|
fikrim
”, “Zanjir”, “Mosini toping”, “Savol va topshiriqlar”, “Tarqatmalar”Bog'liq Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'lifikrim
”, “Zanjir”, “Mosini toping”, “Savol va topshiriqlar”, “Tarqatmalar” kabi
qator usullarini qoʻllash boʻyicha oʻzining mulohazalarini bayon qilgan. Bunda
erishilajak natijalar haqida xulosalarni bergan.
96
97
Xasanboyev Nodirbek Xasanboy o‘g‘lining Jahon adabiyotini o‘qitish
metodikasi (Rashod Nuri Guntekin asarlari misolida) mavzusida
70111401
–
O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha Magistr darajasini olish
uchun yozilgan dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Jamiyatning ma’naviy darajasini yuksaltirishda, yosh avlodni kitobga,
badiiy adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirishda milliy adabiy asarlarimiz bilan bir
qatorda jahon adabiyotining noyob durdonalarini o‘qitish, badiiy adabiyot
mutolaasiga rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu tadqiqot 3 bobdan iborat bo‘lib, har bir bobda mavzuni ochi beruvchi
fasllar jamlangan. Dissertatsiyaning 1-bobi “Turk adabiy asarlarining o‘zbek
adabiyotidagi o‘rni”, deb nomlanib, XX asr qardosh turk va o‘zbek xalqining
adabiy aloqalari tadqiq qilingan. Ushbu bob uch faslni o‘z ichiga olgan bo‘lib,
jadidlar davri adabiyoti va yangi Turkiya jumhuriyati adabiy asarlari o‘zaro
qiyoslangan, turk adabiyoti orqali iste’molga kirgan yangi janrlar, vaznlar tadqiq
qilingan. Mashxur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi”
romani turkcha matni va o‘zbekcha tarjimasini o‘zaro solishtirib, tarjimadagi
yutuq va kamchiliklarni tadqiq qilingan.
Ishning 2-bobi “Rashod Nuri Guntekin asarlarining o‘zbek adabiy ta’limida
o‘qitilishi” deb nomlangan. Ushbu bob ikki fasldan iborat. Bu fasllarda
“Choliqushi” romanining maktab adabiyot darsligida berilgan parchasini tadqiq
qilingan. Maktab darsligida berilgan parchani o‘quvchilarga qiziqarli va
tushunarli tarzda o‘qitish uchun topshiriqlar tuzib chiqilgan.
Dissertatsiyaning 3-bobi “Tajriba sinov natijalari” deb nomlanadi. Tuzilgan
topshiriqlar orqali o‘quvchilarga asar tushuntirilgan. O‘quvchilarning dars
yuzasidan olgan bilimlari sinalgan va natijalarni qayd etilgan. Tadqiqotchi
mavzuni yoritishda tajriba-sinov materiallaridan unumli foydalangan va nazariy
xulosalarni chiqara olgan.
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
|
| |