bu turkiy xalqlar vujudi va tiynatida intellektuallik fazilatlari mavjudligining
dalolatidir.
- “Shohnomayi turkiy” deb ulug‘langan, turkiy tilda yaratilgan ilk ulkan asar
“Qutadg‘u bilig” kabi qomusiy yodgorlik milliy adabiyotning dastlabki intellektual
eposi sanaladi. Yusuf Xos Hojib о‘z asarida qо‘ygan yetakchi masala – bu davlat
hukmdorining va qolaversa, barcha kishilarning ham yetakchi fazilati bilimdonlik,
zakovat bо‘lishi kerakligi haqidagi falsafiy g‘oyadir.
Adibning talqinicha,
hukmdorning bilimdonligi uning ezguqalb, adolatli, rahm-shafqatli, xalqparvar
bо‘lishining asosi sanaladi. “Qutadg‘u bilig” eposi intellektual asarning muhim
qanoti sanaladigan bilim-zakovat ma’naviyatini dunyo bо‘ylab targ‘ib qilib
kelayotgan eng teran va mukammal namunasi sanaladi.
- Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi
Iskandariy”, “Lison ut-tayr” dostonlari intellektual asarga xos falsafa va
san’atning uyg‘unligi, ilm-fan va olimlar shaxsiyatining qadri,
mifologik hamda
diniy-ma’rifiy g‘oyalar uyg‘unligining gо‘zal sintezi sifatida qadrlidir.
- Ilm-fanning muhim ahamiyati, ilm va ijod namoyandasining ma’naviy
olami, komil shaxsiyati haqidagi Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning
“Ulug‘bek xazinasi”, Mirmuhsinning “Me’mor” romanlari – intellektual asarlarga
xos fazilatga ega badiiy polotnolardir.
- Jadidchilik harakati davrining asarlari (“Padarkush” kabi) johillik va
razolat, mutelik va kambag‘allik boisi savodsizlik, bilimsizlik oqibati ekanligini
talqin qilgan g‘oyalari, ya’ni, bilim-zakovatning yetishmovchiligi xudparastlik,
axloqsizlik illatlarini keltirib chiqarishi Mirmuhsinning “Umid”, О‘lmas
Umarbekovning “Odam bо‘lish qiyin” romanlarida, Izzat Sultonning “Iymon”
dramasida badiiy istefoda etilgan.
- Istiqlol davri navqiron yozuvchilarining
ijod mahsullarida, jumladan,
Omon Muxtor (“Egilgan bosh”), Ulug‘bek Hamdam (“Muvozanat”), Xurshid
Dо‘stmuhammad “(“Donishmand Sizif”), Erkin A’zam (“Shovqin”), Ahmad
A’zam (“Rо‘yo yoxud G‘ulistonga safar”), Isajon Sulton (“Ozod”, “Boqiy
darbadar”) о‘z izlanishlarida Sharq va G‘arb adabiy sintezi namoyon bо‘lgan
romanlari bilan intellektual roman janrining dunyo adabiyotiga xos an’analar
asosidagi namunalarini yaratmoqdalar. Bunday asarlar jahon adabiyotida
shakllangan zamonaviy ahamiyatga molik intellektual roman namunasi kabi
muhim ahamiyatga ega.
Oskar Uayld “Dorian Greyning portreti” romanida tarixiy muhit uchun XIX
asr Yevropa burjua muhitini tanlagan bо‘lsa, Isajon Sulton “Boqiy darbadar”
romanida butun Sharq, qolaversa, Sharq-G‘arb ijtimoiy
muhitining minglab yillar
bilan о‘lchanadigan ijtiomiy-siyosiy, tarixiy yо‘llarini asos qilib olgan.
“Dorian Greyning portreti”da g‘oyaviy kо‘lam, falsafiy-ijtimoiy, ma’naviy-
ma’rifiy masalalar XIX asr burjuaziya vakillari hayoti bilan bog‘liq holda olg‘a
suriladi. Bunda adibning ijobiy tafakkuridan kо‘ra, tanqidiy, fosh qilish
konsepsiyasi yetakchilik qiladi. Muddao, buzuq jamiyat bag‘ridagi noloyiq va
ma’naviyatsiz boyonlarning asli axloqiy, maishiy kirdikorlarini ochib tashlash
bо‘lgan va adib bunga tо‘la erishgan.
