Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/37
Sana30.11.2023
Hajmi3,56 Mb.
#108694
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

II bob bo‘yicha qisqacha xulosa. 
Jahon adabiyoti namunalaridan bo‘lmish “Choliqushi” romani o‘zbek 
o‘qirmanlar tomonidan ham sevib mutolaa qilinadigan asarlardan biri 
hisoblanadi. Ayniqsa bu asarning maktab darsligida berilishi asarning yosh 
avlodni pok tuyg‘ularga oshino bo‘lgan holda tarbiya topishida katta hizmat 
qiladi. Bu bobda “Choliqushi” romanining maktab darsligida berilgan parchasi 
yuzasidan noan’anaviy dars o‘tish uchun mo‘ljallangan topshiriqlar yaratildi. 
Asar yuzasidan tuzilgan topshiriqlarimiz o‘quvchilarga faqatgina fanni 
o‘rgatishgagina emas hayotiy bilimlarni ham egallashga turtki beradigan 
topshiriqlar edi. Topshiriqlarimiz asosan asarda ro‘y bergan voqealar va kundalik 
hayotimizda ham kuzatiladigan hodisalarni o‘zaro bog‘lagan holda yaratildi. Bu 
o‘quvchilarda asarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. Asar yuzasidan 
o‘quvchilar uchun qo‘yilgan muammolar orqali o‘quvchilarni mustaqil 
fikrlashga, o‘z harakterlaridan kelib chiqqan holda muammolarga yechim 
topishga turtki berdi. Asarning 11-sinf adabiyot darsligiga kiritilgan qismi darslik 
mualliflari tomonidan o‘quvchilarning aqliy salohiyati, ularning yosh 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri tanlab olingan. Asarni samarali 
o‘qitish uchun qo‘yiladigan topshiriqlarni yaratishda ham asardan to‘g‘ri parchani 
tanlab darslikka kiritilgani qo‘l keldi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


79 
III BОB. ILMIY TADQIQOTNING AMALIYOTGA TATBIQI 
3.1. Tadqiqotning tajriba sinovi yakunlari 
Demak, ushbu faslda tadqiqot ishi yuzasidan olib borilgan tajriba-sinov ishlari 
natijalari yoritib beriladi.
Tadqiqot ishimizning tajriba-sinov jarayoni poytaxtimizning Sergeli tumani 
349-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borildi. Avvalo, tajriba-sinov 
ishimizning mazmun-mohiyati, maqsadini belgilab oldik. Shundan so‘ng tashkiliy 
jihatlari bilan davom ettirdik. Tajriba-sinovni o‘tkazish uchun maktabning 11-sinfini 
tanlab oldik.
Tadqiqot ishimizni olib borishda 11-sinf “Adabiyot” darsligidan asosiy manba 
sifatida foydalanildi. Ishimizning mazmuni va tashkiliy jihatlari sifatida 
quyidagilarni belgilab oldik:
*o‘quvchilarning yosh xususiyatlari;
*jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishdagi asosiy kamchiliklar;
*o‘quvchilarning qiziqishlari va talablari;
*dunyoqarashi; 
*psixologiyasi; 
*darslikdagi savol va topshiriqlar mazmuni;
*adabiyot fanini o‘qitish tizimi;
*dars jarayonlarining olib borilishi;
*pedagogik mahorat.
Dastlab darslarni an’anaviy tarzda o‘tamiz. Rashod Nuri Guntekinning tanlab 
olingan sinfda avvalo darsni an’anaviy tarzda o‘tamiz. Keyin esa noan’anaviy 
shaklda tashkil qilamiz va ushbu o‘tilgan darslardan olingan natijalarni o‘zaro 


80 
taqqoslaymiz. Qo‘llagan tajribalarimizdan qaysi biri yaxshi natija bersa, shu usulni 
tanlab olamiz. Jahon adabiyotining nodir namunlaridan biri bo‘lgan, turk 
adabiyotining klassik vakili Rashod Nuri Guntekinning hayoti va ijodi tushuntirib 
beriladi. O‘quvchilarga uyga vazifa sifatida ijodkorning hayoti va ijodi yuzasidan 
konspekt yozish va mavzuni o‘qib kelish beriladi. Keyingi darsda esa, berilgan 
vazifalar trkshiriladi, o‘qituvchi tomonidan yangi mavzu Rashod Nuri Guntekinning
“Choliqushi” romani qisqacha mazmuni so‘zlab beriladi. Uyga vazifa sifatida 
asarning darslikda berilgan parchasini o‘qib chiqish beriladi.
Biz yuqorida yondashayotgan an’anaviy dars o‘tish usuli bo‘lib, asosan u 
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishga emas, balki xotirasini 
mustahkamlashga qaratilgan usul hisoblanadi. 
Noan’anaviy darsni tashkillashtirish uchun avvalo, yozuvchining hayoti va 
ijodini o‘quvchilarga qiziqarli savol va topshiriqlar tuzishdan boshlaymiz. 
1. Birinchi topshiriq sifatida quyida keltirilganlardan Rashod Nuri Guntekin 
qalamiga mansub asarlarni janrlarini bir biriga moslagan holda joylashtirib 
chiqishlari kerak bo‘ladi: 
“Choliqushi” 
Pyesa 
“Layli ila majnun”
Roman 
“Olov kechasi”
Hikoya 
“Istiqlol” 
Roman 
“So‘ngan yulduzlar” 
Roman 
“Tamg‘a” 
Pyesa 
“Tosh parchasi” 
Hikoya 


81 
Topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilarga ikki daqiqa vaqt ajratiladi. Ushbu 
topshiriqdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz o‘quvchilarning tezkorligini, xotira 
salohiyatini yanada yuksaltirishdir. 
2. İkkinchi topshiriq quyidagicha bo‘ladi: Sinf doskasiga quyida berilgan jadval 
ko‘rinishi kabi katakchalar chiziladi. Savol esa ushbu shaklda bo‘ladi: Rashod Nuri 
Guntekin nomini Jahon adab iyoti sahnida mashhur qilgan asari qaysi? 
O‘quvchilarga beriladigan topshiriq biroz noan’anaviy, ya’ni o‘quvchilarga 
yuqoridagi savol beriladi va har bir o‘quvchi katakchalarga mos keladigan bittadan 
harf aytadi. To‘g‘ri harfni aytgan o‘quvchiga keyingi katakchada yashiringan harfni 
aytish imkoni beriladi. Bu topshiriq o‘quvchilarning topshiriqlar ustida individual 
ishlash mahoratini oshiradi, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradi. 
3. Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” romanini o‘zbekchalashtirgan 
mutarjim kim va u adabiyotshunoslar orasida qanday nom bilan e’tirof etiladi? 
Ushbu savolning javobini topish uchun har bir o‘quvchiga olti donadan kartochka 
tarqatma material sifatida beriladi beriladi. Dastlabki uchta kartochkada tarjimonlar 
ismlari, navbatdagi uchta kartochkada ularga berilgan e’tiroflar yoziladi. Shu 
kartochkalar ichidan har bir o‘quvchi berilgan savolning javobini topadi. O‘qituvchi 
esa ularni baholash maqsadida har bir o‘quvchining javoblarini tekshirib chiqadi. 
Noto‘g‘ri javob ni tanlagan o‘quvchi uchun dars so‘ngiga qadar yozuvchi qalamiga 
mansub bo‘lgan asarlarni janrlarga ajratgan holda aytib berish talabi qo‘yiladi.
Biz foydalangan metodlar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga 
qaratilgan. Sababi bugungi DTSning maqsadi o‘zining erkin fikrini ayta oladigan 
yoshlarni tarbiyalashdir. Avvalgi darsliklarimiz ko‘proq xotirani yaxshilashga 
qaratilgan bo‘lsa, yangi darslik hamda o‘quv jarayoni bundan qochadi.


82 
O‘qituvchilar bilan suhbatlashganimizda ham ma’lum bir metodlar, o‘yinlar 
orqali darslarni o‘tish ko‘pincha ochiq darslarda qo‘llaniladi. Biz adabiyot darslarini 
deyarli an’anaviy shaklda tashkil etamiz. Shuning uchun ham noodatiy tarzda, turli 
metodlar orqali darslarni tashkil etish o‘quvchilar diqqat-e’tiborini darsga qaratishga 
yordam beradi. Bundan tashqari ularning qiziqishi ham ortadi. Biz bu jarayonni 
tashkil etishimizda, eng avvalo, bolaning yoshi, qiziqishi, psixologiyasi, muhitini 
inobatga olishimiz lozim. Agar ko‘r-ko‘rona bunga yondashsak ishlab chiqqan turli 
xildagi usullarimiz o‘zini oqlamaydi. 
4. Jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishdagi ma’lum bir qiyinchiliklar haqida 
to‘xtalib o‘tgan edik. Shu jihatlarni inobatga olgan holda ijodkorning “Choliqushi” 
romani asosida muammoli vaziyat yaratamiz. O‘rtaga tashlangan muammo

Download 3,56 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi

Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish