• I.BOB. TURK ADABIY ASARLARINING O‘ZBEK ADABIYOTIDAGI O‘RNI.
  • Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/37
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,56 Mb.
    #108694
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
    Bog'liq
    Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

    Tаjribа-sinоv mаydоnchаsi. Ilmiy tаdqiqоt ishi Tоshkеnt shahar 
    Sergeli Tumanidagi 349 – umumta’lim maktabining 11-sinflаridа tаjribа-sinоv 
    dаrslаri оlib bоrildi. 
    Tаdqiqоtning tuzilishi vа hаjmi. Tadqiqot kirish, uch bob va xulosadan 
    iborat. Birinchi bob – ikki fasl, ikkinchi bob – uch fasl hamda uchinchi bob – 
    ikki fasldan iborat bo‘lib, foydalanilgan adabiyotlar va ilovani o‘z ichiga oladi.


    26 
    I.BOB. 
     
    TURK 
    ADABIY 
    ASARLARINING 
    O‘ZBEK 
    ADABIYOTIDAGI O‘RNI. 
    O‘tgan asrda O‘rta osiyoda sodir bo‘lgani kabi Turkiyada ham juda ham kata 
    siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. XIII asrda bunyod etilgan 
    Usmoniylar imperiyasi XX asrning boshlarida barham topdi. Birinchi jahon 
    urushidan so‘ng Usmoniylar imperiyasi hududi urushda g‘olib davlatlar 
    tarafidan bo‘lib olindi. Anadolu hududining taraqqiyparvar kuchlardan bo‘lgan 
    Mustafo Kamol Otaturk boshchiligidagi ofiserlar guruhi Turkiya ozodligi uchun 
    kurash boshladi.Turk xalqi ozodlik kurashchilarini qo‘llab-quvvatladi. Ozodlik 
    uchun olib borilgan bu harakatlarning natijasi o‘laroq, Turkiya Xalq 
    Respublikasi nomi ostida davlat tashkil etildi. Natijada har sohada bo‘lgani kabi, 
    ta’lim va adabiyot sohasida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘lkada yuz 
    bergan tarixiy voqealar bu davr turk adabiyotining asosiy tasvirlash obyekti 
    bo’lib xizmat qildi. Turkiyani bosqinchilardan tozalash, erk va demokratiya 
    uchun kurashni aks ettirgan asarlar ko’paydi. Ayniqsa, 1923 yilda Turkiya 
    Respublikasi deb e’lon qilingach, adabiyotda milliy ozodlik mavzuida asarlar 
    yozish yanada kuchaydi. 
    Zamonaviy turk adabiyotida realistik hikoyaning yuzaga kelishi xalq ijodiyoti 
    teran ildizlariga borib taqaladi. Turk folklorida mavjud mif, afsona, ertak, 
    tahkiye, xalq hikoyalari va hikoyatlari zamonaviy hikoyaning paydo bo‘lishi 
    uchun asos vazifasini bajargan. Xalq dostonlari, xususan, “Kitobi Dada Qo‘rqut” 
    hikoyalarining ham turk realistik hikoyachiligidagi ilk shakllanish jarayoni 
    uchun ahamiyati cheksiz. Ayni paytda, turk mumtoz adabiyoti vakillari 
    tomonidan arab, fors adabiyotidan qilingan tarjimalar, milliy an’analar ta’sirida 
    paydo bo‘lgan turk mumtoz hikoyanavisligi an’analari, XIX asr oxirlariga kelib, 
    jahon hikoyachiligi, xususan, fransuz hikoyachiligidagi hikoya janriga xos 
    xususiyatlarni turk hikoyasi bilan sintezlash asosida milliy hikoya janri yangi 
    badiiy tamoyillar bilan boyidi. 


    27 
    XIX asr oxiri va XX asr boshlarida turk hikoyachiligi o‘ziga xos shakllanish, 
    takomil bosqichlarini bosib o‘tdi. Tanzimot hodisasi turk realistik hikoyachiligi 
    uchun muhim o‘rin tutdi. Jahon va G‘arb madaniyati bilan tizimli ijtimoiy
    iqtisodiy va madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, xalq ijtimoiy hayoti, 
    maishiy turmushi, dunyoqarashi, psixologiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, 
    birinchi navbatda, eng faol nasriy janr – hikoyada o‘zining badiiy ifodasini topdi. 
    “Sarvati Funun” davriga kelib, san’atning tarbiyaviy roli bilan bir qatorda, uning 
    eng muhim va azaliy funksiyasi – o‘quvchida estetik zavqni kamol toptirish 
    oldingi planga chiqdi. «Fejri Oti» ijtimoiy-madaniy harakati vakillari adabiyotni 
    ijtimoiy, falsafiy qarashlar vositasi sifatida emas, aynan maqsadning o‘zi sifatida 
    talqin qildilar. Adabiyot markaziga “go‘zallik” kategoriyasi ko‘tarildi. Uslubda 
    noan’anaviylik, ramziylik, san’atkorlik tamoyillari bosh maqsadga aylandi. 
    “Genj kalamlar” (“Yosh qalamkashlar”) jurnali atrofida jipslashgan yosh 
    ijodkorlar avlodi turk hikoyachiligida yana bir samarador bosqichga asos bo‘lib 
    xizmat qildi. Bu davr hikoyanavislari “milliy adabiyot” g‘oyasini 
    rivojlantirdilar. Xususan, Mamduh Shavkat turk hikoyachiligida yangi 
    yo‘nalishni boshlab berdi. Adib yangi uslubda turk xalqi real hayot tarzini yorqin 
    tasvirlashga erishdi. Uning sa’y-harakatlari bilan Chexov hikoyalarining ilk 
    marotaba turk tiliga o‘girilishi turk nosirlari uchun katta voqea bo‘ldi. 20-
    yillardan 30-yillarga qadar Esendal yo‘lida ijod qiladigan hikoyanavislar avlodi 
    yetishib chiqdi. Rashod Nuri Guntekin, Peyami Safo, Usmon Jamol, Fahri 
    Jaloliddin kabi yozuvchilar shular jumlasidandir. 
    XX asrning 20-30 yillari ham turk hikoyachiligi takomili va janr poetikasi nuqtai 
    nazaridan samarali davr bo‘ldi. Bu davr turk hikoyachiligi janr tadriji bilangina 
    emas, balki janr mezonlari, badiiyati jihatidan ham yuksak darajaga erishdi. Shu 
    paytgacha turk hikoyachiligida kuzatilmagan real hayotdan olingan syujetlar, 
    “kichkina odam”, “qishloq odami”, “qashshoq odam”, “ezilgan ayol” obrazlari 
    paydo bo‘ldi. 30-yillardan keyin Said Foiqning inson va jamiyat mavzusidagi 
    hikoyalari tabaqalangan xalq, turli xavf-xatarlar ichra yashayotgan inson, ishchi va 


    28 
    ishboshchi, tashlandiq, begona odamlar tasviri bilan yangilik kasb etdi. Sabohaddin 
    Ali ijodi ham bu davr hikoyachiligida ijtimoiy muammolarni haqqoniy talqin 
    etgani e’tiborga molik. U salaflari (U.Sayfiddin, M.Esendal, S.Foiq) boshlab 
    bergan ijtimoiy mavzuni tubdan yangiladi. Asarlarida bir oz sotsrealizm 
    adabiyotiga moyillik sezilsa-da, XX asr turk jamiyatiga xos hayot haqiqatini 
    tasvirlash tamoyilidan chekinmadi. Novatorona hikoyalari bilan milliy 
    hikoyachilikni yangi bir bosqichga olib chiqdi. 
    1940-1960 yillar turk hikoyachiligidagi uslub masalalari haqida so‘z 
    borganda, bu davr hikoyalarida badiiy uslubning rang-barang bo‘lishida o‘zining 
    ijodiy dunyoqarashi, iste’dodi, hayotni idroklash, badiiy aks ettirish prinsiplari 
    bilan o‘zgartirgan yozuvchilar ijodi muhim o‘rin tutadi. Bunda, eng avvalo, O‘rxon 
    Kamol asarlari, yozuvchi ijodi uchun bosh mavzu hisoblangan quyi tabaqa vakillari 
    turmush yo‘llarini tasvirlash, ularga nisbatan muallifning gumanistik munosabati 
    ushbu hikoyalar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qildi. O‘.Kamol uslubi yosh turk 
    hikoyanavislari tomonidan izchil davom ettirildi. Turk realistik hikoyachiligida o‘z 
    uslubi bilan tanilgan ikkinchi yozuvchi Halikarnas Baliqchisi taxallusi ostida ijod 
    etgan Muso Javat Shakir Qaboog‘ochlidir. U O‘.Kamoldan farqli o‘laroq, turk 
    hikoyachiligiga dengiz va dengizchilar hayoti mavzusini olib kirdi. Turkiya 
    mamlakatining geografik joylashuv o‘rni, dengiz bo‘yida yashaydigan turklarning 
    turmush tarzi, qolaversa, Muso Javat Shakir Qaboog‘ochlining dengizu 
    dengizchilarning xalqqa yaqin uslubda yozilishi va hayotiga bo‘lgan muhabbati 
    uning yangi hikoya kompozitsiyasi va uslubini topishda muhim omil bo‘ldi. Aziz 
    Nesin ijodi xalq kulgisi bilan ijtimoiy tragizmni o‘zaro uyg‘unlikda aks ettirishi 
    bilan qimmatlidir. Uning hikoyalarida xalq ijodiga xos latifa, askiya, hajviy hikoya, 
    masal, matal, maqol muhim o‘rin tutadi. Toriq Bug‘ro uslubi esa insonning botiniy, 
    psixologik holatlarini teran idroklash, tasvirlashga urinishlar jarayonida shakllandi. 
    T.Bug‘ro hikoyalaridagi o‘ziga xos tasvir prinsipi turk adabiyotida psixologik 
    tasvir yo‘nalishini boshlab berdi. Bu uslub 1940-1960 yillar hikoyachiligining 
    zamonaviy turklar – erkaklar, ayollar, bolalar, keksalarning zohiriy dunyosidan 


    29 
    botiniy dunyosiga, shaxsiyati tasviridan ichki “men”i tahliliga o‘tganidan dalolat 
    berdi. 
    1960-1980 yillar turk nasrida adibalar hikoyachiligi bo‘rtib ko‘rinadi. Bu 
    hikoyalar o‘zigacha bo‘lgan erkak yozuvchilar hikoyachiligidan uslub, obraz, 
    syujet, psixologik talqin usuli, ayniqsa, ayol qalbini teran tasvirlashi bilan farq 
    qiladi. Bu davr ayollar hikoyachiligida ko‘zga tashlangan monolog-hikoya 
    shakli turk zamonaviy nasri uchun yangilik edi. Qisman intuitiv, qisman lirik va 
    dramatik tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan, ma’lum darajada dekadent kayfiyatga o‘xshab 
    ketadigan monolog-hikoyaning eng yetuk namunalari ikki turk adibasi – Naziha 
    Merich va Firuzan tomonidan yaratildi. Yangilanayotgan davrda zamondosh 
    ayolning qalbi, ichki kechinmalari, ruhiy holati qalamga olindi. Ayol ba’zan ojiz, 
    zaif, kuchsiz, ba’zan irodali, chidamli, bardoshli, qanoatli, ba’zan esa ham 
    ma’naviy, ham madaniy qashshoq, ba’zida fidoyi ona siymosida tasvirlandi. 
    Tomris Uyar, Sevinch Cho‘kum hikoyalarida ayol ruhiy olamini ochib berishda 
    unga xos sirli xotiralar asos qilib olindi. Psixologik tasvir, monologik nutq, 
    obrazlar va voqealarning assotsiatsiyaga qurilishi bu adibalar hikoyachiligining 
    o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi. 
    Turk hikoyachiligiga turk modern (yangi) adabiyoti tushunchasining kirib 
    kelishida Yu.Otilgan va F.Edgular ijodining ahamiyati katta. Ramziy syujet, 
    ramziy obraz, ramziy dialoglar, ularning yangi usubiy shaklda ifodalanishi turk 
    modern hikoyachiligining yetakchi xususiyatlaridir. Yu.Otilgan hikoyalarida 
    qahramon xatti-harakati og‘ir va murakkab vaziyatlar fonida aks ettiriladi. 
    F.Edgu ijodining o‘ziga xosligi shundaki, u bir qator hikoyalarida inson 
    hayotidagi fojia, isyon, murosasizlik va murosasozlik kabi ziddiyatga to‘la 
    holatlarni butun murakkabliklari bilan ishonarli yoritdi. F.Edgu Sharq xalqlari 
    adabiyotiga xos majozdan tasvir vositasida samarali foydalanib, majoziy nasr 
    uslubiga asos soldi, turk hikoyanavisligiga “minimal hikoya” janrini olib kirdi. 
    Turk adabiyotshunoslari tomonidan «modern» uslubiga mansublangan turk 
    hikoyalarining hammasi ham mavjud nazariy qoliplarga sig‘adigan badiiy 


    30 
    hodisalar 
    emas. 
    Ular 
    yangi 
    shaklga 
    solingani, 
    tasvir 
    tamoyillari 
    murakkablashgani, psixologik talqinlari, an’analarning istifoda etilish usuliga 
    ko‘ra tamomila yangi mohiyat kasb etadi. Ammo hech bir jihatdan G‘arb 
    modernizmini takrorlamaydi. M.Qutlu ijodida turk folklori, Sharq klassikasi 
    an’analarini zamonaviy usulda qayta jonlantirish, shu asosda janr, syujet, 
    qahramon va uslub komponentlarini yangilash tamoyili yetakchilik qiladi. Uning 
    hikoyalarida syujet motivatsiyasi, ramz va timsollar modifikatsiyasi puxta 
    ishlangan. Xizr alayhissalom, Dada Qo‘rqut, so‘fiy, ertakchi, suv parisi, dengiz 
    singari obrazlar yangi syujet, yangi hikoyabop voqealar fonida badiiy inkishof 
    etilgan. S.Ileri hikoyalari esa global sivilizatsiya qurshovidagi odamning 
    yolg‘izligi, ichki iztiroblari, mushohada va xayollarini tragik tasvirlashga 
    qaratilgani bilan ajralib turadi. 
    Umuman, XX asr boshlaridan bugungi kungacha bo‘lgan davrda turk 
    hikoyanavisligida qator yangi poetik tamoyillar kashf etildi. Inson va hayot 
    voqeligi o‘ziga xos badiiy usullar yordamida ifodalandi. Bu tamoyillar nafaqat 
    turk adabiyoti, balki jahon nasri uchun muhim ahamiyat kasb etadi 
    XX asrning eng ko‘zga ko‘ringan ko‘ringan asarlari deya Adivarning “Qonli 
    ko‘ylak” romani va milliy ozodlik haqida yozgan hikoyalari, Qora Osmon 
    o‘g‘lining “Sadom va Gammaro”, “Begona”, Rashid Nuri Guntekinning “Ko’m-
    ko’k tun”, “Bir oqshom fojeasi” kabi romanlari tan olindi. Bu asarlarda asosan 
    yakka qahramonlar sarguzashtlari hikoya qilingan. Ular Turk xalqini 
    birlashtirishga harakat qildilar, marifat va madaniyat inqilobini amalga oshirish 
    orqali mamlakatning chekka hududidlarida yashovchi oddiy insonlarning ham 
    turmush sharoitini yaxshilash mumkin, degan niyatda edilar. Boshqa guruh turk 
    yozuvchilari esa, yangi qurilgan Turkiya Jumhuriyati ijtimoiy hayotidagi 
    jirkanch illatlarni, jumladan, jamiyatdagi urchib borayotgan ishsizlikning 
    sabablarini, poraxo‘rlik, tovlamachilik, amaldorlar tomonidan oddiy xalqqa 
    nisbatan bo‘layotgan zulmini, ayovsiz ravishda tanqidga oldilar.


    31 
    Saboxiddin Ali, Sadri Ertam, Suad Darvesh, Said Foik kabi bir qator 
    demokratik yozuvchilar turk adabiyotida tanqidiy realizmning rivojlashishiga
    o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shdilar. 
    XX asrning 30-yillarida qishloq xo’jalik mavzusi turk adabiyotida 
    yetakchi mavzulardan biriga aylandi. Badiiy adabiyotda dehqonlarning 
    mashaqqatga to‘la og‘ir hayoti, ularning o‘y-hayollari, orzulari turli tipik 
    obrazlarda aks ettirildi. Sadri Ertemning “Charx to’xtagan payt” romanida turk 
    mehnatkash oddiy xalqining og‘ir hayoti, ularning o‘z haq-huquqlari uchun 
    kurashi tasvirlangan. XX asrning 30-yillarida turk adabiyotida ayollar ozodligi 
    mavzusi ham eng ko‘p e’tibor qaratilgan mavzulardan biriga aylandi. Shu 
    qatorda turk ishchilari va ziyoli qatlamning jamiyatda tutgan o’rni haqida ham 
    ko‘plab asarlar yaratildi. Shu davr turk hikoyachiligining (novella) taraqqiyoti 
    o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga erishgan davr sifatida baholandi. Iste’dodli 
    yozuvchi Sabohitdin Ali bu davrda o‘zining ijod na’munalari bilan xalq 
    e’tiboriga tushdi. 
    Sabahittin Ali Bolgariyada tavallud topgan. Yoshligidan chuqur ilm 
    egallashga kirishdi. Istambul, Berlin kabi Yevropa shaharlarda ta’lim oldi. U 
    Germaniyada ta’lim olayotgan paytda Gitler tarafdorlari hokimiyatni egallashga 
    kiritishga harakat qilayotgan edi. Sabohitdin Ali turk millatini haqorat qilgan bir 
    nemis ofiserini do‘pposlagani uchun Germaniyadan quvg‘in qilinadi. 
    Germaniyadan chiqib ketganidan keyin Turkiydagi ko‘plab maktablarida dars 
    berdi, gazeta va nashriyotlarda faoliyat yuritdi. Sabahitdin Ali mashhur turk 
    satirik yozuvchisi Aziz Nesin bilan o‘zaro iliq ijodiy munosabatlar o‘rnatdi. Bu 
    mashxur ikki ijodkor hamkorlikda “Marko Pasha” nomli bilan satirik gazeta 
    nashr qilishdi. Bu gazeta orqali ayni paytdagi siyosiy tuzumning jirkanch 
    illatlarini ayovsir tarzda ochib beradigan maqolalar va materiallar nashr etib, 
    oddiy xalqning qo‘liga yetib borishini ta’minladilar. Ushbu tanqidiy maqolalari 
    sabab ular tashkil qilgan nashriyot hukumat


