• Tadqiqotning usullari.
  • Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalikova lola nazarovna




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/48
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,44 Mb.
    #126998
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    Bog'liq
    O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy atamalari

    Tadqiqotning obyekti bo„lib, o„rta asrlarda O„zbekistonda iqtisodiyot va 
    xizmat ko„rsatish sohalarining rivojlanishi bilan bog„liq tarixiy va ilmiy asarlar 
    hisoblanadi. 
    Tadqiqotning predmeti O„rta asrlarda O„zbekistonda iqtisodiyot va xizmat 
    ko„rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy qarashlar jarayonida sodir 
    bo„ladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlardan iborat.
    Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada analiz, sintez, induksiya va
    deduksiya, sabab va oqibat, zamon va makon, iqtisodiy tahlilning an‟anaviy 
    usullari, taqqoslash, qiyosiy tahlil, SWOT-tahlil kabi usullardan keng 
    foydalanilgan. 
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
    uslubiy yondashuvga ko„ra o„rta asrlarda xizmat ko„rsatish sohasining holati 
    va rivojlanish bosqichlarini ifodalashda qo„llanilgan “mehnat unumdorligi”, 
    “foyda”, “samaradorlik” kabi kategoriyalar savdo-sotiq, ta‟lim, fan, sog„liqni 
    saqlashdagi iqtisodiy faoliyat darajasini baholashdagi asosiy iqtisodiy ko„rsatkich 
    sifatida takomillashtirilgan; 
    o„rta asrlardagi realizm namoyandalari Forobiy, Yusuf Xos-Hojib, Alisher 
    Navoiy, Amir Temur asarlarida mintaqaning tarixiy va madaniy markazlari, 
    mashhur ziyoratgohlariga tashrif buyurishning ma‟naviy-ruhiy ustunliklarini 


    10 
    targ„ib etish mazkur jarayonlar negizini tashkil etuvchi xizmat ko„rsatish 
    sohasining rivojlanishiga ta‟sir etganligi asoslangan;
    o„rta asrlarda savdo, ta‟lim, fan, sog„liqni saqlash kabi yuqori ijtimoiy-
    iqtisodiy naflilikka ega xizmat turlari jamiyatdagi moddiy ne‟matlar ishlab 
    chiqarish va ma‟naviy yuksalishning hamohangligini ta‟minlashda xizmat 
    ko„rsatish sohasining iqtisodiyotni real tarmoqlari salohiyatini sinergetik samara 
    ta‟sirida amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi o„ziga xos bog„lovchi 
    vosita bo„lganligi asoslangan; 
    o„rta asr mutafakkirlarining jamiyat a‟zolarini iqtisodiy faollikka undash va 
    rag„batlantirish vositasida ijtimoiy-iqtisodiy boylikni ko„paytirishga oid iqtisodiy 
    g„oyalari davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish orqali davlat va 
    jamiyat uyg„unligini ta‟minlashga xizmat qilganligi asoslangan;
    o„rta asrlarda shakllangan xizmat ko„rsatish turlari dehqonchilik rivojlanishi, 
    madaniy, ma‟rifiy va ijtimoiy hayot yaxshilanishining iqtisodiy sharti va asosi 
    hisoblangan ixtisoslashuv jarayonlari orqali tarmoqlararo mehnat taqsimotining 
    takomillashuviga ahamiyatli ta‟sir ko„rsatganligi asoslangan.

    Download 2,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalikova lola nazarovna

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish