• Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalikova lola nazarovna




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/48
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,44 Mb.
    #126998
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
    Bog'liq
    O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy atamalari

    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
    o„rta asrlarda O„zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarining 
    rivojlanishiga oid ilmiy – nazariy qarashlar (Avesto, Qur‟oni Karim, Hadislar, fiqh 
    ilmiga oid) ilk bor asoslab berilgan; 
    o„rta asrlarda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarining rivojlanishi 
    iqtisodiyot fanining muhim kategoriyasi bo„lgan ehtiyoj va uni qondirish inson 
    harakatining markazida turadi. Bunda mehnat va mehnat qurollari o„zgarishining 
    ta‟sirini hisobga olish taklif qilingan; 
    o„rta asrlarda mehnat natijalarini teng taqsimlash samara bermasligi hamda 
    rag„batlantirish tizimiga tayangan holda ishlab chiqarishni kuchaytirish yo„llari 
    dalillangan; 
    o„rta asrlarda O„zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarining 
    rivojlanishiga oid ilmiy qarashlarni takomillashtirish bo„yicha tavsiyalar ishlab 
    chiqilgan.
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi 
    tadqiqotda qo„llanilgan yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi, 
    ma‟lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning 
    amalda sinovdan o„tganligi, shuningdek, olingan natijalarning amaliyotda joriy 
    etilganligi va davlat organlari tomonidan ma‟qullanganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati o„rta asrlarda O„zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish 
    sohalarining rivojlanishiga oid yondashuvlarni ilmiy asoslash orqali fanda 
    ochilmagan qirralar yoritiladi. Bu esa kelajakda yangi yo„nalishlarni 
    kengaytirishga dastak bo„ladi, izlanuvchilarning bu g„oyalardan keng foydalanishi 
    esa ularning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati dissertatsiya tadqiqotida olingan 
    ilmiy natijalarning respublika iqtisodiyoti va xizmat ko„rsatish sohasining 
    rivojlanishiga oid ilmiy qarashlarni targ„ib etish bo„yicha dasturiy hujjatlarni 


    11 
    asoslash, iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarini rivojlantirishda hamda 
    iqtisodiyot yo„nalishidagi oliy o„quv yurtlarida “Iqtisodiyot nazariyasi”, 
    “Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi”, “Iqtisodiyot”, “Inson resurslarini boshqarish”,
    “Turizm iqtisodiyoti”, “Turizm menejmenti”, “Turizmni rejalashtirish” kabi
    fanlardan o„quv dasturlari, qo„llanmalari, darsliklar tayyorlashda uslubiy manba 
    sifatida foydalanilishi mumkin. 

    Download 2,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalikova lola nazarovna

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish