• To‘g‘ri chiziq kesmasini o‘zaro teng bo‘laklarga bo‘lish.
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet14/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
    Документ Microsoft Word (2)
    O‘zaro perpendikular chiziqlar chizish. Ikkita chiziq bir-biriga nisbatan 90° burchak hosil qilib joylashsa, ularni
    o‘zaro perpendikular chiziqlar deyiladi. Bunday chiziqlarni aniq chizish uchun oldin gorizontal yoki vertikal, yoki ixtiyoriy vaziyatdagi qiya chiziq chizib olinadi. Gorizontal chiziqqa O nuqtasi orqali unga perpendikular chiziq o‘tkazish uchun uchburchaklikning 90° li burchagi to‘g‘ri chiziqqa O nuqtadan 6.5-chizma, a da ko‘rsatilgandek chiziladi. Chizg‘ich yoki uchburchaklik yordamida gorizontal chiziqdan parallel surilib, ikkinchi
    uchburchaklikning yon qirrasi O nuqtaga 6.5-chizma, b dagidek qo‘yib chiziladi. Yoki sirkul yordamida O nuqtadan ikkala tomonga bir xil radiusda yoylar chizilib, to‘g‘ri chiziq bilan kesishgan nuqtalar 1 va 2 dan O1 yoki O2 dan kattaroq bir xil yoylar chiziladi. Yoylarning o‘zaro kesishayotgan 3-


    va 4- nuqtalari o‘zaro tutashtirilsa, berilgan chiziqqa perpendikular chiziq hosil bo‘ladi (6.5-chizma, d).
    Vertikal va qiya chiziqlarga ham perpendikular chiziq xuddi gorizontal chiziqqa o‘tkazilgan perpendikular chiziq kabi o‘tkaziladi.
    To‘g‘ri chiziq kesmasini o‘zaro teng bo‘laklarga bo‘lish. Texnik detal- larning chizmalari chizilayotganda ba’zida, oraliqlari o‘zaro teng bo‘lgan aylanali (silindrik) teshiklarning bitta o‘qda joylashganligini uchratamiz. Bundan tashqari, ko‘p geometrik yasashlarda to‘g‘ri chiziqlarni ma’lum miqdorda o‘zaro teng bo‘laklarga bo‘lish talab qilinadi. Masalan, AB kesmasini o‘zaro teng 5 bo‘lakka bo‘lish uchun, to‘g‘ri chiziq kesmasining A nuqtasidan ixtiyoriy burchakda yordamchi to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi (6.6-chizma, a). Shu o‘tkazilgan yordamchi chiziqqa A nuqtadan boshlab ixtiyoriy uzunlikdagi bir xil 5 ta kesma o‘lchab qo‘yiladi (6.6-chizma, b). Eng oxirgi 5-nuqtani B nuqta bilan tutashtirib, 4-, 3-, 2- va 1- nuqtalardan B5 chiziqqa parallel chiziqlar o‘tkaziladi (6.6-chizma, d). Shunda AB kesma o‘zaro teng 5 bo‘lakka bo‘linadi. Bu yordamchi uchburchak usuli deyiladi.

    1. Qanday chiziqlar gorizontal chiziqlar deyiladi? Qanday chiziqlar vertikal chiziqlar deyiladi? Qiya chiziqlar-chi?


    2. O‘zaro parallel chiziqlar qanday o‘tkaziladi? O‘zaro perpendikular chiziqlar- chi?

      1. Chizmachilik daftaringizga, so‘ngra chizma qog‘oziga turli ko‘rinishdagi o‘zaro parallel va perpendikular chiziqlar o‘tkazing (3.6-chizma).

      2. Ixtiyoriy uzunlikda AB kesma tanlab oling, so‘ngra uni oldin 3 ga, keyin 5 ga teng bo‘ling.



    V tekisligiga parallel tekisliklardagi kvadratning qaysi chizig‘i vertikal hisoblanadi?

    Download 7.45 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




    Download 7.45 Mb.