• 2-rasm. “Avesto”dagi omonatga qo„yilgan ta‟rif 8
  • 3-rasm. “Avesto”dagi mehnat qilishga oid fikrlar 10
  • -rasm. Xizmatlarning tarixiy ildizlari




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/48
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,44 Mb.
    #126998
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
    Bog'liq
    O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy atamalari

    1-rasm. Xizmatlarning tarixiy ildizlari
    7
     
    Demak, ularning nuqtayi nazariga muvofiq, xizmat kishilik jamiyati tarkibida 
    birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti va uning natijasida paydo bo„lgan tovar 
    xo„jaligining mahsulidir. “Xizmat” tushunchasi tovar xo„jaligi paydo bo„lishidan 
    ko„p yillar, aniqrog„i, ko„p asrlar muqaddam, inson iqtisodiy faoliyat bilan endi 
    shug„ullanib boshlagan davrlardayoq paydo bo„lgan. Shu sababli “xizmat” 
    tushunchasining dastlab paydo bo„lishi insoniyat sivilizatsiyasining boshlanishi
    ibtidoiy jamoa tizimiga borib taqalishi to„g„risidagi konsepsiyani ilgari surishi 
    mumkin. Darhaqiqat, inson sivilizatsiyasining dastlabki bosqichlaridayoq
    ibtidoiy jamoa tizimi davrlarida ham, hali tovar-pul munosabatlari paydo 
    bo„lmasdan ancha oldin, ya‟ni, natural xo„jalik hukmronligi davrlarida, kishilarda 
    moddiy ehtiyojlar bilan bir qatorda, ayrim nomoddiy ehtiyojlar ham mavjud 
    bo„lishi mumkinligi shubhasizdir.
    6
    Abdulhay Abduraxmonov. Saodatga eltuvchi bilim. – T.: Movorounnahr, 2002. – 718 b. 
    7
    Muallif ishlanmasi. 


    15 
    2-rasm. “Avesto”dagi omonatga qo„yilgan ta‟rif
    8
     
    “Avesto” tili bilan aytganda, inson o„zini baxtiyor qilishi uchun, eng birinchi
    navbatda, zaminni baxtiyor qilishi kerak. “Uy bekasi baxtdir, farzandlari shodmon”
    yashaydigan uy-makon qurilgan, qo„ylar suruvi, tevalar uyuri parvarish qilish 
    uchun keng yaylovlar bo„lgan, bug„doy, giyoh va mevali daraxtlar ekilgan
    shudgor qilingan zamindorlar ahli eng baxtiyordir
    9
    .
    3-rasm. “Avesto”dagi mehnat qilishga oid fikrlar
    10
     
    “Avesto”da mehnat qilish muqaddas bo„lishlik huquqini beradi va unga 
    farovonlik manbai deb qaraladi
    11
    .
    Insonda nomoddiy ehtiyojlarning paydo bo„lishini birinchi ijtimoiy mehnat 
    taqsimotining natijasi sifatida qarab, uni faqat tovar-pul munosabatlarigagina xos 
    iqtisodiy voqelik deb ta‟kidlash uchun hech qanday dalillar ham, mantiqiy asoslar 
    ham yo„q. Masalan, yozish-chizish, turli-tuman belgilar vositasida fikrlarni bayon 
    etishga bo„lgan ehtiyoj “Avesto” bunyod etilgan davrlarda (eramizdan oldingi ming 
    yillik) va undan ham ilgari, tovar xo„jaligi paydo bo„lishidan ancha avval paydo 
    bo„lgan deb taxmin qilishga to„la asoslar bor. Aynan ana shu ehtiyojlar sababli 
    kishilar o„sha davrlarda Navro„zni bayram qilish to„g„risidagi va boshqa shunga 
    8
    Muallif ishlanmasi. 
    9
    Avesto. – Toshkent: “Sharq” matbaa nashriyoti kompaniyasi. 2001.
    10
    Muallif ishlanmasi. 
    11
    Qur‟oni Karim. – Т., 1992.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish