Innovatsiyalar
Kompyuter grafikasi va dizayn o\'quv amaliyotidan 42-guruh
Maxsus fan o‘qituvchisi Erkinjonov Diyorbek Yo`l yo`riqli texnologik xaritaKasb kodi va nomi: 30610102 - Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O`quv amaliyot nomi: “Kompyuter grafikasi va dizayn”Mavzu №: 30 : Corel Draw dasturida matnlar bilan ishlash Maqsadi:
Amaliyot raxbari: Erkinjonov Diyorbek Baholash mezoniO‘quvchilarni baholash mezoni bilan tanishtirilib, baholash ko‘rsatkichlari bilan tanishtirib o‘tiladi:
3-ilovaKelgusi mashg’ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga vazifa berish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI NAMANGAN TUMAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI Ushbu ma’ruzalar matni Kompyuter grafikasi o‘quv amaliyotining 2022 yil “30” avgustdagi Oliy va o'rta maxsus ta’limi vazirligining 295-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan na’munaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va 2022 yil “ ” dagi Pedogogik kengashida muhokama qilingan ishchi dasturida keltirilgan mavzular ketma- ketligida ishlab chiqildi va 2022 yil “ ” da Maxsus fanlar kafedra yig‘ilishida muhokama etilib, 2022 yil “ ” dagi Pedogogik kengashida foydalanishga tavsiya etildi. Kompyuter grafikasi o‘quv amaliyoti ta’lim muassasasida taqsil olayotgan Kompyuter grafikasi va dizayn operatori yo‘nalishi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur o‘quv amaliyot uchun jami 180 soat ajratilgan.Mazkur ma’ruza matni Kompyuter grafikasi va dizayn operatori yo‘nalishi o‘quvchilari va Kompyuter grafikasi bo‘yicha mustaqil ta’lim oluvchilar uchun mo‘ljallangan. Tuzuvchi: Namangan tuman 1-son kasb-hunar maktabi informatika va at fan o’qituvchisi Diyorbek Erkinjonov №-_1_-Mavzu: Kompyuter grafikasi va dizayn ishlarini bajarish uchun foydalanuvchi interfeysini sozlash Reja: Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi. Кompyuter grafikasi turlari. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. Namoyish qiluvchi kompyuter grafikasi. Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi. Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash („koʻrinadigan“ qilish). Tasvirni qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi.[1] Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi. Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan programma ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan programmalarga tayanadi. U hatto programmalarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy programmalar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–barang, suratli adabiyotlar, o’quv–qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi. Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan bo’ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik ko’p bo’lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o’lchamlari ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misol uchun 800x600 o’lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi. Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekranning ham turlari bor. Monitor- Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar. Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sigimiga ega. Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sigimga ega. Monitorlarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin MGA Monochrom graphic adapter- oq qora rangli monitorlar. CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar. MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar. EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli monitorlar. VGA Video graphic adapter SVGA Super Video graphic adapter. Hozirda qo’llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi. Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi. Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. Кompyuter grafikasi turlari.Tuzilishiga ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi. Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi. Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.Xozirgi ko’nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin. Кompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar; ikki o’lchamli animasiya dasturlari; uch o’lchamli animasiya dasturlari; ikki o’lchamli animasiya dasturlari; ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari; videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar. Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi. №-_2_-Mavzu: Kompyuter grafikasida rang modelari bilan ishlash Reja: Rang modellari RGB modeli CMYK modeli HSB (HSV) modeli Rang modellari Кompyuter grafikasida rang juda muhim – kuzatuv, taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini o’ynaydi. Biz ko’rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yoruq’lik ko’z qorachiq’i orqali ko’zimizga o’tadi va ko’z ichidagi asab hujayralarini qo’zq’atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan boq’langanligi tufayli ko’z yoruq’ligi miyaga o’tadi va ongimizda buyumni ko’rish tuyq’usi paydo bo’ladi. Biz buyumni ko’ramiz. Atrof muhitni bunday ko’rish qobiliyati ko’rish deb, ko’rish a’zosi esa ko’z deb ataladi. Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko’p ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni ko’rish orqali qabul qilamiz. Yoruq’lik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi. Bizning ko’zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali boq’langan. Agar ko’zning to’zilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining to’zilishi bilan taqqoslasak ular orasida o’xshashlik borliqini sezishimiz mumkin. Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo’lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko’k ranglar – asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil bo’ladi. RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo’lib, ushbu ranglarning turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko’rinuvchi spektrning turli hil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yellow) ranglar xosil bo’ladi. RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 bo’lganda oq rang, R=0, G=0, B=0 bo’lganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin. CMYK modeli bo’yoqlarning nurni yo’tish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur o’tuvchi bo’yoqdan o’tishida spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam ko’ziga tushadi. Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar aralashmasidan paydo bo’ladi. Ularning to’liq aralashmasidan qora (blacK) rang xosil bo’ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. HSB (HSV) modeli. Model nomi o’nga asos bo’lgan uch komponentning bosh xarflaridan olingan: Hue - rang toni; Saturation - to’yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model odam ko’zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan. Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapszondagi burchak kattaligi bilan tavsiflanadi. To’yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U kul rangning boshqa rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – to’la to’yingan rang). Rangning yorqinligi 0 dan 100 gacha o’zgarishi mumkin. №-_3_-Mavzu: Grafik dizayn elementlari Reja: Grafik dizayn Grafik dizaynning asosiy elementlari Grafik dizaynning asosiy tamoyillari Grafik dizayn - veb-saytlar, logotiplar, grafikalar, broshyuralar, axborotnomalar, plakatlar, alomatlar va boshqa har qanday ingl. Aloqa turlarini ishlab chiqishda samarali xabar yozish uchun matn va grafikalarni birlashtiruvchi jarayon va san'at. Dizaynerlar grafik dizayn elementlari va tamoyillarini birlashtirib o'z maqsadlariga erishadilar. Grafik dizaynning asosiy elementlari Ochiq element-tasvirlar va grafik dizayn elementlari bilan bir qatorda chiziqlar, shakllar, to'qimalar, qiymat, kattalik va ranglar mavjud. Chop etish va veb- sahifalar uchun grafik dizaynerlar samarali dizaynlarni yaratish uchun ushbu elementlarning bir qismini yoki barchasidan foydalanadi. Maqsad odatda tomoshabinlarning diqqatini jalb qilish, ba'zan esa ularni muayyan harakatlarga undashdir. Download 8,78 Mb.
|