-sinf uchun o‘qish fanidan «Qishda» mavzusidagi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

2-sinf uchun o‘qish fanidan «Qishda» mavzusidagi
1 soatli dars ishlanmasi
Fan:
« 0 ‘qish».
Darsning maqsadi
Ta 'limiy —
o ‘quvchilarda m atnni ifodali o ‘qish m atnini tahlil 
qilish, hikoya qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy—
o ‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan m ehrini o ‘sti- 
rish. O 'zaro hamkorlikda ishlash malakasini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi —
mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Og‘zaki nutqini o ‘stirish.
154


Darsning turi:
yangi bilim beruvchi dars.
Dars shakli:
no an ’anaviy dars.
Dars metodi:
Suhbat, blis savollar.
Dars jihozi:
darsliklar, mavzuga oid ko‘rgazmaIi qurollar.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism:
a) davomatni aniqlash;
b) darsga tayyorgarlikni tekshirish.
II. Darsga kirish suhbati.
Fasllar yuzasidan suhbatlashiladi:
1. Hozir o ‘lkamizda qaysi fasl?
2. Qish oylarini sanang.
3. Qish fasliga oid topishmoqlar ayting.
Oppoqqina dasturxon 
Yer yuzini qoplagan. (
Qor
)
Sudrasang yuradi,
Sudramasang turadi. (
Chana
)
Q o‘lsiz, qalamsiz, bo‘yoqsiz 
Rasm chizar. (
Ayoz)
Qish fasli haqida o'quvchilar yozgan she’rlari o'qitiladi.
III. Uyga vazifani so ‘rash.
«M usawir Qorbobo» matni o‘quvchi!arga oralatib o ‘qitiladi. 
Ushbu mavzu yuzasidan sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.
IV. 0 ‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
0 ‘quvchilardan nima uchun qishda deraza muzlashi so‘ralib 
javob olinadi.
Xulosa.
H ar bir ishni sidqidildan, toza, ozoda va oxirigacha 
bajarishga o ‘rganish.
V. Dam olish daqiqasi.
VI. Yangi mavzuga kirish.
1) . Yil fasllarini ketma-ket nomlang.
2) . H ar bir fasllarga ta ’rif bering.
3) . Qaysi hasharotlarni bilasiz?
0 ‘qituvchi hikoyani og‘zaki hikoya qiladi. 0 ‘quvchilar esa ha- 
rakatlarni bajaradilar.
1 5 5


Qishda
Jazirama yoz o'tib, salqin kuz kelibdi. Undan so'ng qilichini 
yalang'ochlab, qish kirib keladi.
Olam tinchlanibdi. Daraxt barglarining shitirlashi ham, bo'ri 
va bo'rsiqlarning uvillashi ham eshitilmabdi.
Q urt-qum ursqalar inlariga yashirinib olibdilar. Eng avval, 
chum olilar yiqqan donlarini yashirib, issiqqina inlariga joyla- 
shib olibdilar.
So'ng xonqizi qo'ng'izi nozik barglar orasidan o'tib, ini tomon 
ketibdi.
Chigirtkalar kuy, so'zlarini to'xtatib, qish uyqusiga shoshi- 
libdi. N inachilar qanotlarini yig'shtirib, uxlash uchun qulay joy 
izlashibdi.
Kuzgi yomg'irdan so'ng yer yuziga chiqib qolgan chuvalchanglar 
tezda yana yer ostiga yashirinibdi: ular muzlab qolishdan juda 
qo'rqishadi. Shunday qilib, hasharotlar qish uyqusiga ketishdi. 
Yer yuzi qalin qor bilan qoplandi. Inlarida «pish-pish» uxlashibdi. 
Ular Qorbobo, Qorqiz o'tib ketganini ham sezishmabdi.
Bahor kelibdi. Kunlar ancha ilib, qorlar eribdi. Daraxtlar bir- 
birlarini bahor bilan tabriklab, shamolda u yoq-bu yoqqa teb- 
ranishibdi.
VIII. Mavzu yuzasidan savol javob.
Mustahkamlash uchun savollardan foydalaniladi:
1. Jazirama yozdan so‘ng qaysi fasl keladi?
2. Eng harakatchan hasharot?
3. A trof jim -jit, barcha hayvonlar uyquda. Bu hodisa qaysi 
faslda roA beradi?
4. Yomg‘irdan so'ng yer yuziga chiquvchi hasharotni bilasizmi?
5. Ninachining foydali jihatini bayon eting.
0 ‘quvchi javobi
T o‘g‘ri javob
Xato
Javoblar
Kuz
Chumoli
Qish
Chuvalchang
Zararli hasharotni 
yeydi
1 5 6


Blis savollar 3 guruhga alohida-alohida beriladi. Natijasi e’lon 
qilinadi.
IX. Darsni yakunlash.
Bugungi dars sizga yoqdimi?
Darsda yana ko‘proq nim alar qilishim izni xohlaysiz? To- 
pishmoqlar ijod qila olasizmi?
X. Uyga vazifa.
M atnni ifodali o ‘qib, og‘zaki hikoya qilishga tayyorlanish.
Faol o ‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

Download 4,78 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-sinf uchun o‘qish fanidan «Qishda» mavzusidagi

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish