1
2
Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti
universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti Ona tili va adabiyot ta’limi
kafedrasida bajarildi.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi,
dotsent – H.Ahmedov
Ilmiy maslahatchi:
filologiya fanlari nomzodi,
dotsent– U.Hamdam
Taqrizchilar: Pedagogika fanlari doktori (PhD) - M.Jabborova
Filologiya fanlari doktori (PhD) – R.Xaboxunova
Himoya 2023-yil iyun oyining ____ kuni soat ____ da Alisher Navoiy
nomidagi ToshDO‘TAU Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti qoshida tuzilgan
davlat attestatsiyasi komissiyasi yigʻilishida oʻtkaziladi.
Dissertatsiya ishi bilan Tosh DOʻTAU kutubxonasida tanishish mumkin.
(Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib koʻchasi, 103-uy)
Ishni tugallangan tadqiqot sifatida rasmiy himoyaga tavsiya etaman
3
О‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
ОLIY TА’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
АLISHЕR NАVОIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT
О‘ZBЕK TILI VА АDАBIYОTI UNIVЕRSITЕTI
Oʻquv yili:
2022-2023
Fakultet:
Ona tili va adabiyot ta’limi
Kafedra:
Ona tili va adabiyot ta’limi
Mutaxassisligi:
70111401 – О‘zbеk tili vа аdаbiyоti
Ilmiy rahbar:
f.f.n., dotsent H.Ahmedov
Magistratura talabasi:
Xasanboyev Nodirbek Xasanboy o‘g‘li
JAHON ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASI ( RASHOD NURI
GUNTEKIN ASARLARI MISOLIDA)
ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati: Adabiyot boshqa fanlardan farqli
o‘laroq, ish quroli so‘z hisoblanadi. So‘zga jon baxsh etish orqali insonning eng
nozik his tuyg‘ularini jumbushga keltiradi. Ana shu ko‘zga ko‘rinmaydigan so‘z
yordamida nafaqat atrofdagi narsa hodisalar, balki inson aqlidagi o‘y-fikrlar,
istag-u armonlar badiiy adabiyotda to‘laligicha aks etadi. Shu sababli adabiyot
fan darajasidan ko‘ra yuqoriroq san’at darajasidadir. “Adabiyot san’ati badiiy
asar shaklida yashaydi. Yani,masalan, “Navo” ,”Rost”, “Segoh”, “Tanovar”...
kabi minglab kuylar tralib turgani uchun musiqa san’ati; “Maftuningman”
“Mahallada duv-duv gap”, “Yor-yor”... kabi yuzlab filmlar ekranda jonlanib
turgani uchun milliy kino san’ati yashayapti deymiz. Tabiiyki, bu gap so‘z
san’atiga ham tegishli. Zero kichik fardlardaan tortib “Xamsa” ga qadar, kichik
hikoyalardan tortib roman-epopeyalarga qadar yozuvda manguga muhrlangan
4
asarlar borligi uchun milliy adabiyot yashayapti”
1
Adabiyot darslarida
oʻrganiladigan har qanday badiiy asar o`quvchi ongida qayta ishlanib, uning
dunyoqarashi va didi, tafakkur doirasida o`z ifodasini topadi. Hozirgi zamon
adabiy ta`limi esa badiiy asarlarni o`qitish va o`quvchi ongiga yetkazishning
yangi, foydali va samarali usullari ustida bosh qotirishni talab etmoqda. Zero,
yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ta`limni isloh etish va uni
rivojlantish, jumladan, 2019-yil 29-aprelda O`zbekiston Respublikasi Xalq
ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ko`rsatib o`tilgan
”Oʻqitish
metodikasini
takomillashtirish,
ta`lim-tarbiya
jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; xalq ta`limi
sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion
loyihalarni joriy etish;”
2
bo`yicha amaliy vazifalar belgilab berilgan.
Koʻp yillardan beri badiiy asarni o`qish va tahlil qilishda an`anaviy estetika va
uning nazariyasidan foydalanib kelinmoqda. Adabiyot darsliklarida keltirilgan
badiiy asarlar yoki ulardan olingan parchalar tahlili o`quvchi e`tiboriga tayyor
holda havola etilgan. Vaholanki, badiiy asarni o`qish va undagi g`oyani uqish
har bir o`quvchi(resipiyent)ning idroki va tafakkur hosilasi asosida yuzaga
chiqadi.
Badiiy adabiyot namunasi o‘quvchi tomonidan to‘liq his etilib, anglanib, nafis
adabiyotning sehr-u jozibasidan atroflicha xabardor bo‘lingandagina ta’sirchan
estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik
ma’naviyat shakllanishiga xizmat qila olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot
o‘qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega egadir,- deya ta’kidlaydi
adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev
3
. Ta’lim bosqichlarida adabiy asarni o‘rganish –
1
Adabiyot nazariyasi asoslari [Matn]/ D.Quronov. – Toshkent: Akademnashr, 2018 – 480b. 117-bet
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ПФ-5712-son Farmoniga 1-ilova 1-bob.Umumiy qoidalar.1-bet
3
Yo`ldoshev Q. Adabiyot o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – Тоshkent: O`qituvchi, 1996. –B.
5
uni badiiy-estetik tahlilga tortish, o‘ziga xos talqinini yaratishdir. Chunki tahlil
va talqinsiz hech qanday asarni o‘qib-o‘zlashtirib, o‘rganib bo‘lmaydi.
Adabiy ta’limda jahon adabiyotining ham o‘rni beqiyosdir. Jahon adabiy
durdonalarini mutolaa qilish o‘quvchining badiiy estetik didini yuksaltirib,
ushbu asarlarni milliy asarlarimiz bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Ayniqsa
bizning o‘rganish obyektimiz bo‘lmish jahon adabiyoti tarkibiga kiruvchi turk
badiiy asarlarini o‘qish va o‘rganish til va madaniyatlarning o‘zaro yaqinligi
tufayli o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilishi aniq. Ana shu xususiyatlar asar
tarjimasida va o‘quvchilar tomonidan asarning tushunilishida jiddiy
muammolarning yuzaga kelmasligini ta’minlaydi. Badiiy asarni o‘qish
jarayonida asardan o‘quvchini ijodiy fikrlashga qaratilgan muammoli
vaziyatlarni tashkil qilish adabiy ta’limda muamomli ta’lim texnologiyasi deb
ataladi. Bu yondashuv orqali kitobxon yoki oʻquvchi matnga oʻz nuqtai
nazaridan yondashadi, oʻzi uchun qiziq boʻlgan oʻrganish usulini tanlaydi,
o'quvchi uni o'z uslubida qabul qiladi, yaratadi va qayta yaratadi. Yozuvchi va
o'quvchi (matn va o'quvchi) o'rtasidagi bunday muloqot shakli adabiyotni qabul
qiluvchiga ancha yaqinlashtiradi. Bir so`z bilan aytganda, reseptiv estetika
(boshqa nomlar – retseptiv usul, ta'sir estetikasi) matn va retsipiyent o`rtasidagi
muloqot estetikasidir . Bunda adabiy ta’limning jonli-mushohadali va ayni
paytda oʻquvchi uchun ma’qul boʻlgan samarali metodi tanlanadi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi asosan V.Okon asarlarida bayon qilingan.
Uning izdoshlari –
,
Т. В. Kudravtsev А. М. Matyushkin, М. I. Маxmutov
,
E .
Parkxerst, U. Kilpatrik, E. Kollings, V.Okon nazariyalarini amalda rivojlantirib,
amaliyotga tadbiq etishgan.
Biz tanlagan mavzuning dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
•
badiiy asar tahlilida muammoli ta’lim texnologiyasi tushunchasining
nazariy asoslarini o`rganib chiqib, uni tajriba-sinov sifatida turk adibi Rashod
Nuri Guntekin asarlarini o`rganishda tadbiq etish;
6
•
an`anaviy badiiy-estetik yondashuvdan boshqacha, tafakkur hosilasi
o`laroq baholashning nazariy asoslarini yaratish;
•
olib borilayotgan tadqiqot ishida birlamchi (milliy, rus va ingliz)
manbalarga asoslanish;
•
Rashod Nuri ijodini tekst, kontekst va muallif nuqtayi nazaridan hamda
oʻquvchi nigohi orqali baholash tamoyili asosida adabiyot darsliklaridagi
asarlari tahlili bilan bog`liq holda olib borish;
•
bugun rivojlangan mamlakatlar adabiy ta`limida sinovdan o`tgan
“Muammoli ta’lim texnologiyasi” boʻyicha ilmiy-uslubiy xulosalarimiz ilk bora
ta`limning o`rta bosqichlariga tatbiq etib, amaliy natijalarni imkon qadar keng
miqyosda aprobatsiya o`tkazish.
|