17
Isajon Sulton romanida adab va axloq tamoyillari yetakchi pafos darajasiga
kо‘tarilgan. Yozuvchi turli asrlar va yillar qa’rida la’ldek nur taratib turgan, hatto
ba’zi bir kul, chang bosgan ma’naviy fazilatlarni ham falsafiy tafakkur kо‘lamida
talqin eta olgan. Avliyolar, donishmandlar,
hunarmandlar, tolibi ilmlar, olimlar
xarakter,
tiynati
orqali
asarning
falsafiy-ijtimoiy
g‘oyaviylik pafosi
shakllantirilgan. Bu о‘z navbatida sharqona g‘oyalarni yoyish, ahamiyatini
kо‘rsatish va ibrat namunasi sifatida shakllantirish imkonini beradi. Bunda
adibning mifopoetik unsurlardan, islomiy ma’rifat chashmalaridan g‘oyat unumli
foydalana olganligi ancha qо‘l kelgan.
Bobning uchinchi fasli
“Intellektual romanda badiiy obraz va uslub” deb
nomlangan. “Dorian Greyning portreti” romani keng davr manzaralarining (XIX
asr Yevropa muhiti)
qamrab olgan esa-da, unda qatnashadigan obrazlar, adabiy
timsollar aytarli kо‘p emas. Har bir badiiy asarning mavzu, obrazlar olami, syujet,
kompozitsiya yoki badiiy san’atkorlik unsurlari shu asarning yozuvchiga xos
adabiy-badiiy uslub orqali о‘z talqinini topadi. O. Uayld romanda qо‘llagan va
kо‘zlagan g‘oyaviy poetik muddaolariga erishishda adabiy suyanchiq vazifasini
о‘tagan uslub – bu asosan о‘zaro dialoglardan foydalanish bilan bog‘liq. Bu
kо‘pincha Lord Henri – Dorian Grey, Lord Henri – Bezil Xolluord, Dorian Grey –
Alan Kempel suhbatdoshliklari shaklida namoyon bо‘ladi. Mazkur roman shaklan
izchil dialog-monologlardan tarkib topmagan bo’lsa-da, ana shu erkin muloqot
uslubi uning yengil о‘qilishi, fikrlar, g‘oyalar talqinining aniqligi va salmoqliligiga
erishish imkonini berganligini ta’kidlash joiz. Bizningcha, dialoglardan unumli
foydalanish – O. Uayldning
eng taniqli dramaturg, necha sahna asarlari muallifi
bо‘lganligi fakti bilan bevosita bog‘liqdir.
Dorian Grey bilan Lord Henri romanning eng yetakchi va muhim g‘oyaviy-
poetik yuk tashiydigan qahramonlari sanaladi. Va, asarning о‘ziga xos poetik
betakrorliklaridan biri sifatida xarakterlanadigan dialoglar, muloqotlar tizimida
asosiy yetakchi g‘oyalar ham shu ikki hamsuhbat tomonidan amalga oshirilgan.
“Dorian Grey”ni janriy aniqlik nuqtai nazaridan falsafiy roman turiga kiritib,
undagi obrazlarning har birida о‘ziga xos shaklda muallifning falsafiy-estetik
g‘oyalari mujassam ekanligini qayd qilish kerak. Mavzu jihatdan esa, uni san’at
imkoniyatlari va uning hayot bilan aloqadorligi mazmuni bilan izohlash mumkin.
Muallif dastlabki bobda hali hayotda kо‘p ishlar qiladigan, yovuzona
harakatlarga sababchi bо‘ladigan Lord Henrining hayotda dо‘st
tanlash odati
nuqtai nazari haqida ancha batafsil talqin yaratgan. Bu uning rassom Xolluordga
kinoyaviy murojaati shaklida ko’rinadi:
“I make a great difference between people.