Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/37
Sana30.11.2023
Hajmi3,56 Mb.
#108694
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

“Shaharma-shahar yura-yura axiyri Karbaloga keldik. U vaqt to‘rt yoshlarda 
edim. Bunday yoshda ko‘p narsalarni uncha-muncha esda olib qolish mumkin” 
Ushbu parchani o‘qish mobaynida Karbalo cho‘lida bo‘lgan mash’um voqea, 
Fotima onamizning o‘g‘illari Hasan va Husaynningning shafqatsizlarcha qatl 
qilinishi haqidagi ma’lumot berib o‘tish kerak. Ummaviylarga qarshi harakat 
boshlangandan so‘ng, iroq shialari Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) 
nabiralari bo‘lmish Hazrati Husaynni o‘zlarining imomlari deb tanlashadi va u 
kishini Kufa shahriga chaqirishadi. Hazrati Husayn Ummaviylardan bo‘lgan 
hukmdor Yazidga bay’at bermaganlari uchun kufaga ketish yo‘lida Karbalo 
dashtiga yetib kelganlarida Yazidning 4 ming kishilik askari tomonidan hujumga 
uchrashtiladi. Natijada Hazrati Husayn shahid bo‘ladilar va o‘sha yerga dafn 
etiladilar. Shu sababli karbalo dashti shialarning muqaddas ziyoratgohi 
hisoblanadi. Hazrati husayn vafot etgan sana shialarning motam kunidir. 
33
Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua / B.To‘xliyev [va boshq.], - Toshkent:
“O‘zbekiston milliy ensklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. – 200 b. 


60 
Husaynbey bilan turli xil xavfli o‘yinlarni o‘ynash jarayonida kattalarga xos 
bo‘lgan chidamlilik, sir saqlash, sabr-bardosh kabi xislatlarni o‘rgangani 
Feridening tilidan quyidagicha beriladi. 
“Ba’zan yomon oqibatlar ham bo‘lardi. Lekin men, oramizdagi ahdga 
binoan, o‘yinda jonim achisa ham yig‘lamasligim, undan hech kimga shikoyat 
qilmasligim kerak. Men katta odamlarday sir saqlashni o‘rgandim”(3.9)
Aynan asardagi mana shu parcha orqali o‘quvchilarga Feridening kattalarga 
xos qanday hislatlarni kimdan o‘rganganini so‘rash orqali muammoli vaziyat 
vujudga keltirib o‘quvchilarning asarga chuqurroq kirib borishlarini ta’minlash 
mumkin.
Feride “Choliqushi” laqabini qay tarzda olgani haqida asarda keltirilgan 
quyidagi parcha orqali ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. 
“Bog‘da qurigan daraxt bo‘lardi. Payti keldi deguncha o‘shanga tirmashib 
chiqib olganimni, po‘pisalarga quloq solmay tanaffus oxirigacha shoxdan 
shoxga irg‘iganimni ko‘rgan muallimam: “Bu odam bolasi emas, choliqushi”, - 
deb koyigan edi
34
”. . 
Choliqushi - lug‘atda butazor qushi chittak degan ma’nolarni anglatadi. [4. 
https://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1327.600]. 
O‘quvchilarning 
choliqushi haqida tasavvurga ega bo‘lishlari uchun choliqushining rasmini 
ko‘rsatish va “Qushlar olami” kitobidan choliqushi va uning xususiyatlari haqida 
ma’lumot berish mumkin.
“Men bir burchakda tilimni chiqarib, ko‘zlarimni olaytirib, ko‘ylagimning 
yengini yamash bilan mashg‘ul edim. O‘zimni tuta olmadim, qahqaha urib kulib 
yubordim. 
34
Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua / B.To‘xliyev [va boshq.], - Toshkent:
“O‘zbekiston milliy ensklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. – 200 b. 


61 
Xolavachcham: 

Nimaga kulyapsan? 

O‘zim… - dedim. – Esimga bir narsa tushib ketdi… 

Nima tushdi? 

Aytmayman… 

Ko‘p noz qilaverma. Darvoqe, sening ichingda gap turarmidi… baribir, 
aytasan bir kun… 

Unday bo‘lsa, xafa bo‘lma… Sen xonimlar bilan kiyim to‘g‘risida 
gaplashib turganingda,men seni Xudo yanglish yaratgan deb o‘yladim… Qiz 
bo‘lganingdami… lekin hozirgi yoshingda emas… Masalan, o‘n uch-o‘n to‘rt 
yoshlaringda… 

Juda soz, keyin… 

Boyatdan beri atigi bir qarich yirtiqni yamaguncha barmoqlarimni ilma-
teshik qilib olganim uchun ham men yigirma-yigirma ikki yoshlardagi bir 
erkak… 

E, keyin… 

Keyin nima bo‘lardi, Allohning amri, payg‘ambarning qavli bilan seni 
o‘zimga olardim, vassalom. 
Uydagilarning hammasi sharaqlab kulib yubordi. Boshimni ko‘tardim-u, 
hmmaning ko‘zi menga tikilib turganini ko‘rdim. 
Mehmonlardan biri odobsizlik qildi: 

Juda soz, buning hozir ham qilish mumkin, Farida, dedi. 
Esim og‘di. Ko‘zlarimni olaytirib: 

Qnday qilib? – deb so‘radim. 

Qanday qilib? Komronga tegasan qo‘yasan-da… U sening 
bezaklaringning g‘amini yeydi, yirtiqlaringni tikadi. Sen ham ko‘cha ishlariga 
qaraysan.” 
35
 
35
Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua / B.To‘xliyev [va boshq.], - Toshkent:
“O‘zbekiston milliy ensklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. – 200 b. 


62 
Yuqorida keltirilgan parcha o‘qib berilgandan so‘ng o‘quvchilarga: “mana 
shu suhbat Feridening hayotida qanday muhim ro‘l o‘ynadi? Bu suhbat Feride 
uchun baxtning kalitimidi, yoki baxtsizlikning?” – degan savolni qo‘yib 
muammoli vaziyat yaratish mumkin. 
“Darsxona jimjit edi, shu jimjitlik ichida birdan piqillagan ovoz eshitildi. 
Murabbiya boshini ko‘tarib: 

Nima bo‘ldi, Mishel, yig‘layapsanmi? Nimaga? – deb so‘radi. 
Mishel ko‘z yoshlaridan ivib ketgan yuzini qo‘li bilan to‘sib oldi. 
Uning o‘rniga men javob berdim: 

Mishel karfagenliklarning yengilganiga xafa bo‘ldi, shunga yig‘layapti, - 
dedim. 
Sinfda biram qahqaha ko‘tarildiki…” 
36
 
Mana shu berilgan parcha orqali Feridening jahon tarixini yaxshi 
bilgannini bilib olamiz. Qadimgi rim tarixiga oid kitoblardan karfagenliklar 
haqida ma’lumotlarni olib o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi uchun tarix fani bilan 
o‘zaro intaegratsiyalashgan holda taqdimot orqali o‘quvchilarga ma’lumot 
berish mumkin. Pirovardida kichik bir tajribamiz orqali qayd etamizki: Badiiy 
asar tahlilining to‘lalik, chuqurlik va aniqlik kabi xusuiyatlarga ega bo‘lishi 
uning imkon darajasida ob’yektiv va xolis amalga oshirilganini anglatadigan 
ko‘rsatkichdir.  

Download 3,56 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi

Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish