Masalaga Sharqning G‘arbga samarali ta’siri ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-
ma’rifiy jihatlarda bevosita kо‘zga tashlanganligi nuqtai nazaridan qaraganda,
modernistik motivlar, mifopoetik, intellektuallik
xususiyatlari ham dastlab
Sharqda, Sharq adabiy yodgorliklarida necha asrlar muqaddam paydo bо‘lganligi
ma’lum bо‘ladi. Bu jihatdan Alisher Navoiy ijodi, bu ulug‘ sо‘z san’atkori
qalamiga mansub liro-epik asarlar xarakterli. Navoiyning “Xamsa” dostonlari
tarkibidagi “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlari,
“Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” kabi pandnoma asarlarida bu xususiyatlar
ancha yorqin namoyon bо‘ladi. Ushbu asarlar XIX
asrda yuzaga kela boshlagan
modern adabiy hodisasi, intellektuallik mohiyati kо‘rinishlarini hali XV asr jahon
adabiyoti miqyosida ancha yorqin ravishda namoyon etgan edi.
XX asr о‘zbek milliy adabiyotini, jadidchilik g‘oyalarini hayotga, ijtimoiy
muhitga tadbiq qilishning faollari sifatida tarix maydoniga chiqqan Mahmudxо‘ja
Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Chо‘lpon,
Abdulla
Avloniy, Muhammadsharif Sо‘fizoda kabi ijodkorlarning asarlarida
intellektuallik xususiyatlari ham bо‘y kо‘rsatgan edi. Bu asosan falsafiy
tafakkurning, ilohiy g‘oyalar ustuvorligining, ilm-ma’rifatni qadrlash va uni inson
hurligi, farovonligining asosi deb bilish motivlari talqini asosida e’tiborni tortadi.
M.Behbudiyning “Padarkush”, A.Qodiriyning “Juvonboz”, A.Fitratning “Hind
sayyohi qissasi”, “Hind ixtilolchilari” kabi dramatik va publitsistik asarlaridagi
qahramonlar va umuman xalq tushkunligining,
qoloqligining boisi ilmsizlik,
zakovatsizlik bilan bog‘liqligi о‘tkir tanqidiy tahlillar orqali kо‘rsatildi, bu esa ayni
vaqtda, xalqni ilm-ma’rifatga da’vat etish harakati edi. Ilm-ma’rifat esa, pirovard
natijada zulm va mustamlaka kishanlarini uzib tashlash vositasi bо‘la oladi. XX
asr milliy adabiyotiga tegishli mustaqil roman janri namunalarida intellektuallik
xususiyatlari, belgilarini kuzatish mumkin. Garchi, G‘arb adabiyotidagi kabi
shunday shakl-mazmundagi intellekiuallik xususiyatlari bevosita bо‘rtib kо‘zga
tashlanadigan holatda bо‘lmasa-da, har holda shunday fazilatlarga ega о‘zbek
romanlari ham mavjudligi ayon haqiqatdir. Oybekning “Navoiy”, Abdulla
Qahhorning “Sarob”, Parda Tursunning “О‘qituvchi”,
Odil Yoqubovning
“Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Dahoning yoshligi”, Pirimqul Qodirovning “Uch
ildiz”, “Yulduzli tunlar”, Mirmuhsinning “Me’mor”, “Umid”, О‘lmas
Umarbekovning “Odam bо‘lish qiyin” kabi an’anaviy milliy realistik yо‘lda
yaratilgan romanlarida ilmning qadri, ilm-fan rivoji uchun fidoyilik g‘oyalari va
bularning falsafiy umumlashmalar bilan bezanganligi ma’lum ma’noda bо‘lsa-da,
intellektuallik mohiyatini tashiydi.
Yevropa Uyg‘onish davrining shakllanishiga salmoqli ta’sir kо‘rsatish Sharq
ma’naviy-ma’rifiy rivojining ulkan vakillari Ibn Sino, Beruniy, Farobiy,
Ulug‘bek, Ali Qushchi, Navoiy, Bobur kabi siymolar faoliyatining bosh mezoni
va javhari nima bilan bog‘liq bо‘lganligini eslaylik. Bu ulug‘
siymolar avvalo,
yuksak bilim va badiiy ijod namoyandalari edilar. Shu bilan birga, ular ilm-fan va
san’at-adabiyot rivojiga, bu sohalarning vakillariga g‘amxо‘rlik qildilar. Bunday
jasoratli ezgu faoliyat “Dahoning yoshligi”, “Ulug‘bek xazinasi”, “Navoiy”,
“Yulduzli tunlar” kabi salmoqli romanlarda atroflicha о‘zining badiiy-ma’rifiy
talqinlarini topdi. Shu ma’noda, bu asarlarni tarixiy, maishiy, psixologik, sotsial,
13
ijtimoiy ma’nolari qatorida intellektual roman
namunalari deb atamoq ham
maqsadga muvofiqdir.
Intellektuallik mohiyati yirik nasriy asarlarda ham о‘z jamolini kо‘rsata
boshladi. Omon Muxtorning “Egilgan bosh”, “Tо‘rt tomon qibla”, “Ming bir
qiyofa”, “Ayollar saltanati va mamlakati”, Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan
dalalar”, Xurshid Dо‘stmuhammadning “Donishmand Sizif”, Murod Muhammad
Dо‘stning “Lolazor”, Erkin A’zamning “Shovqin”, Ulug‘bek Hamdamning
“Muvozanat”, “Sabo va Samandar”, Ahmad A’zamning “Rо‘yo yoxud
G‘ulistonga safar”, Nazar Eshonqulning “Gо‘rо‘g‘li yoxud hayot suvi”, Isajon
Sultonning “Ozod”, “Genetik”, “Boqiy darbadar”, Tо‘xtamurod
Rustamning
“Kapalaklar о‘yini”, Asad Dilmurodning “Fano dashtidagi qush”, Shoyim
Bо‘tayevning “Shoh”, Ne’mat Arslonning “Mavhumot” singari romanlari bu
janrda milliy va asosan jahon adabiyoti maydonida kechayotgan g‘oyaviy,
falsafiy, shakliy, estetik о‘ziga xosliklar mujassamini kо‘rish imkonini bermoqda.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi
“Intellektual romanda mifologik va badiiy