    32 
    tomonidan yopib tashlandi. Sabohitdin Ali turk ma’murlarini tanqid qilib 
    yozgan asarlari uchun bir necha marta qamoqxonalarda ham o‘tirib chiqdi. Unga 
    1948 yili dushmanlari tomonidan suiqasd uyushtirib o‘ldirildi. Yozuvchi o‘zidan
    ko‘plab hikoyalar, qissa va romanlar, dramatik asarlarni meros qilib qoldirdi. 
    XX asr 30-yillari turk she’riyatining yetakchi ijodkorlaridan biri Nozim 
    Hikmat edi. Turkiy adabiyotda ko‘p asrlardan buyon an’anasi bo‘lib kelayotgan 
    aruz vaznida ijod qilishdan chekinib, erkin vaznda ijod qilishni boshlab bergan 
    ilk turk ijodkori sifatida tarixda qoldi.
    Erkin vaznda qofiya va hijolar o’lchamiga asosiy e’tiborni qaratmasdan, 
    asosiy maqsad va fikrni aniq, hammaga tushunarli tarzda yetkazib berish kerak. 
    Bu vaznda intonatsiya asosiy o‘rinni egallashi lozim. N. Hikmat turk 
    she’riyatidagi ushbu tub burulishi tufayli novator shoir sifatida tarixda o‘z 
    nomini qoldirdi. Uning sh’eriyatdagi ushbu yangiligi nafaqat turk adabiyotida, 
    balki umumturkiy adabiyotga ham juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Shu jumladan, 
    ko’plab o’zbek ijodkorlari ham N. Hikmatni ijod olamida o‘zlarining ustozlari 
    deb bilishdi. ijodkorning «Inson manzaralari» nomli to’plami taniqli o‘zbek 
    shoiri Rauf Parfi tomonidanona tilimizga mohirona tarjima qilindi. 
    Rashod Nuri Guntekin XX-asr turk adabiyotiningsamarali ijod qilgan, 
    buyuk vakilidir. R.N Guntekin asarlari orqali nafaqat Turkiyada, balki 
    dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ham nom qozongan ijodkordir. R.N 
    Guntekin 1892 yili Istanbul shahrida tavallud topgan. U Istanbul universitetining 
    adabiyot bo‘limini tamomlab, boshqa mamlakatlarda adabiyot ilmini egallashni 
    davom ettigan. O‘ishni tamomlagandan so‘ng ish faoliyatini maktablarda 
    o‘qituvchi va xalq maorif noziri sifatida davom ettirgan. 1939-yili Turkiya 
    Buyuk millat majlisi deputati sifatida saylandi. U umrining so‘nggi yillarini 
    Turkiyaning YuNESKO dagi vakili lavozimida o‘tkizdi. R.N Guntekin 1995 
    yilda Londonda 64 yoshida vafot etadi. Guntekinning 24 jild asarlar toplami 


    33 
    nashr etilgan. Ijodkordan 20 ga yaqin roman, pyesa va dramalari o‘quvchilargaa 
    meros sifatida qolgan. 
    Ayni paytdagi turk adabiyotining Shuhratini dunyoga taratayotgan 
    ijodkorlar sifatida Mustafo Sepitchi, Emine Ishansu, Sevinch Chokum, Mustafo 
    Qutlu, Xakim og‘li Ismoil, Urxon Pamuk, Kurshat Basharva bir qancha 
    ijodkorlarni sanashimiz mumkin. 
    Umar Sayfiddin qisqagina, 36 yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, uni turk 
    adabiyotining faxri deyishimiz mumkin. Ijodkorning 136 ta hikoyasi kiritilgan 
    hikoyalar to‘plami hozirda ham o‘quvchilar tomonidan sevib mutoolaa 
    qilinadigan kitoblar sirasiga kiradi . Umar Sayfiddin adabiyotning ijtimoiy 
    vazifasi haqida shunday degan edi: “Adabiyotga faqat san’at deb qarashlariga 
    men mutlaqo qarshiman. Yozuvchining burchi inson qalbida yovuzlikka qarshi 
    nafrat tuyg’usini o’yg’otish, uni xar hil pastkashliklardan asrashdir”
    .[2.48]
    Turk va o‘zbek millati o‘rtasida bazi davrlardagi ters tushishlarga 
    qaaramasdan, azaldan iqtisodiy, siyosiy aloqalar bilan bir qatorda adabiy 
    aloqalar ham rivojlanib borgan. Adabiy aloqalar Alisher Navoiy davridayoq 
    anchayin yuqori bosqichga ko‘tarilgan edi. Xonliklar davrida esa, har soha kabi 
    bu ikki qardosh xalqlarning o‘zaro adabiy aloqalarida ham turg‘unlik davri 
    boshdan kechirildi.
    O‘zbek publisistlarining daslabki namoyandasi Zokirjon Xolmuhammad 
    o‘g‘li Furqat Istanbuldga o‘qish uchun borgan paytda turk matbuoti, maorifi, va 
    o‘quv jarayonlaridagi oldinga siljishlarni o‘z ko‘zlari bilan kuzatdi. Furqat 
    Vatandoshlariga yo‘llagan bir maktubida savdo sotiq bilan shug‘ullanuvchi boy 
    turklar va yuqori tabaqadagi turk amaldorlari zamonasining talabi bilan o‘z 
    farzandlarini nemis va fransuz tillarini chuqur egallashlari uchun sharoit yaratib 
    berayotganliklarini ta’kidlab, bu jihatdan bizga o‘rnak bo‘la olishlarini aytib 
    o‘tgan edi. O‘zbek va turklar o‘rtasidagi aloqalarning yanada rivoj topishiga 
    1905-yilda ro‘y bergan rus inqilobi va 1908-1913 yillarda bo‘lib o‘tgan Eon va 


    34 
    Turkiya inqiloblari katta turtki berdi. Bu davrda turkiston va Buxorga 
    Rossiyaorqali Qirim va Kavkaz orti mamlakatlari matbuoti bilan bir qatorda 
    Sharqning boshqa mamlakatlarining matbuoti va adabiyoti kirib kelib o‘z tasirini 
    o‘tkazishni boshladi. Ushbu davrda Afg‘onistonda “Siroj ul-axbor”, Misrda 
    “Chehranoma”, “Al-hilol”, Turkiyada “Sarvati Funun” nomli gazeta va 
    jurnallarda atoqli turk yozuvchi va shoirlaridan: Tavfiq Fikrat va Muhammad 
    Amin Yurdaqullarnin g‘arb mustamlakachilik siyosatiga qarshi isyonkorlik ruhi 
    bilan sug‘orilgan ( Tavfiq Fikrat “Rubobi shikasta”, Muhammad Amin Yurduqul 
    “Turk so‘zi”, “Ey turk, uyg‘on!”) asarlari nashr etilgan va xalq orasida tarqalgan 
    bir paytda, 1905-1917 yillarda “Sadoyi Turkiston”, “sadoyi farg‘ona” kabi 
    gazetalar, “Oyina” jurnali va ayrim bayozlarda Ozarbayjon ma’rifatparvar 
    shoirlaridan Muhammad Hodi, tatar ma’rifatparvarlaridan Abdulla To‘qay 
    asarlari bilan bir qatorda yangi turk shoirlarining asarlaridan namunalar va 
    qo‘shni mamalkatlarning ijtimoiy va siyosiy hayotiga oid maqolalar e’lon qilina 
    boshlandi. XX asr boshlarida Fitrat, Behbudiy, So‘fizoda kabi o‘zbek 
    marifatparvarlarining ilm istagida Afg‘oniston, Misr, Arabiston va Turkiyaga 
    qilgan sayohatlari davomida u yerlardagi yangi adabiyot, matbuot va ijodiy 
    muhit bilan tanishishdilar va o‘sha yerlarda o‘z asarlarini nashr ettirdilar. 
    Sadriddin Ayniy bu davrlarni o‘z esdaliklarida quyidagicha tariflagan edi: Rus-
    yapon urushi boshlandi. Bu urush sababli ora-sira kelib turgan “Tarjimon” 
    gazetasi Buxorog‘a kelib tarqala boshladi. Hindistondan “Hablul-matin”, 
    Misrdan “Chehranoma”, “Parvarish” degan forsiy gazetalari kelib, urush 
    xabarlari uchun gazeta o‘qimoqchi bo‘lgan kimsalarga boshqa fikrlarni ham 
    berdi. Lekin ahvol bunday turmadi. 1905 yildan 1908 yilga dovur sharoit ko‘p 
    bor o‘zgardi. Ushbu ikki yil muddatida turk, tatar, Istanbul, Misr, Hindiston 
    matbuoti Buxoroda yaxshigina rivojlandi. Xususan, bu orada fors tilidagi 
    “Sayohatnomai Ibrohimbek” Buxorog‘a tarqaldi. Bu kitob Erondagi siyosiy va 
    ijtimoiy ahvolni tanqid qilib yozilgan bolsa-da, 


    35 
    aynan tanqid ostiga olingan jarayonlar Buxoroda ham yuz berayotgan edi. 
    Shuning uchun bu kitobning mutolaasi ham Buxoroda ba’zi fikrlarning 
    o‘zgarishiga sabab bo‘ldi
    17
    Yangi uslubda yozilayotgan asarlarga o‘rgangan xalqning ehtiyojlarini 
    qondirish uchun mamlakat hududida yangi kutubxonalar, nashriyotlar va matbaa 
    uylari tashkil qilindi. Ushbu kutubxonalardan biri Buxorodagi “Marifat” 
    kutubxonasi edi. Bu kutubxonada Istanbul va Rossiyada nashr qilingan vaqtli 
    gazeta va jurnallardan tashqari ichki Rossiya va Bokuda nashr qilingan asarlar, 
    jurnallar va gazetalar ham bor edi. Istanbuldagi yurtimizdan borgan talabalar 
    yangi chiqqan asarlarni o‘z vaqtidaa turli xil yo‘llar bilan o‘z vatanlaridagi 
    o‘qirmanlarga yetkazib turishar edi. Turkiyada nashr etilgan adabiyot 
    na’munalarini yurtimiz yoshlari juda katta qiziqish bilan o‘qir edilar. Istanbul 
    universiteti professori, mashhur turkiyshunos olim Ahmet Zaki Validiy To’g‘on 
    o‘zining “Bugungi turk eli (Turkiston) va yaqin tarixi” kitobida bu haqda eslab, 
    shunday deb yozadi: “1913 yilda, ya’ni Cho‘lpon hali 19 yoshlik vaqtlarida 
    uning uyiga mehmon bo‘lib borganimizda, u turk tarixiga doir asarlarni o‘qir edi, 
    keyin “Turk yurti” kabi turkcha nashrlarni kuzatdi. 1917-1918 yillarda siyosiy 
    ishlarga aralashib, Orenburgda Boshqirdiston hukumati raisining kotibligi 
    vazifasida turdi… So‘ngra adabiyot bilan shug‘ullanib, birdan porladi. 
    …Cho‘lpon o‘zbek she’rlaridagi aruz vazni o‘rniga turkcha hijo vaznini qo‘llab, 
    adabiy tilni go‘zallashtirdi” 
    18
    Bu davrda birgina Fitratning o‘zi Turkiyada o‘qish bilan birgalikda fors va 
    turk tillarida asarlar (“sayyohi hindi”, “Munozara”, “Sayha”) yozib, ularni 
    Istanbulda nashr ettiradi. Bundan tashqari Abdurauf Fitrat turk matbuotlarida 
    o‘zining siyosiy maqolalari bilan faol qatnashib turgan. Ana shulardan biri 
    17
    Садриддин Айний. Эсдаликлар.8-жилдлик.5-жилд. «Тошкент» бадиий адабиёт нашриёти, 1965; 
    18
    A. Zaki Validiy To’g‘on “Bugungi turk eli (Turkiston) va yaqin tarixi” Istanbul, I jild, 1981 yil; 


    36 
    “Buxoro vaziri Nasrullobek parvonachi afandi hazratlariga ochiq maktub” 
    maqolasi “Buxoroli Abdurauf” taxallusi ostida “Teurif Muslimin” jurnalining 
    1910-yil 2-sonida nashr etilgan. Bu asarlar asosan ma’rifatparvarlik xarakterida 
    bo‘lib, ular qadimiy Buxoroning keyingi asrlarda tushib qolgan ijtimoiy-
    iqtisodiy qoloqlik va jaholat ham xurofotdan qutqarish, buning uchun bu yerdagi 
    eski maktab va madrasalarni isloh qilish, yangi maktab va maorifni yo‘lga 
    qo‘yish, zamonaviy islohotlar o‘tkazish uchun qizg‘in kurash ruhi bilan 
    sug‘orilgan edi”
    Turk ma’rifatparvarlarining inqilobiy ruhdagi asarlari Buxoroga 
    turli yo‘llar bilan yetkazib turilgan. Bu asarlar o‘zbek ma’rifatparvar 
    yoshlarining dunyoqarashiga kuchli ta’sir o‘tkaza olgan.
    Turk marifatparvarlarining asarlari bu davrdagi o‘zbek adabiyotining 
    g‘oyaviy-tematik yo‘nalishi, yozuvchi va shoirlarining g‘oyaviy-siyosiy 
    qarashlariga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Natijada M.Behbudiy, 
    M.So‘fizoda, Hamza, Fitrat, A.Avloniy, Tavallo, Cho‘lpon va boshqalarning 
    asarlarida o‘zlarigacha bo‘lgan (XV-XIX asrlar) ijodkorlarning asarlaridagi 
    adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik to‘g‘risidagi fikrlari yangi tarixiy-madaniy 
    sharoitdagi o‘zgarishlar nuqtai nazaridan rivojlantirildi, ular o‘lkadagi qoloq 
    ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilash, xalqni jaholat va xurofotdan qutqarish 
    uch
    19
    un zamonaviy ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq masalalarni targ‘ib va tashviq 
    qiladilar, bu boradagi qarshilik va to‘siqlarga qarshi matbuot va adabiyotda faol 
    ish olib bordilar. 
    Yevropa va Turkiyada ilim olib qaytgan O‘rta osiyo ma’rifatparvarlari o‘z 
    yurtlarida ham turkiya va yevropada ko‘rganlaridek davriy jurnallar, gazetalar 
    nashr 
    qilishni 
    boshlashdi. 
    Bu 
    nashriyotlarda 
    faqatgina 
    o‘zbek 
    ma’rifatparvarlarining 
    asarlarinigina 
    emas, 
    balki 
    turk, 
    ozarbayjon 
    vatanparvarlari asarlarini ham nashr qilib xalqqa yetkazishgan. Bundan tashqari 


    37 
    o‘zbek matbuotida yangi turk matbuoti, adabiy va sahna asarlari haqida fikrlarni 
    ham yoritib borishgan. Cho‘lpon o‘zining yangi turk she’riyati asoschisi 
    bo‘lmish Tavfiq Fikratga bag‘ishlab yozgan “Marhum Tavfiq Fikrat”ning 
    “Rubobi shikasta”, “Tarixi qadim” asarlariga jamiyatdagi adolatsilik, yovuzlik, 
    bosqinchilik kabi g‘ayriinsoniy harakatlarni ayovsiz ravishda fosh qilib bergan 
    asar sifatida yuqori baho bergan. 
    Turk inqilobiy adabiyotini o‘sha davrda endigina adabiyot olamiga kirib 
    kelgan Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Toshpo‘lat Sadiy kabi ijodkorlar Nozim 
    Hikmat, Urxon Osif kabi ijodkorlarning asarlaridagi inqilibiy ruhni to‘laligucha 
    saqlashga va ijtimoiy-siyosiy ruhni yanada kuchaytirib tasvirlashga harakat 
    qilishgan. 
    O‘zbek-turk adabiy aloqalariga sovetlarning bosimi to Mustaqillik qo‘lga 
    kiritilgunga qadar davom etdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng o‘zbek 
    ijodkorlari boshqa xalqlar ijodkorlari qatori turk ijodkorlari bilan ham emin-
    erkin ijodiy aloqaga kirisha oldilar.

    Download 3,56 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi

    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish