Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-512-519
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
513
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
KIRISH
Bugungi kunda avtomobilsozlik sanoati jadal sur‟atlarda rivojlanib bormoqda.
Dunyo bo‟yicha birgina 2021-yilning o‟zida 81mln dan ortiq avtomobil ishlab
chiqarilgan va sotilgan [3]. Avtomobillashtirish darajasining oshib borishi ijtimoiy va
iqtisodiy sohalarning rivolanishida juda muhim hisoblanadi.
Avtomobillashtirish
darajaning yanada oshib borishi, avtomobil yo‟llaridagi
mavjud harakat tartiblarini,
xavfsizligini ta‟minlashda mukammal va puxta tadbirlar majmuini ishlab chiqishni
talab etadi. Avtomobillarning harakatini xavfsiz tashkil
etish asosan aholi zich
joylashgan shahar avtomobil yo‟llarida juda dolzarb masala bo‟lib qolmoqda. Bundan
tashqari, yo‟llardagi harakat miqdorining yuqori darajada oshib ketishi, o‟sha
yo‟llarda joylashgan chorrahalardagi tirbandliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‟lib, bu
ham o‟z navbatida ko‟plab iqtisodiy va ekologik muammolarni
yuzaga kelishiga
sabab bo‟lmoqda [3, 4].
Avtomobil harakati davomida ma‟lum bir tashish ishini bajradi,
bu jarayon
yo‟lning aniq bir marshrutida amalga oshadi va ishning samaradorligi ko‟plab
omillarga bog‟liqdir. Ular ichida eng asosiylari iqtisodiy jihatdan keltirilib,
avtomobilning harakati davomida sarflagan yonilg‟i
miqdori va tashish uchun
sarflangan vaqti hisoblanadi [5]. Ushbu samaradorlik ko‟rsatgichlarining
pasayishining asosiy sabablaridan biri chorrahalarda vujudga keladigan tirbandliklar
hisoblanadi. Chorrahalardagi tirbandliklar nafaqat iqtisodiy
samarani pasaytiradi
balki yuqorida aytilganidek atrof-muhit uchun ekologik (zaharli gazlar, shovqin,
vibratsiya va hakozo) xavfni ham keltirib chiqaradi.