9
o„rta asrlarda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohasining rivojlanishiga oid
iqtisodiy g„oyalarni nazariy jihatdan turkumlashtirish va tarkibiy tuzilmalarning
o„zgarishlarini tadqiq etish;
o„rta asrlarda mehnat taqsimotining o„rni, shu taqsimotda xizmat ko„rsatish
sohasining shakllanishi, jamiyatda mol-mulkning ko„payishi
yuzasidan iqtisodiy
qarashlar, fikrlar, nafaqat iqtisodchilar, balki faylasuflar, diniy arboblar tomonidan
bayon etilgan qarashlarni tizimlashtirish hamda ularning bugungi kundagi
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi uchun nazariy asos bo„lishini ilmiy jihatdan
asoslash;
o„rta asrlarda moddiy ehtiyojlarning qondirilishi birlamchi ehtiyoj va unga
salomatlikning garovi sifatida qaralganligi, bugungi kunda moddiy ne‟matlar bilan
birga ma‟naviy omillar, hamjihatlik, do„stlik, birodarlik va o„zaro
yordam baxtga
erishishning zaruriy sharti ekanligini ochib berish;
mehnat taqsimoti, mehnat unumdorligi, foyda, samara kabi kategoriyalarning
nazariy asoslari va amaliy ifodasi Movarounnahrda IX-X asrlarda ilk bor
yaratilganligi, g„arb iqtisodchilari tomonidan ushbu qarashlarning XVIII asrga
kelib takomillashtirilgan holda talqin etilganligini ilmiy jihatdan tadqiq etish;
o„rta asrlarda moddiy farovonlik va ma‟naviy ulg„ayish manbai mehnat va
xizmat ko„rsatish sohasi bilan bog„liqligini ilmiy nazariy jihatdan ochib berish;
o„rta asrlarda ijtimoiy boylikka davlat va jamiyat
hamkorligi asosida faqat
toat-ibodat bilangina yetishib bo„lmasligini inobatga olib, bunga erishishning
yo„llarini bilimga tayangan holda, iqtisodiy va xizmat ko„rsatish
sohasini
rivojlantirish bilan bog„liq qarashlar asosida ijtimoiy samaradorligini oshirishga
yo„naltirilgan uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish.