Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/37
Sana30.11.2023
Hajmi3,56 Mb.
#108694
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

Sınıfa derin bir sükût çökmüstü, sinek uçsa 
20
işitilecekti - Pashsha uchsa 
eshitilar edi. Ya`ni, bu yerda sinf sukunatga cho`kdi, jim-jitlik ma`nosida 
qo`llanilgan. 
• 
Bülbül gibi söylüyor Fransızcayı maşallah - Fransuzchani bulbulday 
sayraydi-ya, yo olloh! Bulbulday sayraydi iborasi tili biyron, gapga chechan 
ma`nosida aytilgan. 
• 
Allah belanı versin, aslan gibi çocuğu berbat ettin, 
21
dedi – Xudo jazoingni 
bersin! Oyday qizni xarob qilding, - dedi Tarjimon bu o‘rinda aslan gibi iborasini 
“sog‘lom” ma’nosini ochib berish uchun o‘zbekcha oyday qiz iborasini qo‘llagan.
• 
Yolda hazırladığım kurt masalını okudum 
22
- Yo‘lda bir yolg‘on to‘qib 
qo‘ygan edim. Turk tilida kurt masalını okumak iborasi “ishonchsiz bahonalar, 
yolg‘onlar bilan gapirmoq” ma’nosida qo’llaniladi.
Turnayı gözünden vurdu, dedi - Turnaning naq ko‘zidan uribdi- ya! – dedi turk 
tilida “kutilmaganda juda qimmatli biron narsani qo‘lga kiritmoq” ma’nosida 
turnayı gözünden vurmak iborasidan foydalaniladi. 
20
“Çalıkuşu” Reşat Nuri Güntekin// roman// Nurgök matbaası, Istanbul – 1963. 
21
“Çalıkuşu” Reşat Nuri Güntekin// roman// Nurgök matbaası, Istanbul – 1963. 
22
“Çalıkuşu” Reşat Nuri Güntekin// roman// Nurgök matbaası, Istanbul – 1963. 


42 
• 
Turnayı gözünden vurdu, dedi - Turnaning naq ko‘zidan uribdi- ya! – dedi 
turk tilida “kutilmaganda juda qimmatli biron narsani qo‘lga kiritmoq” ma’nosida 
turnayı gözünden vurmak iborasidan foydalaniladi. 
• 
Sabahtan akşama kadar durmadan söylenen geveze Çalıkuşu, dut yemiş 
bülbüle dönmüştü. - Ertadan-kechgacha tinmay gapiradigan mahmadana 
Choliqushi, tut yegan bulbuldek, og‘zini ocholmay qoldi Keltirilgan parchada 
asliyat tilidagi dut yemiş bülbüle dönmek frazeologik birligidan avvallari juda ko‘p 
gapiradigan, xushchaqchaq, mahmadana Choliqushining mutlaqo gapirmaydigan 
bo‘lib qolish holatini tasvirlash uchun foydalanilgan. Tarjimon uni o‘zbek tiliga 
komparativ frazeologizm ko‘rinishida tut yegan bulbuldek deb 
so‘zma-so‘z tarjima qilgan va ibora ma’nosiga aniqlik kiritish maqsadida 
tarjima matniga qo‘shimcha tarzda og‘zini ocholmay qoldi frazeologizmini 
kiritgan.
Romanning mahzun va romantik tarzda o‘ziga xos hikoya qilinishiga o‘lim va 
ayriliq tushunchalarining, ya`ni motivlarining ta’siri kuchlidir. Kichik yoshda ota-
onasini yo‘qotgan Feride to‘yi arafasida qattiq sevgan insoni Kamrondan ayriladi. 
Sal o‘tib Munisa bilan yangi hayot boshlagan Feride og‘ir xastalik sabab uni ham 
yo‘qotadi. Asar so‘ngida esa otasiday ko‘rgan insoni Xayrullohbey vafot yetadi. 
“Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali 
tark etmadi, ammo ko‘nglim yaxshi ko‘rgan insonlarimning o‘liklari bilan liq 
to‘la”. Feride tilidan aytilgan durdona bitiklar orqali asarda o`lim motivi juda ko`p 
uchraganligi yaqqol bilinadi. Hamda asar voqealari davomida safar, sinov, to`y 
xatar, xiyonat kabi motivlar ham o`z o`rnini egallagan. 
Asarda syujet unsurlaridan biri bo`lgan tugun Feridening xiyonat qurboni 
bo`lishi orqali ko`rsatilgan. To‘yga uch kun qolganda Feride o‘zlari yashaydigan 
ko‘shkka kelgan qop-qora yopinchiqli ayoldan Kamronning Yevropadagi ishqiy 
munosabatlari haqidagi xabari asarning kulminatsion nuqtasi hisoblanadi. Chunki 


43 
to`y tayyorgarliklari boshlanib ketgan bir vaqtda Feridening kutilmaganda bunday 
zarbaga uchrashi va o`z uyini tark etishi asar voqealariga tub burilish yasagan. 
Ana shundan keyin esa voqealar rivoji jadallashib bosh qahramonni Kamrondan 
olislarga olib ketadi. Shuningdek, Kamron Feridening doktor Xayrullohbeyga 
aslida yolg`ondan turmushga chiqqanligini asar so`nggida xabar topadi. Asar 
yakunida esa ikki oshiq qalbning o`zaro topishishi asardagi barcha muammolarning 
yechimi qilib keltirilgan. 
Feridening Zaynilar qishlog‘ida og‘ir sharoitda qolgan Munisani asrab olib, uni 
o‘z qiziday suyib ardoqlaydi. Asarda muallif tomonidan qizaloq qistirma epizod 
sifatida gavdalangan. Ushbu epizod orqali yozuvchi og`ir musibatda qolgan 
Feridening qalbiga ozroq bo`lsada nur olib kirishni maqsad etgan. Sal o‘tib Munisa 
bilan yangi hayot boshlagan Feride og‘ir xastalik sabab uni ham yo‘qotadi. Munisa 
asarning faqat ma`lum bir qismida paydo bo‘lib yana g‘oyib bo‘lishi tufayli u 
asarda qistirma epizod hisoblanadi. 
Muallif asarni yanada boyitish uchun turli xil maqol, afsona va hikmatli 
so`zlardan foydalangan. Misol qilib ushbu asar ichidagi rivoyatlarni keltirish 
mumkin: Yosh bolaligimda bir ertak eshitganman. Bilmayman, Qaysi bir yosh 
sultonni olib qochish uchun uzoq tog‘ orqasidan bir lashkar yo‘lga chiqibdi. 
Askarlar kunduzlari g‘orlarga kirib yashirinishar, kechalari yo‘l yurar ekanlar. 
Qorong‘uda birov ko‘rib qolmasin, deb egnilariga qora kafan kiyib olishar ekan. 
Shu taxlit oylarcha yo‘l yurishgandan keyin shaharni bosmoqchi bo‘lib turishgan 
kechada yosh sultonga xudoning rahmi kelibdi-yu, qorong‘ulikda yashirinib, pusib 
kelayotgan bu qora kafanli tun qo‘shinini toshga aylantirib yuboribdi. 
Zaynilar aslida kimlar ekan, Xadicha xonim? – deb so‘radim. Men ham 
bilmayman, qizim, bu qishloq azaldan o‘shalarniki emish. Hozir minoralaridan 
boshqa hech narsa qolmagan. Xudo rahmat qilsin ularni. Zayni ota ularning ulug‘I 
ekan. Hech kim tuzata olmagan kasallarni shu yerga keltirishadi. Men bu yerga 


44 
bitta shol xotinni ko‘tarib kelganlarini bilaman. Qaytishda esa o‘z oyog‘i bilan 
yurib ketdi. Zayni otaning sag‘anasi qabristonning etagida, kattakon bir sarvi 
daraxtining tagida ekan. Xadicha xonim har kuni kechasi sag‘anaga kirib, uchta 
chiroq yoqib chiqar ekan: birini daraxtning tagiga, ikkinchisini eshikning ichkari 
tomoniga, uchinchisini esa qabrning bosh tomoniga qo‘yar ekan. Ushbu rivoyatlar 
orqali asar yanada qiziqarli va kitobxonni o‘ziga jalb qilish uchun ishlatilgan. 
Asarda aforizmlardan ham o‘rinli foydalanilgan. Ulardan ba’zilarini havola 
qilamiz. 

Download 3,56 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi

Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish