• Fe’li bo‘ri
  • Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/37
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,56 Mb.
    #108694
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
    Bog'liq
    Nodirbek Xasanboyev Xasanboy o\'g\'li

     
     


    55 
    II bob. Bob. R. N. Guntekin asarlarining o‘zbek adabiy ta’limida
    o‘qitilishi.
    2.1 R.N.Guntekinning “Choliqushi” romanining maktab darsligidagi 
    parchasi haqida. 
    Asarda bosh qahramon Feridening boshidan otkazgan kechinmalari hamda 
    Kamronga bolgan otashin muhabbati juda chiroyli qilib tasvirlab berilgan. 
    G‘ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni toxtatolmagan Feride uzoq yil 
    gururining sevgisi ustidan qozongan g‘alabasidan azoblanib yashaydi. Asar 
    voqealari bosh qahramonning gururi tufayli ko‘p yillarini safarda qiyinchiliklar 
    orasida otkazgani asosiga qurilgan. Guvohi bo‘lganingizdek, romanning bosh 
    qahramoni – Farida. Barcha voqea-hodisalar uning tilidan bayon qilinadi. 
    Faridaning dard-u alamlari, quvonchlari, iztiroblari – barcha qalb kechinmalari 
    o‘quvchi yuragidan joy oladi.Roman boshlanishida Farida es-hushini tanigan 
    kunlardagi kayfiyatni, atrof-muhitga, odamlarga, yaqinlariga munosabatlarini 
    bayon etadi.
    Fransuz tili muallimasi Aleksi opaning taklifiga ko‘ra boshqa tengdoshlari 
    kabi u ham bolalik xotiralarini yozadi: “Men baliqlar singari ko‘l ichida 
    tug‘ilganga o‘xshayman. Onamni es-es bilaman... Otam, enagam, xizmatkorimiz 
    Husayn ham esimda... 
    32
    Bir kun meni ko‘chada quvgan qora laychani... Bir kun 
    to‘la savatdan yashiriqcha uzum olayotganimda barmog‘imni chaqib olgan 
    arini... Ko‘zim og‘riganda tomizilgan qizil dorini... Mehribon Husayn bilan 
    Istanbulga kelganimizni... Ha, shularga o‘xshash ko‘p narsalarni eslayman...” 
    Lekin bulardan hech biri ilk xotira emas... Faridaning bu inshosi boshqa 
    o‘quvchilarga ham o‘qib eshittiriladi. Mazkur parchadagi tasvirlar, birinchidan, 
    roman muallifining o‘z qahramonini boshqalardan ajratib ko‘rsatishi, 
    32
    Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua / B.To‘xliyev [va boshq.], - Toshkent:
    “O‘zbekiston milliy ensklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. – 200 b.


    56 
    ikkinchidan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘riso‘z, badiiy tafakkur tarziga ega ekanini 
    boshidanoq ma’lum qilishi uchun zarur edi. Faridaning o‘z e’tirofiga ko‘ra: 
    “Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim”, – deb yozadi. Roman 
    Faridaning shu “boshqacha”ligi tafsilotlari asosiga qurilgandir. 
    Ayniqsa, Faridaning maktabdagi o‘qish yillari va shu muhitda turli 
    sarguzashtlarni boshidan kechirgani, ba’zan turli qiziqchilik uchun atay hazillar 
    boshlashlari – bularning barcha-barchasi roman sahifalari miqdori ko‘paygan 
    sari o‘quvc hining ushbu shaddod qahramon to‘g‘risidagi tasavvurini to‘ldirib, 
    yaxlitlashtira boradi. Bolalik va yoshlikning beg‘ubor damlaridagi yoshgina 
    qizning birovlar xayoliga kelmagan ishlarga bosh urishi, deylik, daraxtlar ustida 
    bamisoli chaqqon mushukdek shoxdan shoxga sakrab o‘tishlari obraz tabiatining 
    individualligini namoyon qiladi. Muallifi sekin-asta Faridani romanning asosiy 
    motivi bo‘lgan ishq-muhabbat yo‘nalishiga yo‘naltira boradi. Faridani bo‘lasi 
    Komron bilan uchrashtiradi.
    Hamma bolalar bilan bemalol janjal-g‘avg‘olar ko‘taradigan Farida 
    Komronga yo‘liqqanida boshqacha bo‘lib qoladi, hamma bolalarga qiladigan 
    qiliqlarini qila olmaydi. “Qarindosh bolalar orasida faqat bittasidan tortinar, 
    o‘shandangina hayiqar edim. U Basima xolamning o‘g‘li Komron edi. Ammo 
    uni bola deyish uncha to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo, yoshi mendan ancha ortiq, 
    qolaversa, juda odobli, vazmin. Bolalarga qo‘shilishni yoqtirmaydi. Qo‘llarini 
    cho‘ntaklariga suqib olib, yo dengiz bo‘yida o‘zi yolg‘iz aylanib yuradi, yo 
    bo‘lmasa daraxtlar soyasida kitob o‘qib o‘tiradi. Komronning sochlari jingalak, 
    sarg‘ish yuzi esa nozik, oppoq, yarqiroq. Shunchalar yarqiroqki, yuragim 
    chopsa-yu, quloqlariga yopishib olib, yaqindan betlariga qarasam, xuddi 
    oynadagi kabi o‘zimni ko‘rishimga ishonaman”. Adib shu zaylda Komronning 
    tabiati va tashqi qiyofasi – portretini Faridaning qalami bilan chizib ko‘rsatadi. 
    Albatta, bu qiyofa, tasvirlar Faridaning qalb oynasiga solib qaralishida hech 
    qanday g‘ayritabiiylik yo‘q. O‘rni-o‘rni bilan bu tasvirlar orasiga Faridaning 


    57 
    istehzolari, piching va kinoy alari qo‘shiladi. Bunday ruhiy-psixologik tasvir 
    yo‘sini obraz tabiatini, ichki kechinmalarini, boshqalardan farqli xarakterini 
    ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. 
    Romanda berilishicha, Komron bilan Narimon degan bir tul ayol o‘rtasidagi 
    munosabatlarni Farida ulkan bir daraxt tepasida o‘tirib tomosha qiladi. Eng 
    qizig‘i, qalbiga muhabbat mehmon bo‘layotgan qizlar Faridaning shunday 
    go‘zal va bebaho tuyg‘udan bebahra ekanini o‘ylayotgan bir mahallarida u 
    g‘alati kayfiyatga tushadi. Barcha sinfdosh qizlar bu o‘zgarishni darrov 
    sezishadi.
    Farida o‘zining ham boshqa qizlarga o‘xshagan qalb egasi ekanini anglatish 
    uchun Komron bilan Narimon o‘rtasidagi uchrashuv sahnasiga o‘z laqabini 
    qo‘yib gapirib beradi. Demak, yozuvchi sekin-asta shu ikki qahramonni 
    allaqanday poetik rishtalar vositasida bir-biriga yaqinlashtira boradi. 
    Yozuvchi Faridaning o‘n besh yoshlik paytidagi ajib bir ziddiyatni, ya’ni 
    sho‘xlik-o‘jarliklari qolmaganini, ammo go‘zallashib borayotganini «Fe’li bo‘ri 

    Download 3,56 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent – H. Ahmedov Ilmiy maslahatchi

    Download 3,56 Mb.
    Pdf ko'rish