• Dissertatsiya mavzusi bo„yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi 2 .
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/48
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,44 Mb.
    #126998
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    Bog'liq
    O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy atamalari

    Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining 
    ustuvor yo„nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va 
    texnologiyalar rivojlanishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma‟naviy-
    axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor 
    yo„nalishiga muvofiq bajarilgan. 
    Dissertatsiya mavzusi bo„yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi
    2
    . O„rta 
    asrlarda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy 
    qarashlar bilan bog„liq bo„lgan ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy 
    markazlari, universitetlar va oliy ta‟lim muassasalarida, jumladan, Stanford
    University, Harvard University (AQSh), Cambridge University (Buyuk 
    Britaniya), Universidad de Las Palmas de Gran Canaria (Ispaniya),
    Ijtimoiy va 
    Milliy muammolar instituti (Moskva), Rossiya Fanlar Akademiyasining 
    Sharqshunoslik instituti (Moskva), Lord Acton din va erkinlikni o„rganish instituti. 
    (Michigan, AQSh), Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, 
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (O„zbekiston) tomonidan olib borilmoqda.
    Jahonda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarini rivojlantirish, jumladan, 
    quyidagi yo„nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan: Amir Temur 
    Sharqda va G„arbda shuhrat qozondi XVI-XIX asrlarda akademik fan 
    shug„ullanadigan tarixiy metodologiyaga tayanib, fransuz olimlarining tadqiqotlari 
    keyingi vaqtlarda fanda temuriylar iqtisodiyoti va savdoni rivojlantirish bo„yicha 
    tavsiyalar ishlab chiqilgan “Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti” (Fransiya); 
    iqtisodiyotning moddiy ne‟mat ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish sohalarini 
    rivojlantirishga oid g„oyalar, fikrlar takomillashtirish orqali aholi turmush darajasi 
    sifatini oshirish uchun iqtisodiy samaradorligini oshirish bo„yicha tavsiyalar ishlab 
    chiqilgan (Missouri University (AQSh); daromadni oshirish global oziq-ovqatga 
    bo„lgan o„sib borayotgan talabni qondirish hamda qashshoqlik darajasini 
    kamaytirish bo„yicha iqtisodiyot manfaatdorligini ta‟minlash yuzasidan tavsiyalar 
    asoslangan (Oxford University) (Buyuk Britaniya); qishloq xo„jaligi rivoji milliy 
    iqtisodiyotining jamiyat zanjirini mustahkamlash bo„yicha takomillashgan 
    yondashuv ishlab chiqilgan (ICARDA/Janubiy Koreya); iqtisodiy va xizmat 
    ko„rsatishda malakali va yuqori bilim darajasiga ega bo„lgan insonlarni tayyorlash 
    hamda xizmat ko„rsatishga oid kasbiy tarkibni modernizatsiyalash zaruriyati 
    asoslab berilgan (Lord Acton) din va erkinlikni o„rganish instituti (Michigan, 
    AQSh); ta‟lim, daromadlar darajasining oshishi yoki tabaqalanish tizimining 
    takomillashib borishi obyektiv jarayon ekanligi xulosalar asosida tasdiqlangan 
    (Economic Council of Sweden, Shvetsiya); mamlakat iqtisodiyotida iqtisodiy va 
    xizmat ko„rsatish sohalarini yangilash va modernizatsiyalangan ishlab 
    chiqarishlarni rivojlantirishda bandlik sifatini ta‟minlashning uslubiy jihatlari taklif 
    2
    Институт социальных и национальных проблем (Москва). rrasov@orient.soc.msu.su;. Институт 
    Востоковедения РАН (Москва). Институт имени Лорда Актона изучение релегии и свободы. Мичиган, США 
    http://info.narod.ru;.  http://sobor.narod.ru. Blaug M. What Ricardo Said and What Ricardo Meant //The Legacy of 
    Ricardo. Oxford., Hayek F. The Economics of Abundane//The Critics of Keynesian Economics. Е.Майбурд. 
    Введение в истории экономической мысли.



    etilgan. Xizmat sohasining o„zgarish tendensiyalari o„rtasidagi bog„liqlik
    aniqlangan (Gazi University – Turkiya); xizmatlar sohasining mamlakat va
    hududlar iqtisodiyotiga ijtimoiy-iqtisodiy ta‟siri, uni rivojlantirishning nazariy
    va uslubiy jihatlari asoslangan.
    Dunyo miqyosida o„rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va xizmat ko„rsatish 
    sohalarini takomillashtirish bo„yicha bir qator quyidagi ustuvor yo„nalishlarda 
    tadqiqotlar olib borilmoqda: jumladan, mamlakatlarning rivojlanish istiqbollari va 
    bu qarashlar yuzasidan amaliy yondashuvlarni o„rganish; mamlakat ijtimoiy-
    iqtisodiy barqarorligini ta‟minlashda iqtisodiy qarashlarni nazariy-ilmiy asoslash; 
    iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarida davlat boshqaruvining zamonaviy 
    shakllarini rivojlantirishda o„rta asrlardagi yondashuvlarning o„rnini baholash; 
    iqtisodiy va xizmat ko„rsatish sohalarida milliy qadriyatlarga oid fikrlarni asrlar 
    davomida shakllanib borganligini asoslash; ikkinchi renessans davrida qonun 
    ustuvorligi hamda chiqarilgan qonun-qoidalar aholi farovonligini yaxshilashga 
    qaratilganligi mexanizmlarini takomillashtirish.

    Download 2,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish