R.N.Guntekin asarlarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana30.11.2023
Hajmi3,56 Mb.
#108694
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

1.2. R.N.Guntekin asarlarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni.
“Choliqushi” romani tarjimasi haqida mulohazalar. 
XX asr Turkiya adabiyotining yirik vakillaridan bir Rashod Nuri Guntekin 
insoniy sof va samimiy tuyg‘ularni mohirona madh etgan asarlari bilan Turkiya va 
undan tashqari barcha turkiyzabon xalqlar kitob ixlosmandlarining yuksak 
e’tiboriga sazovor bo‘lgan ijodkor sifatida tilga olinadi. Muhabbatga qurilgan bu 
asar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarda bosh qahramon Feridening 
boshidan o`tkazgan kechinmalari hamda Kamronga bo`lgan otashin muhabbati 
juda chiroyli qilib tasvirlab berilgan. G‘ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni 
to‘xtatolmagan Feride uzoq yil g‘ururining sevgisi ustidan qozongan g‘alabasidan 
azoblanib yashaydi. Asar voqealari bosh qahramonning g`ururi tufayli ko`p 
yillarini safarda qiyinchiliklar orasida o`tkazgani asosiga qurilgan. 


38 
• Asar qahramonlari: Farida (Choliqushi) (turkcha: Feride (Çalıkuşu)) – bosh 
qahramon
• Komron (turkcha: Kâmran) – Faridaning sevgilisi
• Basima (turkcha: Besime) – Faridaning xolasi, Komronning onasi 
• Mujgon (turkcha: Müjgan) – Faridaning xolavachchasi 
• Oysha (turkcha: Ayşe) – Faridaning xolasi, Mujgonning onasi 
• Munisa (turkcha: Munise) – Faridaning boqib olgan qizi
• Xayrullo (turkcha: Hayrullah) – yoshi keksa doktor
• Sayfuddin (turkcha: Seyfettin) – Komronning otasi 
Asarda Feridening qaysarligi tufayli o`z muhabbatini tan olmasdan nafratini 
muhabbatidan ustun qo`yib, g`ururi va sevgisi o`rtasidagi jangi asosiy g`oya 
sifatida olingan. U hattoki, muhabbatini qalbining tub-tubiga yashirib, o`ziga ham 
bu haqida oshkor qilishga jur`at etolmasdan qalb og`riqlarini boshidan o`tkazadi. 
Mana shu kechinmalarga g`ururi, nafrati, qaysarligi sabab qilib olingan. Asarning 
bosh qahramoni bo`lmish Feride tabiatan ozod erkin bo`lib yashashni xohlaydigan 
mard, jasur obraz sifatida talqin qilingan. Shuning uchun ham yozuvchi ushbu 
asarni “Choliqushi” deb nomlagan.

Download 3,56 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R.N.Guntekin asarlarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni

Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish