Integratsiyalashgan pedagogikasi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

1- 
o ‘quvchi:
Oq harir ro ‘mo]in o ‘rab, oppoq tong otdi. Bu 
tong Toshkent tonggi.
Yurtini sevgan aslo каш bo‘lmas,
Tarixin o ‘rgangan yuzi xam bo‘lmas.
Mehri bo‘lsin quyosh taftiday o ‘tli,
Tuprog‘in surtgan ko‘zi nam bo‘lmas.
0 ‘quvchilar birgalikda « 0 ‘zbekistonim» q o ‘shig‘ini kuyla- 
shadi. Sahna ko‘rinishi.
Toshkentga chet ellik m ehm onlar kelishadi. Tarixiy obidalar, 
go‘zal maskanlar bilan tanishtiriladi. 0 ‘quvchilar ingliz, rus tilla- 
rida suhbatlashadilar. Toshkentning tarixiy joylarini, istirohat bog‘- 
lari, metropoliteni bekatlari haqida gaplashadilar.
2- 
o ‘quvchi:
Shahrimizning bugungi jam oli, go‘zal kunlarini 
aziz va muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan cham- 
barchas bog‘lamoq joiz. Doimo ogohlikka da’vat etuvchi so‘zlari 
bilan biz yoshlarni hushyorlikka chorlayotgan yurtboshimizga 
qo‘shqanot boOaylik.
0 ‘yin «Andijoncha».
Hozir sinfimizning iqtidorli sportchilari bilan tanishasiz. Turli 
sport seksiyalariga qatnashadigan o ‘g‘il bolalar va qizlar ishtiro- 
kida sport mashqlarini namoyish qilishadi.
1- 
o ‘quvchi:
Shuning bilan 3-A sinf o‘quvchilari tomonidan tay- 
yorlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi.
2 - 
o ‘quvchi:
Aziz mehmonlar! Sizlarni yana bir bor T osh­
kentning 2200 yillik to ‘yi bilan tabriklaymiz. Shahrimiz gullab, 
yashnasin va ming yillar davomida um r ko‘rsin. Salomat bo‘linglar! 
Hozir so‘zni maktabimiz rahbariga beramiz. Marhamat!
4-sinf uchun «Ona tili» fanidan «Mustaqillik maydonida» va 
«Temuriylar tarixi muzeyida» mavzusidagi integratsion 
sayohat dars ishlanmasi
Fan:
«Ona tili».
Mavzu:
«Mustaqillik maydonida» va «Temuriylar tarixi mu- 
zeyida» integratsion dars.
Darsning maqsadi:
a) nazariy bilimlarni o ‘quvchilar ongiga 
yetkazish;
1 4 7


b) o ‘quvchilarda Vatanga boMgan muhabbati, 0 ‘zbekiston ta- 
rixiga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
d) ota-bobolardan qolgan tarixiy obidalarga hurmat ko‘zi bilan 
qarashni shakllantirish.
Dars turi:
Sayohat darsi.
Dars tipi:
Yangi mavzuni o ‘zlashtirish.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
Ertalab o ‘quvchilar tckplanishib, soat 900 da maxsus buyurtma 
avtobus bilan Toshkent shahrining Mustaqillik maydoniga yo‘l 
olishadi.
II. 0 ‘qituvchining kirish so ‘zi:

Mana, aziz ckquvchilar! Biz siz bilan mamlakatimizning 
yuragi hisoblanm ish azim Toshkentning M ustaqillik m aydo- 
nidamiz.
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda olib borilgan bunyodkorlik 
ishlari haqida so‘z ketganda, albatta, erishilgan yutuqlar ko‘z 
oldimizga keladi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq Toshkentning ko‘p- 
gina elchixonalari ochildi, jum ladan, AQSH, Turkiya, Koreya, 
Angliya va h.k. K obpgina davlatlar o ‘rtasida o ‘zaro aloqalar to ‘g‘- 
risida shartnom alar im zolandi. Shundan so‘ng m am lakatim iz 
ulkan qurilish maydoniga aylandi.
1995-yili «Zarafshon — Nyumont» qoNhma korxonasi ishga 
tushdi, 1996-yil 19-iyulda «UZDAEWOO» qo bshma korxonasi 
ishga tushdi, 2001-yil 24-aprelda Navoiy — Nukus yo‘nalishi 
bo‘ylab yangi tem iryo‘1 qurildi.
2001-yil avgustda Toshkent metrosining Yunusobod yo'na- 
lishida 6 bekatdan iborat bo Llgan birinchi qismi qurilib, foydala- 
nishga topshirildi.
Qarshingizda Motamsaro ona haykali. Bu majmui Prezidentimiz 
tashabbusi bilan 1999-yili 9-may — «Xotira va qadrlash kuni» ochildi. 
Ko‘rib turganingizdek, motamsaro ona o ‘z jigarbandining g‘amida 
o ‘ksik nigoh bilan boqib turibdi. Bu haykal Ikkinchi Jahon urushi 
yillarida jonini fido etgan vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan. 
Ayvon tokchalarida har bir viloyatdan jangga ketib, qaytib kelma- 
gan yurtdoshlarimiz familiyalari yozib qo ‘yilgan kitoblar saqlan- 
moqda. Keling, ularning xotirasini yod aylab sukut saqlaylik!
148


Endi esa bog' bo'ylab yo'laklardan o ‘tib, Tinchlik ramzi bo ‘l- 
gan Laylaklar tornon yo‘I olamiz.
Bilamizki, tinchlik va osoyishtalik hukmron o'lkalarga lay­
laklar uchib keladi. Demak, bizning orzuyimiz insoniyat uchun 
buyuk n e’mat — tinchlikni asrab-avaylashdir.
Qarshingizda «Baxtiyor ona» ramzi bo'lgan haykalni ko‘r- 
yapmiz. Onalarning baxti — bolalarning sog‘ligi va porloq kela- 
jagidir. Kelajakka umid va ishonch bilan boqayotgan ona siymosi 
ko‘z oldimizda namoyon bo'lmoqda.
Bundan tashqari, ushbu maydonda bir necha m a’muriy binolar 
savlat to'kib turibdi.
Ekskursiyaning davomini Temuriylar tarixi Davlat muzeyida 
davom ettiramiz.
Temuriylar tarixi Davlat muzeyi poytaxtimizning markaziy 
ko'ch alarid an birida joylashgan. Muzey 1996-yil 18-oktabrda 
8 oy muhlat ichida qurib bitkazildi. Bizda azaldan o‘z o'tm ishi- 
mizga hurmat kuchli bo'lgan. Shuning uchun ham ajdodlarimiz 
hayotida so'zlovchi bunday muzeylar ko'plab qurilmog'i lozim. 
Bu muzeyda Temuriylar davriga oid katta-katta binolar mavjud. 
Muzeyda yana Temuriylar davriga oid qurollarni, jang maydonlari 
tasvirlangan manzaralarni tomosha qilishimiz mumkin.
O 'sha davrni aks ettiruvchi ashyolar ham mavjud. Hozir biz 
Amir Temum ing jang kiyimini ko'rishimiz mumkin. Bu kiyimni 
«Amir Temur» filmi uchun tikishgan.
Muzeyning birinchi qavatida muqaddas Qur’oni Karim kitobi 
avaylab saqlanib kelinmoqda. Muzeyning ikkinchi qavatida Temu­
riylar qurdirgan maqbara, madrasa va boshqa binolaming maketlari 
ham joy olgan. Muzey juda hashamatli va ulug'vor qurilgan, negaki, 
bizning ajdodlarimiz ham buyuk insonlar bo'lishgan. Shunday buyuk 
tarixga ega xalqimiz uchun bunday muzeylar juda ham munosibdir.
Muzeyga eskskursiyadan so‘ng o'quvchilar Amir Tem ur hay- 
kali va xiyobonida bo‘lishdi. Ekskursiya tugagach, o'quvchilardan 
bu sayohat qanday taassurot qoldirganligi haqida o ‘z fikriarini 
bayon qilish so'raldi. O'quvchilar bu sayohat ularda unutilmas 
taassurot qoldirganligi, o ‘z ko'zlari bilan qadimiy va hamisha 
navqiron go'zal Toshkent manzaralarini ko'rib, qalblarida shu 
buyuk yurt farzandi ekanliklaridan mag'rurlik hissini yana bir bor 
his etganliklarini namoyon etishdi.
Shu yurt — shu ulug‘ Vatanga sadoqatli, komil insonlar bo‘lib 
yetishishga harakat qilishlarini bildirishdi.

Download 4,78 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish