Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana30.11.2023
Hajmi3,56 Mb.
#108694
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

Inson o‘zi yashagan joylarda ko‘ngliga yaqin olgan insonlarga ko‘rinmas 
simlar bilan bog‘langan. Ayriliq vaqtida bu simlar tortila boshlaydi va uzilib 
ketgan cholg‘u simlariday xazin ovoz chiqaradi
23
. Ushbu aforizmda Feridening 
Komrondan ayriliqda o`tkazgan azobli kunlarining holati tasvirlangan. 
Inson kimnidir sevib qolsa, falokatga uchraganida asirga olinganday bo‘ladi. 
Ya`ni muallif ushbu so`zlar orqali bosh qahramoni uchun sevgi faqat azob-uqubat 
olib kelganini bildirmoqda. Haqiqiy muhabbat orada qanchalik to‘siqlar 
bo‘lishidan qat’i nazar aslo yo‘qolib ketmaydi. Ya`ni muallif chin muhabbat 
so`nmas, abadiydir demoqchi. 
G‘amda qandaydir yashirin shafqat borday. Shikoyat qilmaganlarga nisbatan, 
ularni kulib qarshilaganlarga nisbatan kamroq zulmkor bo‘ladi. Ushbu hikmatli 
so`zlardan bosh qahramonning boshiga tushgan azob-uqubatlaridan saboq 
chiqarganini va shu kunlariga ham shukr qilayotganini bilish mumkin. 
Sof va so`nmas sevgini tarannum etuvchi “Choliqushi” asaridan men juda ham 
boy tassurotlarga ega bo`lganman. Ya`ni, ham sevgi-muhabbat, hamda bir mojaro 
romani sifatida e’tirof etishimiz mumkin bo‘lgan “Choliqushi” romani o‘quvchiga 
23
Рашод Нури Гунтекин. Чолиқуши. Роман. Туркчадан Мирзакалон Исмоилий таржимаси. “Жаҳон 
адабиёти дурдоналари” туркуми.Т.: “Камалак”. 2019. – 432 б.


45 
yaqin so‘zlashuv tilida yozilgan va aynan shu sababga ko‘ra ham sevib 
o‘qiganman. Tasvirlarning rang-barangligi va ko‘pligi uchun o`zimni xuddi 
voqealar orasida hayolon his qilganman. Ayniqsa ruhiy holatlarni mukammal 
o‘xshatishlar bilan ifodalagan yozuvchi tabiat hodisalari tasvirlaridan ko‘p va 
o‘rinli foydalangan. Bosh qahramonlarning o`ziga xos xarakteri, dunyoqarashi 
hamda o`zgaruvchan syujet meni o`ziga rom etibgina qolmay, balki bu asar 
qalbimda muhrlanib qoladigan sevimli asarlarim sirasiga kirgan. Shuningdek, 
ushbu asar har bir kitobxon uchun odob o`rganish mumkin bo`lgan durdona 
hamdir. Asarning baxtli yakuni esa yuqorida bo`lib o`tgan yomon kunlarga nuqta 
qo`yilgani bilan menga juda manzur bo`lgan. Xulosa o`rnida esa shuni aytishim 
mumkinki, Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub “Choliqushi” romani har bir 
kitobxonni qalbidan joy oladigan durdona asardir.
Farida oʻz xolasining oʻgʻli Komronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, 
ammo oilaviy shartlarga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Farida oʻqituvchi boʻlib 
ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga 
yetishadi. Asar shunday jumlalar bilan boshlanadi: To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim 
o‘n ikkilarda bo‘lishi kerak. Frantsuz tili muallimamiz Аleksi opa bir kun bizga 
inshodan vazifa topshirdi. “Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. 
Ko‘raylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi 
bo‘ladi”, — degan edi u. Hech esimdan chiqmaydi: sho‘xligimdan, sergapligimdan 
bezor bo‘lgan murabbiyalarim meni o‘rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir 
kishilik kichkina partaga o‘tqazib qo‘yishgan edi. Mudira aytgandek, men “dars 
paytida qo‘shnilarimni gapga tutmaslikni, o‘qituvchimizning so‘zlarini odob bilan 
tinglashni o‘rgangunimga qadar” u yerda surgun hayot kechirishga mahkum edim. 
Bu asrni o‘qiganingizda yoki kinosini ko‘rganingizda (1966-yil „Choliqushi“ 
asosida film suratga olingan. 1986- hamda 2013-yillarda esa asar asosida teleserial 
olingan. 1986-yilgi serial “Oʻzbektelefilm” kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublyaj 
qilingan.) xotira daftarini tutganligiga guvohi bo‘lasiz. Feride o‘zining boshidan 
o‘tgan voqealarni yozib boradi. Bizning yoshligimizda maktablarda ham shunday 


46 
kundaliklar bo‘lar edi.Bizga ham shu filimdan yoki kitobdan ko‘rib yoki o‘qib kirib 
kelgan bo‘lsa ajab emas. Feride o‘ziga shunday ta’rif beradi. Menga kelsak, men 
butunlay boshqacha qiz edim. Juda yoshligimda ayrilgan onamdan esimda 
nihoyatda oz narsa qolgan. Lekin onamning oltin sochli, havorang koʼzli 
boʼlmaganini aniq bilaman. Shunday bo‘lgandan keyin, asl qiyofasini o‘zgartirib 
tushuntirishga va bundan mamnun bo‘lishga hech qanday kuch meni majbur 
qilolmaydi... “Nima yozsam ekan?” degan o‘y meni qiynardi. Devorda Bibi 
Maryamning bo‘yoqli surati tagiga osib qoʼyilgan kakkuli soat tinmay yurib 
turibdi, Men esa hali ham anqayib turibman. Boshimdagi lentani yechdim, 
sochlarimni sekin-asta ko‘zimga tushira boshladim. Bir qo‘lim bilan qalamni 
og‘zimga tiqib, uni tilim bilan aylantirib o‘tirdim. Faylasuflarning, shoirlarning bir 
narsa yozib turganda burun qashish, bag‘baqalarini cho‘ish kabi g‘alati odatlari 
bor-da axir... Qalam tishlab sochimni ko‘zimga tushirib o‘tirishim ham mening 
chuqur xayol surayotganligimni bildirishi kerak Xayriyatki, menda xayolotga 
berilish paytlari juda kam bo‘lardi. Аks holda, hayotim ertak- lardagi Chorshanba 
ayol o‘choq onasining hayoti singari chigal-butal bo‘lib o‘tar edi. Feride 
nafaqadagi Husaynbey bilan do‘st tutingan edi. U bilan dadasi yo‘qligida ot minar, 
birga harbiy o‘yinlar o‘ynar edi. Qahramonimiz shunday eslaydi: Romanlarda 
qayg‘uga uchragan odamlar yelkasi cho‘kkan, ko‘zlari so‘ngan, harakatsiz, unsiz, 
yana ham ochiqrog‘i, g‘arib qilib tasvirlanadi. Menda doimo buning aksi boʼladi. 
Qachon og‘ir qayg‘uga cho‘ksam, ko‘zlarim porlaydi, chexram ochiladi, terimga 
sig‘may ketaman. Dunyoni pisand qilmaganday, qahqaha urib kulaman, turli 
sho‘xliklar, telbaliklar qilaman. Shu bilan birga ohu zorini yaqin odamiga, 
boshqalarga ayta-olmaydigan kishilar uchun buni juda yaxshi odatdir.
Kitob so‘ngida Feridening so‘zlari shunday edi: “Bizning butun 
sarguzashtlarimiz manashu yerda boshlangan. Bilaman, azizam, sening bu 
ko‘zlarnig shunchlar jafo, shunchalar sargardonliklarni ko‘rdiki gaplarimga 


47 
dardlarimga, albatta tushunadi
24
”. Kamron ham yana bir bor unga yoshligida senga 
muhabbatim bor edi. Sen unda yosh “Choliqushi” eding deydi. Bu gaplarni gapirib 
Komron terga tushib ketadi. Dardim shu Feride men seni o‘zimdan qizg‘onaman 
degan ssexirli so‘zlarni aytadi. So‘ngra ayro ko‘ngillar uzoq yillik ayriliqdan so‘ng 
yana uchrashadi va birga hayot kechirishadi. Birozdan keyin tin oldi: Feride uzoq 
chanqoqdan so‘ng tiniq buloqda miriqib suv ichgan qush singari jonlangan edi. U 
tipirchilar, shovqin solar, Kamronga ko‘rsatmaslik uchun ha deb yuzini uyoq-bu 
yoqqa tebratar: -Qanday uyat ish bo‘ldi, voy hudo! Sen sabab bo‘lding hudo haqqi 
sen sabab bo‘lding! deb chinqirdi. Yonlaridagi bir daraxt shoxida esa bir choliqusi 
tinimsiz sayrar edi. Asar shu jumlalar bilan yakun topadi ikki ayro ko‘ngil bir birini 
visoliga hech ham to‘ymas edi. Bu asarda sevgi qissasi yaqqol yoritilgan bir qiz 
taqdiridir. O‘z taqdiridan qochib uzoq uzoqdagi maktablarga borib dars beradi turli 
xil qiyinchiliklar, turlixildagi insonlar har xil sharoitlarni ko‘radi, insonga xos 
poklikni, sof sevgi-muhabbatni saqlab qola oladi.
Asarni tarjima qilish davomida tarjimon o‘zbek tilidagi frazeologizmlardan 
mohirona tarzda foydalangan. Masalan: harbiy doktor Xayrullohbeyning 
Ferideni husniga atab aytgan gaplari: Onang sut emizish orniga, yuzingni sutga 
chayganmi, qizim shunchalik ham chiroyli bolasanmi xuddi bir qultum suvdek 
yutib yuborgudek gozal ekansan bundan tashqari, uning chiroyiga atab Gul ba 
shakar, ipak qurti kabi nomlarni qoyishadi. Muallif sodda tilda kitobxonga 
tushunarli bolishi uchun asarni ushbu jumlalar orqali xalq tili bilan boyitgan. 
Ichki monologning qahramon tuygu va kechinmalarini ochishdagi vazifasi 
Yozuvchi bosh qahramon Feridening holati, uning his-tuygularini Feridening 
monologlari orqali ochib bergan. Feride koshkdan ayrilgach, salkam besh yil 
yaqinlaridan ayri yashaydi. Bu holatdan tez-tez shikoyat qilgan Feride musofirlik 
24
Рашод Нури Гунтекин. Чолиқуши. Роман. Туркчадан Мирзакалон Исмоилий таржимаси. “Жаҳон 
адабиёти дурдоналари” туркуми.Т.: “Камалак”. 2019. – 432 б. 


48 
va yolgizlikdan ancha azoblanadi: Ufqda oqshomning xiralashgan moviyligi uzra 
sekingina tutayotgan tutunga o‘xshash tog‘larni tomosha qila boshladim. 
Choliqushiga bu toglardan yana musofirlik hidi kela boshladi. 
Musofirlik hidi, ya’ni asar voqealari Feridening musofirlikda o‘tgan 
kechinmalari va qiyinchiliklari asosiga qurilganligi bois, shunday jumlalarni 
bitgan. O‘sha davrda ta’lim sohasidagi tanqid qilingan yana bir jihat o‘qituvchi 
maoshining juda kamligi edi. Feride Onadoluda ishlab yurgan paytlarida onasidan 
qolgan qimmatli buyumlarini sotib kun ko‘radi, puli tugaganda esa xatto och 
qolgan vaqtlari ham bo‘ladi: Men muallimlikni ochlikdan o‘lmaslik uchun qabul 
qilgan edim. Hisobim to‘g‘ri chiqmadi. Bu kasb bir kun ochlikdan o‘ldirishi hech 
gap emas. Ushbu jumlalardan uning holatini bilib olish mumkin. Shuningdek, 
asarda kasb hunarga oid so‘zlardan: doktor, soldat, vazir, xamshira va 
hkz.Toponimlar(joy nomlari) Zaynilar qishlog'i, Onado'lu, Istanbul, Qarshiyoqa, 
Izmir kabi so‘zlar ham uchraydi. Ijodkorning “Yashil kecha” nomli asarining bosh 
qahramoni ham “Choliqushi”, “Iztirob” asarlari kabi oddiy maktab o‘qituvchidir. 
Asar voqealari Ali Shohin ismli o‘qituvchining shahar maktabidan o‘zini qishloq 
maktabiga jo‘natilishini so‘rashidan boshlanadi. Ali shohinning maqsadi, zamonga 
mos fikrlovchi, ilg‘or va teran mulohazali yoshlarni tarbiyalash edi. Ali Shohin 
o‘zining ezgu maqsadida tinimsiz kurash olib boradi va asar so‘ngida u o‘zining 
hukumatga keraksiz ekanini anglaydi. Ushbu asarda Usmoniylar imperiyasi 
tugatilishi va yangi Turkiya Jumhuriyatining tashkil topish davridagi voqealar 
tasvirlangan. Ali eski fikrlovchi diniy mutaassib insonlarning fikr va qarashlarini 
o‘zgartirishga urunadi. Bu urunishlari tufayli juda kuchli tazyiqqa uchraydi va o‘z 
yurtiga qaytib ketadi. Yurtiga qaytgandan so‘ng sevimli kasbi muallimlik bilan 
shug‘ullana olmaydi. 
Inson o‘zi yashagan joylarda ko‘ngliga yaqin olgan insonlarga ko‘rinmas simlar
bilan bog‘langan bo‘ladi. Ayriliq vaqtida bu simlar tortila boshlaydi va uzilib 
ketgan cholg‘u simlariday xazin ovoz chiqaradi. Inson kimnidir sevib qolsa, 


49 
falokatga uchraganida asirga olinganday bo‘ladi. Odamzod eng ko‘p sevgan kishisi 
bilan sinaladi. Haqiqiy muhabbat orada qanchalik to‘siqlar bo‘lishidan qat’i nazar 
aslo yo‘qolib ketmaydi; Asardagi asosiy tugun Feridening to'yi kuni arafasidan 
uydan bosh olib chiqib ketishi. U Kamronning unga xiyonat qilganini bir ayolning 
unga berib yuborgan maktubidan biladi va Kamronga bo'lgan nafrati shu darajada 
kuchayadiki xatto o'z to'yidan ham bosh tortib uzoq uzoq joylarga ketadi. Va yillar 
davomidan sevgisidan g'azabi ustin kelgan holda yashaydi. Asardagi kulminatsiya 
bu Feridening muhabbati tushgan uni guldek asrab avaylagan asrandi qizi 
Munisaning vafoti. Bu mudxish xodisa Feridega juda qattiq tasir etadi xattoki,
haftacha xushsiz yotadi. Shubhasiz Feridening onalik muhabbatini bilishimiz 
mumkin. Asardagi yechim: Yillar davomidagi azob uqubatlarga qaramasdan ikki 
muhabbatni oxirida birga bo'lishi. Ushbu asarda Feridening chidamligiga, har 
qanday qiyinchiliklarni sabr bilan yengib o‘tishiga hayratlandim. Hayotda shunday 
vaziyatla bo'ladiki, o'ylagan orzu, maqsadlarimizga osonlikcha erishavermaymiz. 
Aksincha, osonlikcha erishilgan narsalarning qadri bo‘lmaydi. Feride esa buni 
tamomila aksini korsatdi. U qiz bolishiga qaramay erkaklarga xos va mardonavor 
ish tutadi. Feride asari ko‘p yoshlarga ibrat bo'la oladi. 
Avval to‘xtalib o‘tganimizdek, Rashod Nuri Guntekkinning yillar davomida 
qayta-qayta tarjima va nashr qilingan asari “Choliqushi” romani xalqimiz 
tomonidan har doim sevib o‘qilgan asardir. Ushbu asarda oddiy muallima qiz, 
Faridaning sof va samimiy muhabbati bilan uning esdalik daftari orqali tanishamiz. 
Asar “O‘zbek tarjimonlarining otasi” bo‘lmish, Mirzakalon ismoiliy tomonidan 
mohirona tarzda ona tilimizga tarjima qilingan. Farida yoshlikdan quvnoq, har 
narsaga qiziquvchan, shaddod qiz edi. U oilasi bag‘rida juda kam hayot kechirgan 
bo‘lsada otasini yorqin xotiralar bilan eslaydi. Asarda Faridaning Komronga 
bo‘lgan muhabbati tasvirlangan. Mirzakalon Ismoiliy asarni tarjima qilishda odiiy 
so‘zlarni ham murakkab o‘xshatish va badiiy tasvir vositalarini ham o‘z maromiga 
yetkazib tarjima qila olgan. Turk adabiyotidagi durdona asarlardan hisoblangan 
“Choliqushi” romanini ko‘rib chiqar ekanmiz, undagi badiiy tasvir vositalarini 


50 
tahlil qilamiz. Bu orqali yozuvchining uslubiga xos bo‘lgan badiiy xususiyatlarni 
ko‘rishimiz mumkin. “Choliqushi” romanida bir qator badiiy tasvir vositalariga 
duch kelamiz. Ushbu fikrlarimizning isboti o‘laroq asarning turkcha va o‘zbekcha 
matnlarini solishtirib, kichik bir tadqiqotga qo‘l urdik. 
25
Asarning turkcha matnida o‘qituvchi ayolga nisbatan “hoca hanım” jumlasi 
qo‘llanilgan, o‘zbekcha matnida ham aynan shu jumla “Xo‘ja xonim” tarzida 
aslidagidek olingan. Turk tilidan umuman habarsiz o‘quvchi uchun bu jumla 
tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Asarda kelgan “Hoca hanım” jumlasi tarjimada 
“muallima” tarzida yoki, “muallima xonim” tarzida berilishi asarning barcha 
o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlar edi. 
Asarda kelgan turkcha iborlalar ham mazmuniga zarar yetkazilmagan holda, 
o‘zbek o‘quvchisiga tushunarli tarzda tarjima qilingan. 
Masalan: “Duvardakı boyalı Meryem tablosunun altına asılmış guguklu 

Download 3,56 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi

Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish