85
3.2. Bob bo‘yicha qisqacha xulosa. Tavsiyalar
Darhaqiqat, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Farzandlarimizni
mustaqil
fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan mustaqil hayotiy pozitsiyaga
ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash
biz uchun dolzarb
ahamiyatga ega boʻlgan masala hisoblanadi”
40
, – degan fikrlari har birimizdan katta
mas’uliyatni talab qiladi.
Shunday ekan, mavzu yuzasidan birgalikda ishlash orqali ijodiy fikrlashni mashq
qilsa ham bo‘ladi. Mavzu doskaga yoziladi. Ya’ni muammo. Shundan so‘ng o‘sha
muammoga nisbatan tanqidiy yondashgan holda o‘z fikr-mulohazalarini aytishadi.
Sinfda muhokama boshlanadi. O‘quvchingizga o‘z fikrini turib aytishi yoki yozib
taqdim qilishi uchun imkoniyat yaratib bering. Avval ular orasida tortinish bo‘lishi
mumkin. Lekin mashq qilish, tez-tez darslarni shu shaklda olib borish o‘zining ijobiy
natijasini bermay qolmaydi. O‘quvchilar o‘zlarini darsda
erkin his qila olishlarini
ta’minlang. Chunki o‘zini erkin his qila olgan o‘quvchi o‘z fikrlarini tortinmasdan
ifodalay oladi. Bosim ostida o‘tirgan o‘quvchi esa fikrlashdan to‘xtaydi.
O‘quvchilarga o‘z vaqtida rag‘bat, o‘z vaqtida dakki berish ham muhim ahamiyatga
egadir. Eng asosiy tavsiyalardan biri: O‘quvchingizning
fikrlarini oxirigacha
tinglang, garchi u xató fikrlayotgan bo‘lsa ham.
Fikrlari kesib tashlangan
o‘quvchining hafsalasi pir bo‘ladi. Keyinchalik umuman fikrlashdan to‘xtaydi.