konsepsiyasi va ramziylik” adib Oskar Uayld hamda Isajon Sulton ijodi misolida
ochishga harakat qilinadi. Abadiyat dunyoning, odam hayoti va taqdirining muhim
masalalaridan biri. Badiiy asarlarda abadiyat masalasini tasvir va talqin etish о‘ziga
xos an’anaviy tizimiga ega. Buni Oskar Uayld “Dorian Greyning portreti” romani
misolida ham kuzatish mumkin. Asarda boqiy dunyo abadiyati bilan bog‘liq talqin
mavjud emas. Shuningdek, yuksak darajada qahramonlik namunasini kо‘rsatuvchi
obrazlar ham, bezavol obrо‘-e’tiborga molik tarixiy shaxslar timsoli ham
uchramaydi.
Birinchidan, turli obrazlar tomonidan ifodalangan yuksak insoniy fazilatlar, san’at
asarlari qadri, umuminsoniy mohiyatga ega ma’naviy tushunchalarga xos talqinlar:
Umuman olganda, mazkur romanni donishmandona fikrlar, hikmatli
qarashlar ruhidagi asar deb atash mumkin; romanning gо‘zallik, san’at, san’atkor
haqidagi falsafiy fikrlar majmui bilan boshlanganligi ham bejiz emas.
Ikkinchidan, romanda komil shaxslarning о‘z ibrati bilan abadiyatga
daxldorligi haqidagi ba’zi obrazlari ham mavjud. Masalan, bu borada samimiy
gо‘zal qiz, iste’dodli teatr ektrisasi Sibila Steyn, kimyogar olim Alan Kempbel,
taniqli rassom Bezil Xolluord, Sibilaning mehr-oqibatli ukasi, jangovar matros
Jeyms Steynlarni shunday ibratli ma’naviyat egalari deyish mumkin.
23
O.Uayld aslida bosh qahramon Dorian Greyni ham shunday gо‘zal xulqi,
jо‘shqin iste’dodi, samimiy va mardona muomala munosabatlari bilan abadiyatga
daxldor ibrat sohibi sifatida talqin qilishni niyat qilgan. O.Uayld yuzi yaltiroq
munofiq odamni yetakchi obraz sifatida tanlagan. Shu ma’noda, Dorian Grey
munofiqlik, qotillik abadiyatiga chulg‘angan shaytoniy nokaslik timsoli sanaladi.
Rassom Xolluord uchun Dorian bir iloh darajasiga kо‘tarilgan notakror yigit
timsoli edi. Buni uning quyidagi gaplaridan ham bilib oladi:
“It is not he who is revealed by the painter; it is rather the painter who, on
the coloured canvas, reveals himself. The reason I will not exhibit this picture is
that I am afraid that I have shown in it the secret of my own soul.” (P.8)
Demak, rassomning Dorianga bо‘lgan mehri uning suratida aks etgan edi.
Shundan kо‘rinadiki, asardagi portret ramzi qalb ramzi sifatida gavdalanadi.
Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romanida esa abadiyat va ramziylik
“Dorian Greyning portreti” romaniga monandlikda, о‘z о‘rnida abadiyat va
ramziylik, hatto majoziylik poetikasi ancha mukammal va keng masshtabdagi
badiiy model tarkibida istifoda etilgan. Asardan deyarli barcha yetakchi timsollar
ikki dunyoning abadiyat sharafiga noil kishilar sifatida namoyon bо‘ladi: abadiy
darbadar etikdо‘z, Avliyo, qatl etilgan begunoh Muborak kishi, Hazrat,
Karvonboshi chol, professor Ziyo, mashhur adib Garsia Markes, umrini Olloh
ibodatiga bag‘ishlagan Sahroyi Kabirdagi badaviylar...
“Aslida, siz mendan kо‘ra xushbaxtroqsiz. Chunki, qismatingizda
darbadarlik bitilgan bо‘lsa ham, bir necha yildan keyin Uning rahmati tomonga
ravona bо‘la olasiz, menga esa u yо‘llar berkilgan, qopqalar yopilgan, tavbamdan
va pushaymonimdan naf yо‘q” (9-bet).
Bu abadiy darbadar. Ana shu abadiylik bilan jazolangan etikdо‘zning tunda
sahrodagi Karvonboshi cholga aytgan dil sо‘zlari. Bu ilohiy mohiyatga molik
sо‘zlar abadiyatga loyiq kishi taqdirining umumiy mazmunini bildiradi.
Umuman olganda, O.Uayld va I.Sultonning yuqoridagi romanlari intellektual
asarning о‘ziga xos namunalari sifatida tasvir talqinda ramziylik poetikasiga
bevosita tayanilganligi bilan e’tiborlidir. Gullar, bulutlar, yengil shabada, bog‘lar
kumushdan bо‘lgan rо‘zg‘or buyumlari kabi nozik ramziyliklardan foydalanish
barobarida, “Dorian Greyning portreti” romanida asosan “portret” detaliga oid
yirik g‘oyaviy mohiyatga ega ramziylik unsuri asar g‘oyaviy falsafiy kо‘lamini
ta’minlagan poetik vosita sanaladi.
XULOSALAR
1.
Intellektual romanning shakllanish va taraqqiyot tamoyillarini
о‘rganish, aniqlash bugungi innovatsion texnologiyalar jamiyatni
boshqarishning о‘zagiga aylanayotgan bir pallada adabiyotning ham
dunyoviy taraqqiyotiga erishish kabi yuksak vazifalar shuni taqozo
etmoqda. Bu ilmiy-texnika rivojining muhim talabi bо‘lib, xuddi
shunday ilmiy-texnikaviy yutuqlar adabiyotda, bu sohalar fidoyilarining
mashaqqatli mehnatini, uzluksiz izlanishlarini, ilmiy kashfiyotlarini
badiiy umumlashtirish, keng xalqqa obrazli shakllarda yetkazish sari
harakat qilinmoqda. O‘zi uchar uchoqlar (samolyotlar), poyezdlar, suv
osti – suv usti poroxodlari, bug‘ mashinalari, raketalar, traktorlarning
ilmiy yaratilishiga badiiy adabiyot namunalaridagi hayotiy-fantastik,
ilmiy-fantastik asarlar sababchi va turtki bо‘lib xizmat qilgan.
2. Intellektual roman genezisi xalq og‘zaki ijodi namunalarining yirik
eposlariga (“Gо‘rо‘g‘li”, “Alpomish”, “Manas”, “О‘g‘uznoma”, “Igor
polki jangnomasi” kabi) borib taqaladi. Intellektual roman genezisi
masalasida Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” eposi ham о‘ziga xos
muhim manba sanaladi. Falsafiylik, voqelikni falsafiy kо‘lamda idrok
etish, asar g‘oyaviy pafosida qadim donishmand olimlar о‘gitlarining
singishib-о‘zlashib ketishi bu yirik polotnoga adabiylik bag‘ishlagan.
3. Boqiy darbadar” romanidagi intellektuallik darajasi ancha salmoqli
ahamiyatga ega. Asar ishtirokchilari obrazlarining talqinida falsafiy
mushohada, ilmiylik va san’at uyg‘unligi, olimlar faoliyati, islomiy
ma’rifat va tasavvufiy g‘oyalar tahlili, ong oqimi va didaktik uslub
misollaridan unumli foydalanish unsurlari о‘ziga xos tarzda Sharqu G‘arb
adabiy oqimlar sintezidagi qiziqarli va ibratli asarning vujudga kelishiga
zamin yaratgan. Isajon Sulton romanining diniy va milliy teranligining
diniy va milliy hosilasi shundaki, u “Boqiy darbadar” romani bilan
о‘zbek milliy intellektual romanining о‘ziga xos mazmundor namunasini
yaratishga muvaffaq bо‘lgan.
4. Intellektual romanga xos mifologik poetika O.Uayldda sharqona
uslubdagi hikmatomuzlik g‘oyaviy shaklidan unumli foydalana olishida
namoyon bо‘lgan. I.Sultonning romanidagi har bir obraz va voqelik
talqini mag‘zida mifologik motivlar, folklorizm unsurlari bо‘y kо‘rsatib
turadi. Mifologik talqinlarni dolzarb hayotiy g‘oyalar ifodasiga
bо‘ysindira olgan yozuvchi о‘z asarining “roman rivoyat” yoki
“mifologik roman” shakl va mazmun uyg‘unligidagi yaratma taassurotini
berishga erishgan.
5. Yozuvchilar tarixiylik, tarixiy kontekst masalasida milliy-ma’naviy
muhitga qat’iy amal qilishgan. “Dorian Greyning portreti” - burjuaziya
avj olgan XIX asr Yevropa muhiti tarixiy jarayonlarini aks ettirsa, “Boqiy
darbadar” Sharq, uning olis moziysi, Sharq va G‘arb ijtimoiy-siyosiy
makonu zamondagi munosabatlari jarayonlarini qalamga olgan.
6. Obrazlar faoliyatini talqin etishda O.Uayld modern adabiyoti an’analariga
xos qisqalik, “ong oqimi” yо‘lidan bormay, balki Sharq adabiyoti epos
namunalari, о‘zbek adabiyotdagi A.Qodiriy, Oybek, Chо‘lpon nasriy
asarlariga xos an’anaviy tasvirlash usuli yо‘lidan borgan. Uslubda ham
sharqona suhbat, hikoya ichida hikoya, qahramonni boshqa birovning
nigohi va bahosi talqini yо‘sinida aks ettirish yо‘liga amal qilgan. Shu
tariqa O.Uayldning romandagi adabiy usuli misoli Abdulla Qodiriyning
romanlariga xos shirali, lirik tasvirlash usulini eslatib turadi.
7. Isajon Sultonning romanida obraz yaratish usuli asarning mо‘jaz hajmi,
G‘arb adabiyotidagi “mini roman”lar shakliga xosligi nuqtai nazaridan
turib amalga oshirilgan. Roman qahramonlari faoliyati batafsil hayotiy
ahvolining kuchli talqini shaklida emas, balki ularning shakllangan,
25
faoliyatidagi muhim о‘rinlarni tanlash, shu bilan taqdirining ibrati yoki
fojiona jihatinigina tasvirga tortish usuli orqali talqin etilgan. I.Sulton
magik (mо‘jizali) modern, postmodern, didaktika, folklorizm, ong oqimi,
ma’rifiylik, islomiy va tasavvufiy ma’rifat, ramziylik uslublaridan, ya’ni
milliy mentalitet va G‘arb adabiy yо‘nalishlari sintezini san’atkorona
talqin qilishi boisidan “Boqiy darbadar” romanining rang-barang poetik
jilolar kasb etishini, g‘oyaviy pafosning aniq va ta’sirchan bо‘lishini
ta’minlagan.
8. Abadiyat inson hayotining eng muhim jihati, falsafa va adabiyot-
san’atning dolzarb, ayni vaqtda murakkab masalalaridan biri sanaladi.
Abadiyat muammosi badiiy xronotop tizimi, makon-zamon aloqadorligi
bilan chambarchas bog‘liq. “Dorian Greyning portreti” romanida
qahramonlar munosabati, о‘zaro dialogi, muallif nutqi tizimida insoniy
xulq-atvorning g‘oyat ibratli fazilatlari, umuminsoniy ma’naviyatga oid
hikmatomuz fikrlar majmui о‘z ifodasini topgan. Insoniyat kamolotiga
xizmat qiladigan bunday qanotli fikrlar о‘zining abadiyatga daxldorligi
bilan qimmatlidir.
9. Badiiy xronotop “Dorian Greyning portreti”da Yevropa burjuaziya
muhiti, Angliya va Fransiyaga tegishli makon-zamon yо‘nalishida
kechadi. “Boqiy darbadar” kichik hajmli asar bо‘lsa-da, uning xronotop
qamrovi, makon va zamon aloqadorligi, voqealar rivoji, g‘oyaviy pafosi
ancha kengligi, salmoqdorligi bilan e’tiborni tortadi.
|