-sinf uchun «Matematika» fanidan «Ertak-dars» mavzusidagi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

2-sinf uchun «Matematika» fanidan «Ertak-dars» mavzusidagi
1 soatli dars ishlanmasi
Fan:
«Matematika».
Mavzu:
«Ertak-dars».
Maqsad:
a) 2 va 3 ga ko‘paytirish jadvalini mustahkamlash; 
b) o ‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o ‘stirish; 
d) matematika faniga qiziqishni oshirish.
Dars turi:
amaliy-nazariy.
Dars metodi:
aqliy hujum.
Dars jihozi:
sonli kartochkalar, plakatlar, ko‘chma doska, mag- 
nitofon, bo ‘g‘irsoq rasmi.
1 6 2


Darsning borishi
— Bolalar, bugungi matematika darsimizda siz bilan ertaklar 
olamiga sayohat qilamiz. Sizlarning eng sevimli ertak qahra- 
monlaringizdan bin Bo‘g'irsoq bugun mehmonga keldi. Agar darsda 
faol qatnashib, berilgan topshiriqlarni xatosiz bajara olsak, Bo‘- 
g‘irsoqqa katta yordam bergan bo‘lamiz. Lekin biz xato qilsak, 
Bo‘g‘irsoqqa nima bo‘ladi bolalar?
Bo‘g‘irsoqqa yordam berish uchun misollar yech.
I. Ikki o ‘quvchi misol ishlaydi:
27 
36 
18 
51 
72 
90
+ 16 
+ 45 
66 
+ 32 
+ 27 + 48
Qolgan o ‘quvchilar matematik diktant bajarishadi:
a) 9 bilan 3 ning ko‘paytmasini yozing;
b) 30 bilan 3 ning bodinmasini yozing;
d) 
8
bilan 3 ning ko‘paytmasini yozing;
e) 15 ni 3 marta kamaytiring;
f) 
9
va 
2
ning ko'paytmasini yozing;
g) 
8
ni 
2
marta kamaytiring.
— Mana birinchi topshiriqni ham bajardik. Qani javoblarni 
tekshiramiz. Javoblar: 27, 10, 24, 5, 18, 4.
Ikki-uch o ‘quvchi javoblarini aytib solishtiradi.
— Endi Bo'g'irsoq yo‘lida qo ‘rqmay davom etadi.
II. 2-topshiriq murakkabroq.
Nok va olma daraxtining rasmi chizilgan plakat ko‘rsatiladi.
Olmaning balandligi — 4 m, nokniki — 3 m. Olma daraxti 
necha metr baland?
Masalaning qisqa berilishi:
О - 4 m
N - 3 m
4—3 = 1 (m).
Javob: Olma daraxti 1 metrga baland.
Bu masala o ‘qituvchi rahbarligida og‘zaki bajariladi va tahlil 
qilinadi.
— Bo‘g‘irsoq ikkinchi to ‘siqdan ham o ‘tdi.
III. 3-topshiriq.
Magnitofonda masalaning sharti o ‘qiladi.
Do'konga 15 kg rediska, undan 3 marta kam pom idor keltirildi. 
D o‘konga necha kg sabzavot keltirildi?
1 6 3


Q i s q a c h a b e r i l i s h i p l a k a t g a y o z i l g a n .
R —15 kg 
P — ?, 3 marta kam
?kg
Yechish sxemasi:
1
) □ : □ = □ (kg)
2
) □ + □ = □ (kg)
Javob: □ kg sabzavot keltirildi.
Masala o ‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechilishi 
sxema asosida mustaqil bajariladi.
— M ana, 3-topshiriqni ham bajardik. Bo‘g‘irsoqning yo'li 
yana davom etadi.
IV. Dam olish daqiqasi.
Sotib oldim — 5 ta ayiq.
Suvga soldim — 5 ta qayiq.
Birgalikda nechta bo‘ldi?
Beshta ayiq, beshta qayiq.

4-topshiriq juda qiziqarli.
Bolalar, biz juda ko‘p topishmoq 
bilamiz, to‘g‘rimi? Lekin kim tez va ko‘p matematik topishmoq aytadi?
a ) . Pak-pakana bo‘yi bor,
Yetti qavat to ‘ni bor.
b ) . Ikki aka-uka,
Bir-birini ko‘rmaydi.
— Maqollarchi?
a ) . Qing‘ir ishning qiyig‘i,
Qirq yilda ham bilinar.
b ) . Yetti o ‘lchab, bir kes.
— Qiziqarli masala ham o ‘ylab topinglar.
a). Uchburchakdan uchta ol,
Qutichaga sanab sol.
T o‘rtburchakdan to ‘rtta ol,
Q o‘sha bergin bemalol.
— Bolalar, bo‘g‘irsoq sizlardan juda xursand, chunki uni hech 
qaysi hayvon yeb qo‘ymadi. Siz darsda faol qatnashib, unga katta 
yordam berayapsiz.
VI. 5-topshiriq.
Endi bolalar, mana bu kartochkalarga yozil­
gan misollarni birgalikda bajaramiz. Faqat o ‘rtoqlaringizdan biri 
izohlab beradi.
4 : 2 + 
68
=
27 : 3= 
1921 : 3 + 73=
1 6 4


VII. 6-topshiriq.
«Kim ko‘p uzum yeydi?» o ‘yini.
Doskaga uzum rasmi chizilib, orasiga 2, 3 ga ko‘paytirish va 
b o ‘lishga doir misollar yozilgan plakat qo ‘yiladi. M usobaqa tar- 
zida ikki o ‘quvchi bajaradi.
— Bolalar, m ana biz b o ‘g‘irsoqqa yordam berdik. Misol, 
masalalarni to ‘g‘ri bajardik. Lekin ayyor tulki shunda ham bo ‘- 
g‘irsoqni aldaydi va uni nima qiladi?
— Bugun darsda hamma o ‘quvchi yaxshi qatnashdi.
Darsga yakun yasaladi.

Download 4,78 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-sinf uchun «Matematika» fanidan «Ertak-dars» mavzusidagi

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish