13
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida o„tkazilgan ilmiy tadqiqotning dolzarbligi va zarurati
asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekt va predmeti
tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor
yo„nalishlariga mosligi ko„rsatilgan, ilmiy yangiligi
va amaliy natijalari bayon
qilingan, olingan natijalarning ilmiy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot
natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya
tuzilishi bo„yicha ma‟lumotlar keltirilgan.
Dissetatsiyaning
birinchi bobi “O„rta asrlarda O„zbekistonda iqtisodiyot
va xizmat ko„rsatish sohalarining rivojlanishiga oid masalalarning muqaddas
manbalarda yoritilishi”ga bag„ishlangan. Mazkur bobda iqtisodiyot va xizmat
ko„rsatish sohalarining shakllanishi va rivojlanishiga asos bo„luvchi nazariy
yondashuvlar ilmiy jihatdan tahlil etish asosida tizimlashtirildi
hamda mualliflik
tavsiyalari ishlab chiqildi.
O„rta asrlarda O„zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko„rsatish sohalarining
rivojlanishiga oid masalalarni tadqiq etishda “xizmat” va “iqtisodiyot”
kategoriyalarining mohiyati ochib berildi. Ushbu kategoriyalarning kelib chiqishi,
tasnifi, ta‟rifi va bir-biridan farq qiluvchi jihatlarining qiyosiy tahliliga ko„ra
dastlab xizmat keyin esa iqtisodiyot degan ilmiy yondashuvlar asoslanildi.
Jamiyat taraqqiyotining bugungi bosqichida xizmatlar, ularni ishlab chiqarish
hamda iste‟mol qilish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi va bosh
omiliga aylanganligi, eng muhimi, kelajakda
ushbu soha miqdor va sifat
ko„rsatkichlarining tez sur‟atlar bilan o„sib borish istiqbollari unga doir nazariy va
amaliy
tadqiqotlar
ko„lamini
kengaytirishni,
chuqurlashtirishni,
sohani
yuksaltirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish ko„lamini
dadil kengaytirishni taqozo etadi.
“Xizmat” tushunchasiga oid tadqiqotlar doirasida uning dastlab qachon,
qanday tarixiy sharoitlarda, qanday jarayonlar, iqtisodiy hamda ijtimoiy omillar
ta‟siri natijasida paydo bo„lganligi, ushbu ibora ilk bor qo„llanilganda tub mohiyati
jihatidan
nimani anglatganligi, kelib chiqish sabablari va rivojlanish bosqichlari,
tarkibi, tasniflanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda tutgan o„rni, rivojlanish
istiqbollari kabi muammolar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu va shu
turkumdagi ayrim boshqa muammolar bugungi
kunda xizmat nazariyasini
rivojlantirish va postindustrial jamiyat taraqqiyoti darajasiga ko„tarishning muhim
yo„nalishlari hisoblanadi. Shu asnoda dastlab “xizmat” tushunchasining qachon
paydo bo„lganligi to„g„risidagi fikr-mulohazalar haqli ravishda ko„plab
tadqiqotchilarning diqqat-e‟tiborini o„ziga jalb etadi.
Shunday tushunchalar turkumiga “xizmat” tushunchasi ham kiradi. Afsuski,
ushbu tushuncha yozuvlarda birinchi bor qachon va kim tomonidan
qo„llanilganligi, o„sha davrlarda u qanday ma‟noni anglatganligi to„g„risida hech
qanday tarixiy manbalarda aniq ma‟lumotlar yo„q. Aynan shu sabablarga ko„ra,
tadqiqotchilar “xizmat” tushunchasining qachon va qanday sharoitlarda, qaysi
omillarning ta‟siri ostida paydo bo„lganligining
mantiqiy manbalarini izlab
topishga va tabiiyki har birlari uni o„z nuqtayi nazar va dunyoqarashlaridan, o„z
bilimlari va mahoratidan kelib chiqqan holda (o„zgacha bo„lishi mumkin ham
14
emas)
asoslab
berishga
urinadilar.
Tabiiyki,
tadqiqotchilar
“xizmat”
tushunchasining paydo bo„lishi va mazmuni xususidagi o„z xulosalarida faqat
mantiqiy dalillarga va taxminlarga tayana oladilar. Buning natijasida “xizmat”
tushunchasining ilk bor qachon va qanday iqtisodiy va ijtimoiy omillarning ta‟siri
ostida paydo bo„lganligi xususida metodologik yondashuvlar ham turli-tumandir.
Dissertatsiyaning nazariy tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, xizmat va unga oid
iqtisodiy munosabatlarning insonlar o„rtasida qachon paydo bo„lganligi xususidagi
fikr-mulohazalardagi farqlar juda katta tarixiy davrni, aniqrog„i, bir necha asrlarni
o„z ichiga oladi.
Aksariyat tadqiqotchilar “xizmat” tushunchasining paydo bo„lishini oldi-sotdi
munosabatlarning, tovar xo„jaligining paydo bo„lishi bilan bog„laydilar, xizmatni
esa bozorda ayirboshlash uchun yaratilgan ne‟mat sifatida talqin qiladilar.
Bizning
fikrimizcha, xizmat turlarga bo„lib o„rganilishi hamda bu turlarning
ham alohida bo„g„inlardan iborat ekanligini isbot qilib o„tish davri keldi. Demak,
xizmat bu nafaqat bir insonning ikkinchi bir inson bilan munosabati, balki bu bir
avloddan ikkinchi bir avlodga aytish joiz bo„lsa, birinchi renesansdan to bugungi
uchinchi renesans davrigacha bo„lgan rivojlanish davrida ilm-fanni beg„araz
avloddan
avlodga
yetkazib
bergan
allomalarimizning
xizmati
sifatida
o„rganishimiz joizdir.
Xizmat bizgacha yetib kelgan “Avesto” kitobi, “Qur‟oni Karim”, “Hadislar”,
buyuk allomalarimizning yaratgan asarlarida o„z aksini topadi
6
.