39
berib o`tilgan. Ya`ni, Feridening og`ir va mashaqqatli safarlaridagi qiyinchiliklari
bilan birga muallif tomonidan ba`zi so`lim
joylarning chiroyli tabiati, go`zal
bog`lari qushlarning dilga yoqar sayrashlari hamohangligida tasvirlab berilgan. Bu
orqali yozuvchi hayot faqat qiyinchilik, kurash va sinovlardan iborat emasligini
uning har bir lahzasidan zavq olish kerakligini bildirib o`tgan.
Muallif va personaj nutqining o`ziga xos xususiyatlari va badiiy asardagi xalq
tili imkoniyatlari Asarda muallif so`z o`yinidan ustalik bilan foydalangan. Asar
voqealari asosiy qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya
qilinadi va ushbu hikoyalariga juda ham ta`sirli, ma`noli bitiklarni bitadi. Misol
tariqasida, xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride
yillar davomida hatto
o‘zidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi. “Ha, nega endi
aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun o‘sha bo‘lib o‘tgan
noxushliklardan qat’i nazar, men sening bir parchang edim” kabi jumlalarni keltirib
o`tish mumkin. Shuningdek, asarda boshqa obrazlar
tomonidan xalq tili ham
keltirilgan. Ya`ni, harbiy doktor Xayrullohbeyning Ferideni husniga atab aytgan
gaplari: “Onang sut emizish o`rniga, yuzingni sutga chayganmi, qizim shunchalik
ham chiroyli bo`lasanmi xuddi bir qultum suvdek yutib yuborgudek go`zal
ekansan” bundan tashqari, uning chiroyiga atab “Gul ba shakar”, “ipak qurti” kabi
nomlarni qo`yishadi. Muallif sodda tilda kitobxonga tushunarli bo`lishi uchun
asarni ushbu jumlalar orqali xalq tili bilan boyitgan. Yozuvchi bosh qahramon
Feridening holati, uning his-tuyg`ularini Feridening
monologlari orqali ochib
bergan. Feride ko‘shkdan ayrilgach, salkam besh yil yaqinlaridan ayri yashaydi. Bu
holatdan tez-tez shikoyat qilgan Feride musofirlik va yolg‘izlikdan ancha
azoblanadi: “Ufqda oqshomning xiralashgan moviyligi uzra sekingina tutayotgan
tutunga o‘xshash tog‘larni tomosha qila boshladim”. Choliqushiga bu tog‘lardan
yana musofirlik hidi kela boshladi. Musofirlik hidi, ya`ni asar voqealari Feridening
musofirlikda o`tgan kechinmalari va qiyinchiliklari asosiga qurilganligi bois,
shunday jumlalarni bitgan. O‘sha davrda ta’lim sohasidagi tanqid qilingan yana bir
jihat o‘qituvchi maoshining juda kamligi edi. Feride Onado‘luda ishlab yurgan
40
paytlarida onasidan qolgan qimmatli buyumlarini sotib kun ko‘radi, puli tugaganda
esa hatto och qolgan vaqtlari ham bo‘ladi: “Men muallimlikni ochlikdan o‘lmaslik
uchun qabul qilgan edim. Hisobim to‘g‘ri chiqmadi. Bu kasb bir kun ochlikdan
o‘ldirishi hech gap emas”. Ushbu jumlalardan uning holatini bilib olish mumkin.
Ushbu ishqiy mavzuda bitilgan romandagi barcha
voqealar silsilasi muallif
tomonidan emas, balki bosh qahramon Feridening tilidan aytilgan bo`lib, asarda
hikoyachilik bosh o`rinda bo`lgan. Bu esa kitobxonni yanada o`sha muhitga tushib
qolishi uchun zamin yaratgan, Ya`ni, asar qahramonlarining tashqi ko`rnishi, fe`l-
atvori, xatti-harakatlaridan tortib boshidan o`tkazgan kechinmalarigacha va har bir
aytib o`tilgan joylarning tasviri, holati juda ham chiroyli,
aniq va durdona
so`zlardan foydalanilgan holatda yozilgan. Shuning uchun ham bunday jumlalar
o`quvchi uchun o`z ta`sirini ko`rsatishga xizmat qiladi.
“Choliqushi” romanida bo‘lib o‘tgan voqealar XX asrning ilk choragiga
tegishlidir. Feridening Qushadasida yashagan paytda Birinchi jahon urushi
dahshatlari asarda ham ko‘rinish bermasdan qolmagan.
Yozuvchi XX asr
boshlaridagi turk xalqi hayotini ko‘p jihatdan mohirona yoritib bera olgan.
Roman hayotiy hikoyalarga tayanib yozilgan bo‘lib, asarda tilga oligan
qahramonning hayotiy ismi Feride Po‘latdir. Qushadasidagi uyi restavratsiya
qilingan va bugungacha saqlanib qolgan;
Roman badiiy to`qimaga asosida yozilg bo`lib, muallif ushbu asarda o`zi haqida
emas balki bir qizning boshidan o`tkazgan kechinmalarini badiiy to`qima obrazlari
bilan qog`ozga tushirgan. “Choliqushi”ni shunchaki bir ishqiy roman bo‘lib
qolishidan qutqargan, an’anaviy sevgi-muhabbat
mavzusida yozilgan boshqa
asarlardan farqi ayni paytda romanning o‘sha davr ijtimoiy holatidan ham hikoya
qilishidir. Romanning sotsial jihatini yoritib bergan keng ma’noli so‘z bu
Onado‘ludir. Bu so‘zning mantiqiy dunyosi ichida ham shu hudud hamda shu
hududda yashagan insonlar va ularga tegishli muammolar joy olgan. Asarda
41
Onado‘lu va u yerda yashagan insonlar hayotiga nazar tashlaganimizda yo‘qsillik,
jaholat, yashash zavqidan mahrumlik kabi holatlarga duch kelamiz. Feride bir
muddat yashagan Zaynilar qishlog‘i tasvirlari nafaqat Onado‘lu, balki o‘sha davrda
hukumat tepasida bo‘lgan Usmonli iqtidorining haqiqatlarini ham ko‘z oldimizda
qip-yalang‘och namoyon qiladi. Zaynilar qishlog‘i tasvirida asosan “yakkam-
dukkam kulbalar”, “taxta uylar”,”cho‘ka boshlagan qop-qora vayronalar”, “u yer
bu yerda tutab yotgan yong‘in xarobalari” kabi ifodalar qo‘llanilgan.
U yerdagi
o‘quvchilar ahvoli ham juda achinarli edi. Kitobxon uchun asar syujetida obrazlar
timsolida o`sha davrdagi muhit juda aniqlik bilan keltirib o`tilgan.
•