• III bob bo‘yicha xulosa
  • Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/37
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,56 Mb.
    #108694
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
    Bog'liq
    Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

     
     
    40
    Мирзиёев Ш.М.Эркин ва фаравон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – 
    Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2016. – 56 б.


    86 
    III bob bo‘yicha xulosa 
    O‘rta ta’lim maskanlarida sinov darslari tashkillashtirdik. Avvalo darslar 
    an’anaviy usul bilan, ya’ni o‘quvchilarga mavzuni o‘qituvchi tomonidan so‘zlab 
    beriladi va o‘quvchilarga kerakli ma’lumotlarni yozdirib qo‘yish orqali 
    tushuntirishga urunib ko‘rildi. Keyingi darslarda esa o‘quvchilarga yangi 
    metodlardan foydaalanilgan holda, muammoli ta’lim, mening fikrim kabi 
    o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va o‘z fikrlarini faktlar, hayotiy voqealar asosida 
    isbotlashga undovchi metodlarga asoslangan holda topshiriqlar tuzib chiqildi. 
    Bizning jahon adaiyotni o‘qitishdagi yangicha yondashuvimiz o‘z samarasini 
    berdi. Tuzilgan qiziqarli topshiriqlar orqali past o‘zlashtiruvchi va xayoli tarqoq 
    o‘quvchilarimizning ham e’tiborlarini darsimizga qarata oldik. Bu yutug‘imizning 
    asosiy sababi, darsda faktlarga asoslangan topshiriqlar tuzishdan biroz chekinib, 
    o‘quvchilarni erkin fikrlarini bayon eta oladigan topshiriqlar tuzganimizdadir. 
    Natijada dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini erkin his qildilar va o‘z fikrlarini 
    sinfdoshlari bilan bemalol o‘rtoqlasha oldilar. Biz tuzgan topshiriqlar 
    o‘quvchilarda darsdagi muammoli vaziyatdan chiqish bilan birga inson hayotida 
    ro‘y beradigan turli xil muammolarga qay tarzda yechim topish ko‘nikmasini 
    oshirishga hizmat qiladi. Ushbu o‘tilgan noan’anaviy darsdan ko‘zlangan maqsad 
    o‘quvchilarda darsda olgan bilim va ko‘nikmalarini real hayotda ham qo‘llay 
    oladigan yoshlarni yetishtirishdan iboratdir. 
     
     


    87 
    UMUMIY XULOSA 
    Buyuk jadidlarimizdan Abdulhamid Cho‘lpon o‘zining “Adabiyot nadir?” deb 
    nomlangan maqolasida adabiyot haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi: 
    Adabiyot har bir millatning hisli ko‘ngul tarixining eng qorong‘u xonalarida 
    maishat (tirikchilik)ning ketishiga qarab har xil tusda va rangda yetishgan, fayzli til 
    birla taqdir etula olmaydurg‘on bir gulidir. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda 
    aning to‘lquni odamning har xil maishatiga qarab o‘zgaradir
    41
    ”. Cho‘lponning 
    adabiyot haqida bildirgan bu fikrlari to‘g‘ri ekanini tan olmasdan ilojimiz yo‘q. 
    Adabiyot xalqning, millatning qalbidan yaraladigan, xalqning quvonchi va 
    qayg‘usini kuylaydi. Cho‘lpon o‘z davrida adabiyotga bo‘lgan mehrning 
    susayganini ko‘ngilda og‘riq bilan tan olgan bo‘lsa, hozirda ham insonlarning 
    adabiyotga kitobga bo‘lgan mehri anchayin quyi pog‘onada ekanini tan olishimiz 
    lozim. Bizning vazifamiz kitobga mehrli, badiiyatning qadriga yetadigan avlodni 
    tarbiyalashdan iboraatdir. Rashod Nuri Guntekinning asarlari ham sof insoniy 
    tuyg‘ularni madh etgani sababli yuz yildan beriinsonlar tomonidan sevib o‘qiladi, 
    o‘qiganingiz sari yana qayta o‘qigingiz keladi. Ijodkor asarlarining bosh 
    qahramonlari asosan oddiy, qalblari mehrga limmolim to‘lgan insonlardir. Ular 
    hayot qiyinchiliklari oldida bosh egishmaydi, hayotning har bir sinovini kulib qarshi 
    oladigan insonlardir. Ushbu asarlarni rohatlanib o‘qishimizning sababchilari asar 
    tarjimonlaridir. “Asar tarjima qilish asar yozishdan ko‘ra mushkul ishdir” – deyishar 
    edi ustozlarimiz. Chindan ham asar yozish o‘z qalbingdan oqib chiqqan so‘zlarni 
    oqqa ko‘chirishdir. Asar tarjima qilish esa anchayin mushkul, birovning qalb 
    ovozlarini bir tildan boshqa tilga o‘girish va uni kitobxonlarga yetkazib berishdir. 
    Asarni his qilib tarjima qilmasangiz, go‘zal bir asarni o‘quvchilarning qalbidan joy 
    olishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lasiz. “Choliqushi” romanining mutarjimi bo‘lmish 
    Mirzakalon Ismoiliy asarni yurakdan his qilgan holda tarjima qilgan deya baho 
    bersak ortiqcha maqtovga yo‘l qo‘ymagan bo‘lamiz. “Bir asarni o‘z tilida o‘qisangiz 
    rohatlanib o‘qiysiz” - deyishadi. Ammo, “Choliqushi” romanini tarjimasini 
    41
    Abdulhamid Cho‘lpon. Adabiyot nadir?//”Sadoyi Turkiston” gazetasi, 1914-yil, 4-iyul;


    88 
    o‘qisangiz asl tilidan ko‘ra chiroyli va o‘qishga yoqimli tarzda tarjima qilingan. 
    Ushbu asarlarni o‘qishga, o‘qish orqali sof va samimiy tuyg‘ular egasi bo‘lgan 
    yoshlarni tarbiyalash bizlarning vazifamizdir. Hozirda badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan 
    qiziqishning kamayib ketganini hisobga olgan holda biz pedagoglar jamiyatda 
    kitobga bo‘lgan mehrni qayta uyg‘ota olishimiz lozim. Asar o‘qishga bo‘lgan 
    qiziqishni oshirish uchun, asarning hayotdan uzoqdagi voqelik emasligini asar 
    qahramonlari boshlaridan o‘tkizgan turli sinovlar bilan hayotda ham siz-u, men kabi 
    insonlar sinalayotganini o‘quvchilarga tushuntirib bera olishimiz kerak. 
    O‘quvchilarda asarga bo‘lgan mehrlarini oshirish uchun turli xil usullardan 
    foydalansa bo‘ladi. Masalan: biror bir badiiy asar syujeti asosida ishlangan kinoni 
    tomosha qilishni tavsiya etish orqali, o‘quvchilarning yoshlari va qiziqishlaridan 
    kelib chiqqan holda asarlar tavsiya etish orqali yosh avlodni kitobxonlikka 
    rag‘batlantira olamiz. Do‘sti kitob bo‘lgan avloddan hech qachon yomonlik 
    chiqmaydi.

    Download 3,56 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi

    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish