7
o‘zgartirish;
-
badiiy asarni o‘qishga qiziqtirish va muhabbatini oshirish;
-
o‘quvchilarning badiiy asardagi voqealar bilan hayotdagi voqeliklarni
solishtirib tahlil qilish malakasini oshirish;
-
kitobxon
javobini
aniqlashda
kichik
tajribalar,
so‘rovnomalar,
aprobatsiyalar o‘tkazish;
-
nazariyadan amaliyotga ko‘chirishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari
darsliklaridagi Jahon adabiyotiga oid asarlardan boshqa asarlaridan foydalanish.
Tаdqiqоtning ilmiy yаngiligi. Bu kichik bir tadqiqot ishida kitobxonning
faol munosabatiga asoslangan pedagogik tajribaning bu ko‘rinishini bugungi
kun adabiy ta’limiga olib kirish davr talabi sifatida o‘rganilib, yangi avlod
darsliklarida berilgan Jahon adabiyoti na’munalari, xususan, Rashod Nuri
Guntekinning “Choliqushi” asari misolida tadqiq etiladi. Adabiy ta’limda Jahon
adabiyoti namunalarini muammoli ta’lim yondashuv metodi orqali samarali
o‘rganish tajribalarini aniqlash va tegishli pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish –
ushbu dissertatsiyaning fundamental ilmiy yangiligidir.