Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/48
Sana22.12.2023
Hajmi2,44 Mb.
#126998
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy atamalari

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O„rta asrlarda O„zbekistonda
iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy qarashlar 
bo„yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida “ziyorat turizmi”, “ta‟lim-
tarbiya”, “moddiy-manfaatdorlik” tushunchalariga ishlab chiqilgan mualliflik 
yondashuvlariga oid nazariy-uslubiy takliflar “O„zbekiston Respublikasi turizm 
salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo„yicha tashkiliy 
qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PF–5326-sonli farmonida belgilangan 
vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O„zbekiston Respublikasi turizm va 
sport vazirligining 2021-yil 4-avgustdagi 03-17-02/4646-son ma‟lumotnomasi). 
Ilmiy 
natijalardan 
foydalanish 
iqtisodiyotimiz 
rivojlanishining 
tarkibiy 
tuzilmalarini o„zgarishida turizm sohasini rivojlantirish vazifalarini amalga 
oshirish uchun muayyan darajada xizmat qiladi; 
o„rta asrlarda mehnat taqsimoti natijasida xizmat ko„rsatish sohasining 
shakllanganligi va uning rivojlanish tendensiyalariga baho beradigan mehnat 
unumdorligi, foyda, samara kabi ko„rsatkichlardan foydalanganligi bo„yicha 
takliflar “O„zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay 
sharoitlar yaratish bo„yicha tashkiliy qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi
PF–5326-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan
(O„zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 4-avgustdagi
03-17-02/4646-son ma‟lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida 
xizmat ko„rsatish sohalarining rivojlanish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
o„rta asrlarda moddiy ne‟matlar va ma‟naviy omillarning hamohangligini 
ta‟minlash insoniyat hayotiga yo„llanma, taraqqiyotiga qo„llanma sifatida 
foydalanish bo„yicha berilgan ilmiy takliflari “Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi” fanidan 
yozilgan darslik va Iqtisodiyot nazariyasi darsligiga singdirilgan (Samarqand 
iqtisodiyot va servis instituti kengashining 2022-yil 31-oktyabrdagi 3-sonli
qaroriga asosan 008-31/10-guvohnoma, O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta 
maxsus ta‟lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-son buyrug„i). Ilmiy 
natijalardan foydalanish talabalarda iqtisodiyotimiz va xizmat ko„rsatish sohalarini 
rivojlantirishga oid fikrlarni o„rganish va ko„nikmalarni kengaytirishga xizmat 
qilgan; 
ijtimoiy-iqtisodiy boylikka faqat “toat, ibodat” bilan emas, balki davlat va 
jamiyat hamkorligi asosida har bir fuqaroning daxldorlik hissini shakllantirgan 
holda, ulardan tizimli ravishda foydalanish orqali erishishi mumkinligi 
asoslanganligi 
to„g„risidagi 
takliflari O„zbekiston Respublikasi Milliy 
teleradiokompaniyasining “O„zbekiston tarixi” kanalining “Mavzu” hamda
“Taqdimot” ko„rsatuvlarining ssenariylarini taqdim etishda foydalanilgan 


12 
(O„zbekiston 
Respublikasi 
Milliy 
teleradiokompaniyasi, 
O„zbekiston 
teleradiokanalining 2021-yil 24-sentyabrdagi 01-02-1500-son ma‟lumotnomasi). 
Ilmiy natijalardan foydalanish kishilarda fanga bo„lgan qiziqish va ilm olishga 
bo„lgan ishtiyoqni oshirishga xizmat qilgan; 
o„rta asrlarda dehqonchilik sohasining rivojlanishi, madaniy va ma‟rifiy 
hayotning yaxshilanishi hamda xizmat ko„rsatish sohasining takomillashuvida 
mehnatning roli katta ekanligi nazariy jihatdan asoslanganligi to„g„risidagi 
takliflari O„zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “O„zbekiston 
tarixi” kanali “Mavzu” hamda “Taqdimot” ko„rsatuvlarining ssenariylarini taqdim 
etishda foydalanilgan (O„zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, 
O„zbekiston teleradiokanalining 2021-yil 24-sentyabrdagi 01-02-1500-son 
ma‟lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish xizmat ko„rsatish sohasining 
takomillashuvida mehnatning rolini oshirishga xizmat qilgan. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish