• II BOB. R. N. Guntekin asarlarining o‘zbek adabiy ta’limida o‘qitilishi . 2.1
  • III BOB. Ilmiy tadqiqotning amaliyotga tatbiqi. 3.1 Tajriba-sinov tavsifi va materiallari 61 3.2
  • KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati
  • Thе structurе аnd scоpе оf thе study




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/37
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,56 Mb.
    #108694
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
    Bog'liq
    Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

    Thе structurе аnd scоpе оf thе study. Thе mаstеr’s thеsis cоnsists оf аn 
    intrоductiоn, 3 chаptеrs, а cоnclusiоn, а list оf rеfеrеncеs аnd
    74 
    pаgеs. 
    Sciеntific supеrvisоr: Dosent, candidate of philological 
    sciences 
    Mаstеr studеnt: Xasanboyev Nodirbek Xasanboy o‘gli 
     


    18 
    T/r 
    Nоmlаnishi 
    Bеt 
    KIRISH 

    I BOB. TURK ADABIY ASARLARINING O‘ZBEK ADABIYOTIDAGI 
    O‘RNI 
    1.1 
    XX asr o‘zbek adabiyotiga turk adabiy asarlarining ta’siri 

    1.2 
    R.N.Guntekin asarlarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni.
    “Choliqushi” romani tarjimasi haqida mulohazalar 
    19 
    Birinchi bob yuzasidan xulosalar 
    36 
    II BOB. R. N. Guntekin asarlarining o‘zbek adabiy ta’limida o‘qitilishi

    2.1 
    R.N.Guntekinning “Choliqushi” romanining maktab darsligidagi 
    parchasi haqida 
    37 
    2.2 
    “Choliqushi” romanini “Muammoli ta’lim texnologiyasi” orqali 
    o‘rganish 
    45 
    Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar 
    60 
    III BOB. Ilmiy tadqiqotning amaliyotga tatbiqi. 
    3.1 
    Tajriba-sinov tavsifi va materiallari
    61 
    3.2 
    Tаjribа – sinоv nаtijаlаri tаhlili 
    67 
    Uchinchi bob yuzasidan xulosalar 
    68 
    UMUMIY XULОSА 
    69 
    FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RО‘YXАTI 
    71 
     


    19 
    KIRISH 
    Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati: Adabiyot boshqa fanlardan farqli 
    o‘laroq, ish quroli so‘z hisoblanadi. So‘zga jon baxsh etish orqali insonning eng 
    nozik his tuyg‘ularini jumbushga keltiradi. Ana shu ko‘zga ko‘rinmaydigan so‘z 
    yordamida nafaqat atrofdagi narsa hodisalar, balki inson aqlidagi o‘y-fikrlar, 
    istag-u armonlar badiiy adabiyotda to‘laligicha aks etadi. Shu sababli adabiyot fan 
    darajasidan ko‘ra yuqoriroq san’at darajasidadir. “Adabiyot san’ati badiiy asar 
    shaklida yashaydi. Yani,masalan, “Navo”, ”Rost”, “Segoh”, “Tanovar”... kabi 
    minglab kuylar tralib turgani uchun musiqa san’ati; “Maftuningman” “Mahallada 
    duv-duv gap”, “Yor-yor”... kabi yuzlab filmlar ekranda jonlanib turgani uchun 
    milliy kino san’ati yashayapti deymiz. Tabiiyki, bu gap so‘z san’atiga ham 
    tegishli. Zero kichik fardlardaan tortib “Xamsa” ga qadar, kichik hikoyalardan 
    tortib roman-epopeyalarga qadar yozuvda manguga muhrlangan asarlar borligi 
    uchun milliy adabiyot yashayapti”
    7
    Adabiyot darslarida oʻrganiladigan har qanday 
    badiiy asar o`quvchi ongida qayta ishlanib, uning dunyoqarashi va didi, tafakkur 
    doirasida o`z ifodasini topadi. Hozirgi zamon adabiy ta`limi esa badiiy asarlarni 
    o`qitish va o`quvchi ongiga yetkazishning yangi, foydali va samarali usullari 
    ustida bosh qotirishni talab etmoqda. Zero, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev 
    tomonidan ta`limni isloh etish va uni rivojlantish, jumladan, 2019-yil 29-aprelda 
    O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasida ko`rsatib o`tilgan
    ”Oʻqitish metodikasini takomillashtirish, 
    ta`lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich 
    tatbiq etish; xalq ta`limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;”
    8
    bo`yicha amaliy vazifalar 
    belgilab berilgan. 
    Koʻp yillardan beri badiiy asarni o`qish va tahlil qilishda an`anaviy estetika 
    va uning nazariyasidan foydalanib kelinmoqda. Adabiyot darsliklarida 
    7
    Adabiyot nazariyasi asoslari [Matn]/ D.Quronov. – Toshkent: Akademnashr, 2018 – 480b. 117-bet 
    8
    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 
    2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ПФ-5712-son Farmoniga 1-ilova 1-bob.Umumiy qoidalar.1-bet 


    20 
    keltirilgan badiiy asarlar yoki ulardan olingan parchalar tahlili o`quvchi 
    e`tiboriga tayyor holda havola etilgan. Vaholanki, badiiy asarni o`qish va undagi 
    g`oyani uqish har bir o`quvchi(resipiyent)ning idroki va tafakkur hosilasi asosida 
    yuzaga chiqadi. 
    Badiiy adabiyot namunasi o‘quvchi tomonidan to‘liq his etilib, anglanib, nafis 
    adabiyotning sehr-u jozibasidan atroflicha xabardor bo‘lingandagina ta’sirchan 
    estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik 
    ma’naviyat shakllanishiga xizmat qila olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot 
    o‘qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega egadir,- deya ta’kidlaydi 
    adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev
    9
    . Ta’lim bosqichlarida adabiy asarni o‘rganish – 
    uni badiiy-estetik tahlilga tortish, o‘ziga xos talqinini yaratishdir. Chunki tahlil 
    va talqinsiz hech qanday asarni o‘qib-o‘zlashtirib, o‘rganib bo‘lmaydi. 
    Adabiy ta’limda jahon adabiyotining ham o‘rni beqiyosdir. Jahon adabiy 
    durdonalarini mutolaa qilish o‘quvchining badiiy estetik didini yuksaltirib, 
    ushbu asarlarni milliy asarlarimiz bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Ayniqsa 
    bizning o‘rganish obyektimiz bo‘lmish jahon adabiyoti tarkibiga kiruvchi turk 
    badiiy asarlarini o‘qish va o‘rganish til va madaniyatlarning o‘zaro yaqinligi 
    tufayli o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilishi aniq. Ana shu xususiyatlar asar 
    tarjimasida va o‘quvchilar tomonidan asarning tushunilishida jiddiy 
    muammolarning yuzaga kelmasligini ta’minlaydi. Badiiy asarni o‘qish 
    jarayonida asardan o‘quvchini ijodiy fikrlashga qaratilgan muammoli 
    vaziyatlarni tashkil qilish adabiy ta’limda muamomli ta’lim texnologiyasi deb 
    ataladi. Bu yondashuv orqali kitobxon yoki oʻquvchi matnga oʻz nuqtai 
    nazaridan yondashadi, oʻzi uchun qiziq boʻlgan oʻrganish usulini tanlaydi,
    o'quvchi uni o'z uslubida qabul qiladi, yaratadi va qayta yaratadi. Yozuvchi va 
    o'quvchi (matn va o'quvchi) o'rtasidagi bunday muloqot shakli adabiyotni qabul 
    qiluvchiga ancha yaqinlashtiradi. Bir so`z bilan aytganda, reseptiv estetika 
    9
    Yo`ldoshev Q. Adabiyot o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – Тоshkent: O`qituvchi, 1996. –B. 


    21 
    (boshqa nomlar – retseptiv usul, ta'sir estetikasi) matn va retsipiyent o`rtasidagi 
    muloqot estetikasidir . Bunda adabiy ta’limning jonli-mushohadali va ayni 
    paytda oʻquvchi uchun ma’qul boʻlgan samarali metodi tanlanadi. 
    Muammoli ta’lim texnologiyasi asosan V.Okon asarlarida bayon qilingan. 
    Uning izdoshlari –

    Т. В. Kudravtsev А. М. Matyushkin, М. I. Маxmutov

    E . 
    Parkxerst, U. Kilpatrik, E. Kollings, V.Okon nazariyalarini amalda rivojlantirib, 
    amaliyotga tadbiq etishgan. 
    Biz tanlagan mavzuning dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
    • badiiy asar tahlilida muammoli ta’lim texnologiyasi tushunchasining 
    nazariy asoslarini o`rganib chiqib, uni tajriba-sinov sifatida turk adibi Rashod 
    Nuri Guntekin asarlarini o`rganishda tadbiq etish; 
    • an`anaviy badiiy-estetik yondashuvdan boshqacha, tafakkur hosilasi 
    o`laroq baholashning nazariy asoslarini yaratish; 
    • olib borilayotgan tadqiqot ishida birlamchi (milliy, rus va ingliz) 
    manbalarga asoslanish; 
    • Rashod Nuri ijodini tekst, kontekst va muallif nuqtayi nazaridan hamda 
    oʻquvchi nigohi orqali baholash tamoyili asosida adabiyot darsliklaridagi
    asarlari tahlili bilan bog`liq holda olib borish; 
    • bugun rivojlangan mamlakatlar adabiy ta`limida sinovdan o`tgan 
    “Muammoli ta’lim texnologiyasi” boʻyicha ilmiy-uslubiy xulosalarimiz ilk bora 
    ta`limning o`rta bosqichlariga tatbiq etib, amaliy natijalarni imkon qadar keng 
    miqyosda aprobatsiya o`tkazish. 

    Download 3,56 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Thе structurе аnd scоpе оf thе study

    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish