Ikrom rahmonov
|
bet | 4/50 | Sana | 13.05.2023 | Hajmi | 7.45 Mb. | | #59295 |
Bog'liq 96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2aChizmachilik qurollari. Chizmachilik buyumlari va asboblariga gotovalniy, chizg‘ich, uchburchakliklar, lekalolar, reysshina, transportirlar kiradi. Chizmachilik jihozlariga chizmachilik stollari, chizmachilik taxtalari, chizmachilik mexanizmlari; chizma ashyolariga esa chizma qog‘ozi, qalam, o‘chirg‘ich, tush, qog‘ozqadagichlar kiradi.
Qalamlar va ularni ishga tayyorlash. Chizmachilikda ishlatiladigan qalamlar uch xil – yumshoq, qattiq, o‘rtacha qattiq qalamlarga bo‘linadi. Yumshoq qalamlar yumshoqligiga qarab M, 2M, 3M; qattiq qalamlar qattiqligiga qarab T, 2T, 3T; o‘rtacha qattiqlikdagi qalamlar esa CT yoki
TM bilan belgilanadi.
Boshqa mamlakatlarda tayyorlangan „KOH-I-NOOR“ rusumli qalamlarning yumshoqlari B, 2B, 3B; qattiqlari H, 2H, 3H; o‘rtachasi HB bilan belgilanadi. Chizmalar T yoki 2T qalamda chiziladi. Chizmaning ustidan bostirib chizish uchun TM yoki M rusumli qalam ishlatiladi. Qalamni ishga tayyorlash. Qalamning ochilgan yog‘och qismining uzunligi 25–30 mm, grafitining uzunligi 8–10 mm bo‘lishi lozim (1.7- chizma, a). Qalam uchi grafitini mayda qum (jilvir) qog‘ozdan (1.7- chizma, b) foydalanib, unga ishqalab o‘tkirlanadi. Sirkulda ingichka chiziqlarni chizish uchun 1.7-chizma, d da ko‘rsatilgandek qalamning sterjenini bir tomonlama qumqog‘ozga ishqalab o‘tkirlanadi. Chizilgan chizmani ustidan bosib chizishda qalam uchi kurak shaklida tayyorlanadi
25 ... 30
8 ... 10
(1.7-chizma, e). Hozirgi vaqtda chizmalar chizishda turli yo‘g‘onlikdagi grafit sterjenli qalamlardan foydalanilmoqda. Ingichkaroq sterjenlardan ingichka chiziqlarni, yo‘g‘onroq sterjenlardan kontur chiziqlarni chizishda foydalanish mumkin.
O‘chirg‘ich (rezinka). Chizmachilikda, asosan, yumshoq o‘chirg‘ichlar ishlatiladi (1.8-chizma). Ortiqcha chiziqlarni o‘chirish paytida chizma chap qo‘l bilan bosib turiladi va o‘chiriladi.
Chizg‘ich. Chizma chizishda chizg‘ichning millimetrlangan qirrasidan foydalaniladi. Chizg‘ichning ikkala chizma chiziladigan qirralari silliq va to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
|
| |