• Roman voqealari qayerda sodir boʻladi
  • Muammoga asoslangan ta’limda talabalarning roli




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/37
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,56 Mb.
    #108694
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
    Bog'liq
    Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

    Muammoga asoslangan ta’limda talabalarning roli 
    Bu jarayonda talabalar muammoning barcha jabhalari bo‘yicha 
    hamkorlikda ishlaydilar va eng yaxshi yechimni topadilar.
    • Muammo va u taqdim etayotgan yechimlarni tahlil qiling. Muammoni turli 
    qismlarga ajrating. Muammoni o‘qish, muhokama qilish va o‘ylashda davom 
    eting. 
    • Muammo haqida ma’lumot berganlar ro‘yxatini tuzing. Sizning 
    hamkorlaringiz muammo haqida nima bilishadi? Ularning muammo bilan 
    bog‘liq tajribalari bormi? Jamoa a’zolaridan kutilayotgan natijalarni muhokama 
    qiling. Ularning kuchli va zaif tomonlari qanday? Muammoning mumkin 
    bo‘lgan yechimlarini yaratish uchun aqliy hujumi qoidalariga rioya qiling (ya’ni, 
    barcha javoblarni hukm qilmasdan qabul qiling). 
    • Muammoning bayonotini o‘z so‘zlaringiz bilan tuzing va avval muhokama 
    qilinganidek, jamoaning bilim va tajribasini, shuningdek, muammoni hal qilish 
    uchun yana nimalarni bilish kerakligini hisobga oling. Quyidagi bosqichlarni 
    amalga oshiring: 
    • Muammo bayoni bo‘yicha jamoa a’zolaridan rozilik oling; 
    • Muammo bayonini yozma shaklda qo‘ying;. 
    • O‘qituvchidan fikr-mulohazalarini so‘rang; 
    • Topilgan har qanday yangi o‘rganish yoki taqdim etilgan fikr-mulohazalar 
    asosida yozma bayonotni o‘zgartirishga xushyor bo‘ling; 


    68 
    • Mumkin bo‘lgan yechimlar ro‘yxatini yarating. Tegishli fikrlar, g‘oyalar va 
    asosli taxminlarni, shuningdek, sabablar va ularni hal qilishning mumkin bo‘lgan 
    usullarini qo‘shing. Keyin yechimlarni tartiblang va guruhingiz uchrashuv 
    muvaffaqiyati nuqtayi nazaridan eng yaxshi deb hisoblaydigan yechimni 
    tanlang; 
    • Aniq harakatlar bilan vaqt jadvalini belgilang; 
    • Aniqlangan muammolarni hal qilish uchun nimalarni bilish va nima qilish 
    kerakligini kiriting; 
    • Har xil harakat bosqichlarini birinchi o‘ringa qo‘ying; 
    • Muammoni hal qilish uchun jamoangiz yana nimalarni bilishi kerakligi 
    ro‘yxatini tuzing. O‘qituvchi qanday ma’lumot berishi mumkinligini ko‘rib 
    chiqing; 
    • Qanday manbalar yordam berishi mumkin (masalan, darsliklar, asosiy 
    hamda ikkinchi darajali manbalar, Internet); 
    • Guruh a’zolari uchun tadqiqot topshiriqlarini belgilang; 
    • Muammoni hal qilish bo‘yicha jamoaning hisobotini tashkil qiling (loyiha 
    shaklida bo‘lishi mumkin); 
    • Guruhingiz muammoning yechimini qanday taqdim etishini va tinglovchilar 
    kimlar ekanligini aniqlang (odatda, muammoga asoslangan ta’limda har bir 
    guruh o‘z yechimlarini jamoaviy taqdimot orqali boshqa talabalar sinfiga yoki 
    muammo bilan bog‘liq bo‘lganlarga taqdim etadi); 
    • O‘quv jarayoni ham, natijalarni ham yoritish kerak. Quyidagilarni qo‘shing: 
    muammo bayoni, savollar, to‘plangan ma’lumotlar, ma’lumotlar tahlili, yechim 
    (lar) sabablari yoki ma’lumotlar tahlilini aks ettiruvchi har qanday tavsiyalar; 


    69 
    Shuni ta’kidlash kerakki, muammoga asoslangan ta’limning maqsadi 
    jamoa ustida ishlagan xulosalar va ular uchun asosni taqdim etishdir. Shunday 
    qilib, quyidagilardan xabardor bo‘lish juda muhimdir: 
    • Yaxshi bayon qilingan muammo va xulosa; 
    • Muammoni hal qilishda guruh tomonidan amalga oshirilgan jarayon, 
    muhokama qilingan turli variantlar va foydalanilgan resurslar; 
    • Sizning yechimingizning qo‘llab-quvvatlovchi hujjatlar, asoslar orqali 
    auditoriyani ishontirish uchun. 
    • Bundan tashqari, auditoriyaning har qanday sharhlari va savollariga tayyor 
    bo‘ling. Kim javob berishini aniqlang va agar sizning jamoangiz javobni 
    bilmasa, buni tan oling va savolni keyinroq ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ling. 
    • Butun jarayon davomida individual talaba yoki guruh harakatlari yetkazib 
    berishni ko‘rib chiqish muhimdir. Bu yerdan siz nimani o‘rganganingizni va 
    qanday yaxshilash mumkinligini aniqlashingiz mumkin. Talabalardan o‘rgangan 
    narsalarini boshqa vaziyatda, o‘z hayoti davomida yoki boshqa kurs loyihalarida 
    qanday qo‘llash mumkinligini so‘rash kerak. 
    Muammoli ta’limning asosiy vazifasi vazifasi faol bilish jarayoniga 
    undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli 
    o‘qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik 
    adabiyotlarda muammoli o‘qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli 
    o‘qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi 
    bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishdan iborat. Adabiyot ta’limida muammoli 
    texnologiyalarning qo‘llanishi o‘quvchining erkin fikrlashi, badiiy asar mazmun 
    mohiyatini chuqur anglab yetishi, adabiy tushunchalarni, yozuvchi va uning 
    hayoti ijodiga bog‘liq jarayonlarni to‘liq o‘zlashtirishi uchun muhim ahamiyat 
    kasb etadi. Muammoli ta’lim texnologiyasi adabiyot ta’limida amaliy jihatdan 
    hali o‘z o‘zini to‘liq namoyon qilgani yo‘q. Bugungi kunda adabiyot ta’limida 


    70 
    muammoli texnologiyalarni qo‘llash borasidagi metodik ko‘rsatmalar nisbatan 
    kamdir.
    Muаmmоli tа’lim dеyilgаndа, o‘qituvchi (pеdаgоg) rаhbаrligidа 
    muаmmоli vаziyat yuzаgа kеltirilib, mаzkur muаmmо o‘quvchi-tаlаbаlаrning 
    fаоl mustаqil fаоliyati nаtijаsidа bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrni ijоdiy 
    o‘zlаshtirish vа аqliy fаоliyatni rivоjlаntirishgа imkоn bеrаdigаn tа’lim 
    jаrаyonini tаshkil etish nаzаrdа tutilаdi. Muammoli vaziyatni hosil qilish uchun 
    o‘qituvchi, avvalo, o‘quv materialidan shunday vaziyatni topa olishi lozim. 
    Ma’lumki, har qanday savol muammo bo‘lib qolmaydi. Muammo ilmiy savol 
    bo‘lib, u bir necha asosli javoblarga egaligi bilan savoldan farqlanadi. 
    Muammoli ta’limning o‘ziga xos shakllaridan biri “Debat” usulidir. 
    38
    Debatlar bu jamoaning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, bunda jamoaning har bir 
    a’zosi o‘zining burch va majburiyatlariga ega bo‘ladi, kim g‘alabaga erishganini 
    esa debat yakunida jamoalarning argumentlari, faktlari, favqulodda savollar va 
    ularga berilgan javoblar asosida hakamlar jamoasi yoki o‘qituvchi belgilab 
    beradi. 
    O‘quvchilar bilan debat o‘tkazganda 3 ta tamoyilga amal qilish kerak: 
    1. Debatlar ko‘p narsaga o‘rgatadi (Chunki debat o‘tkazishdan maqsad faqat 
    g‘alaba qozonish emas, balki asosiy maqsad debatlar yordamida yangi bilimlarni 
    egallashdir). 
    2. Jarayonga faol ishtirok va vijdonlilik majburiyati (Bu tamoyil debatning 
    o‘zagi bo‘lib, noto‘g‘ri argument keltirish va savollarga javob berishda mantiqan 
    noto‘g‘ri yo‘ldan ketishning oldini oladi) . 
    1. 
    38
    Husanboyeva Q, Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi [Matn] /o‘quv qo‘llanma. T.: “Barkamol fayz 
    media” nashriyoti, 2018-yil. – 352 bet. 


    71 
    3. O‘zaro hurmatni saqlash (Debat ishtirokchilarining shaxsiga qasddan 
    teskari aloqaga kirishmaslik shart, o‘zga o‘quvchi tomonidan aytilgan nazariya 
    yoki fikrga qarshi chiqayotgan bo‘lsa, uning obro‘sini to‘kish maqsadga 
    muvofiq “Debat” usulidan foydalanish uchun, avvalo, haqiqiy debatga loyiq 
    muammo bo‘lishi lozim.
    39
    “Debat” da o‘rganilayotgan muammoning har ikkala 
    tomoni ham asosli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Rashod Nuri Guntekinning “ Choliqushi” romani 11-sinf adabiyot 
    darsligining 2-qismi jahon adabiyoti bo‘limining eng so‘nggida berilgan. 
    Avvalo, asarga o‘quvchilarni olib kirish va o‘quvchilarning fikrini darsga tortish 
    uchun asar voqealari va 11-sinf o‘quvchilarining o‘tish davrida ekanini hisobga 
    olib bir nechta savollar berib olishimiz mumkin. Biz bergan savollar aniq 
    faktlarga asoslangan emas, balki o‘quvchilar o‘z dunyoqarashlaridan kelib 
    chiqib javob beradigan savollar bo‘lishi kerak.
    Ushbu savollar yuqorida aytganimizdek o‘quvchilarning fikrini jamlash va 
    mavzuga kirishdan avval asarni o‘qish uchun tayyorlovchi savollar hisoblanadi. 
    Shunga o‘xshash savollarni boshqa asarlarga mazmundan kelib chiqqan holda 
    tatbiq etish mumkin. Savollarga faqatgina o‘quvchilarning o‘zi emas, balki 
    hayotiy misollar bilan o‘quvchilarga o‘rnak sifatida o‘qituvchi ham javob bersa 
    maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunga o‘xshash savollarni berish orqali 
    o‘quvchilarni asarga qiziqtirib olish mumkin. Keyingi savollar esa asarni o‘qish 
    39
    Husanboyeva Q, Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi [Matn] /o‘quv qo‘llanma. T.: “Barkamol fayz 
    media” nashriyoti, 2018-yil. – 352 bet. 
    1. Esdalik daftar tutish foydalimi? 
    2. Sizningcha insonlarga dardingizni aytish foydalimi yoki daftarga…? 


    72 
    jarayonida asarni qanchalik tushunilayotganligi, o‘quvchilarning asarni qay 
    darajada o‘zlashtirayotganini aniqlash uchun beriladi. 
    Bu savollar o‘quvchilarning asarni qay darajada tushunib borayotganlarini, 
    qahramonlar taqdirida yuz berayotgan muhim voqealarning sababi va uning 
    qanday oqibatlarga olib kelishini tushunishlari uchun beriladi. Savollar miqdorni 
    o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Ushbu savollar o‘quvchilarda individual tarzda 
    o‘z fikrini bildirish va fikrini himoya qilish ko‘nikmasini oshiradi. 
    Yuqorida berilgan savollar o‘quvchilarning asar haqidagi yakuniy 
    xulosalarini aniqlashga yordam beradi. Asarning o‘quvchilarga qay darajada 
    ta’sir etganini bilib olishimiz mumkin. 
    1. “Choliqushi” romanining asosiy mavzusi nima? 
    1. Feride kattalar kabi chidamlilikni dastlab qayerdan yoki kimdan 
    o‘rgandi? 
    2. Feridening hayotida muhim ro‘l o‘ynagan suhbat qaysi deb o‘ylaysiz? 
    1.Asardagi sizga yoqqan jumla yoki, fikrni yozing.
    2.Asar qahramonlarining o‘rnida o‘zingizni tasavvur qila olasizmi 


    73 
    Bu savolga abadiy mavzular va ikkinchi darajali mavzular haqida ma’lumot 
    berishni ham qoʻshimcha qilish mumkin. 
    Asarning qiymatini oshiradigan uning mavzusiga bog‘liqdir. Asarda 
    insoniyat yaralganida to hozirgacha, bundan keyin ham o‘z qiymatini 
    yo‘qotmaydigan muhabbat mavzusi ko‘tarilganini o‘quvchilarga yetkazib bera 
    olish lozim. 
    2. Qanday qilib Farida “Choliqushi”ga aylandi? Bu savolga tarmoqlatib 
    bersa ham boʻladi: masalan, 1) Bu ismmi yoki laqab?; 2) Bu laqabni kim 
    aytgan?; 3) Buning ma’nosi nima?; 4) siz ham mahallada shunday bolallarni 
    koʻrganmisiz va hokazo... 
    Choliqushi ismmi yoki laqab? 
    Bu laqab kim tomonidan aytilgan? 
    “Choliqushi” ning manosi nima? 
    Siz ham mahallangizda “choliqushi” 
    ga o‘xshash bolalarni ko‘rganmisiz? 


    74 
    3. Faridani boshqalardan ajratib turadigan tabiatiga xos xususiyatlar 
    toʻgʻrisida fikringizni ayting. Bu savolga javobni qisqacha yozib berishlarini 
    soʻrash ham mumkin. 
    4. Asardagi Komron, Narimon, Mujgon obrazlariga tavsif bering. 
    Bu savolga jadval yordamida javob berishlarini soʻrash mumkin. Masalan: 
    Tavsiflar 
    B u kim? 
    Mubolagʻachi, ikkiyuzlamachi, 
    yolgʻonchi, oʻzgaruvchan, ayyor 
    Tortinchoq, 
    ishonuvchan, 
    irodasizroq,
    Sodda, 
    ogʻir-vazmin, 
    fikr-
    mulohazali, oqkoʻngil, mehribon 
    4. Turk adiblaridan yana kimlarni bilasiz? Bu savolga javob beradigan 
    oʻquvchiga “Idrok xaritasi” yordamida javob berishi mumkinligini taklif qilish 
    mumkin. Bunda turk va boshqa millat ijodkorlaridan yozib, ularni orasidan turk 
    adiblarini ajratib berishni soʻrash. Bunda barcha oʻquvchilarni qamrab olish 
    mumkin. Eng koʻp topgan besh yo, oʻn oʻquvchini ragʻbatlantirish mumkin. Bu 
    topshiriq o‘quvchilrning guruh bo‘lib ishlash ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan 
    mashqlardan biri hisoblanadi. Bu topshiriqda mashxur turk adiblari bilan bir 
    qatorda o‘zbek va yana boshqa jahon adabiyotining yirik namoyondalari nomlar 
    ham keltirib o‘tilgan bo‘ladi. O‘quvchilar 11 yillik maktab ta’limi va mustaqil 
    badiiy asar o‘qish jarayonidagi to‘plagan bilimlariga asoslanib ijodkorlar ichidan 
    savol shartiga muvofiq kelganini ajratib oladilar. Bu topshiriq adibning hayoti 
    va ijodiga kirishdan avval o‘quvchilarning bilimlarini sinab olish va ularning 
    e’tiborini jalb qilish uchun foydalanamiz.


    75 
    Jahon adiblari 
    Chexov 
    A.Lutfiy Qozonchi 
    Amine Sheniko‘g‘lu 
    Borxes 
    A.Kristi 
    M. Olaqosh 
    M.Ch. Oqtosh 
    Oybek 
    Yulis Fuchik 
    O‘rxon Pomuq 
    Maxtumquli 


    76 
    6. Roman voqealari qayerda sodir boʻladi? Bu savolni tanlash usulida
    Berish ham mumkin: Musul, Karbalo, Zaynilar, Istanbul, Izmir, Anqara va 
    hokazo. 

    Download 3,56 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoga asoslangan ta’limda talabalarning roli

    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish