11
“Qiyomat” romanidagi mifologik motivlarning
zamonaviy voqelik bilan bir
butunlikda tasvirlanganligi, Iso Masih va Pontiy Pilat munozarasi, “Asrga tatigulik
kun” romanidagi mashhur Jо‘lomon haqidagi afsona, “Oxirzamon nishonalari”
romanidagi koinotdagi talotо‘plar, kimyoviy dorilar bilan sun’iy (ikszurriyot)
bolani paydo qilish kabi motivlar, fiziolik olim Andrey Krilsov – ya’ni, ilmiy
laqabi Filofey ota-onasiz yaratayotgan nasl-nasabi noma’lum bolalar (iks-
zurriyotlar) bilan bog‘liq motivlar intellektuallik mohiyatiga ega. Iks-zurriyotlarni
yaratish atrofida Filofey shogirdlari bilan psixologiya va tarix, genetika va
teologiya kabi yigirmaga yaqin fanlarning yutuqlaridan foydalanadi. Filofey bu
noyob va hayratlanarli
kashfiyot insoniyat uchun, dunyo rivoji uchun naqadar
foydali ekanligini Rim papasiga yozgan maktubida batafsil bayon qiladi. Olimning
fikricha, odamlardan (ota-ona) bо‘lgan bolalar axloqsizlik va jinoyatkorlikning eng
ashaddiy turlarini sodir etmoqdalar. Masalan, fahsh, yovuzlik, zо‘ravonlik,
о‘g‘rilik, sotqinlik va hokazo. Iks-zurriyotlar esa, yovuz odamlar tarbiyasida emas,
balki, misoli robotlardek ulg‘ayadilar. Nima buyurilsa, shunigina qiladilar, xolos.
Roman mana shunday ijtimoiy-falsafiy pafosi, о‘tkir munozarabop mohiyati bilan
intellektual romanlar tizimida о‘ziga xos ahamiyati, yangicha talqinlar va uslubiy
jihatlari bilan ajralib turadi.
Yevropalik adabiyotshunoslar intellektual roman asoschilari va yirik
namoyandalari sifatida
nemis yozuvchilari Tomas Mann, German Gesse, Alfred
Dyoblin, amerikalik adiblar Tomas Vulf, Uilyam Folknerlar ijodini kо‘p tahlilu
tadqiq qilganlar.
Servantesning “Don Kixot” intellektual roman turining namunasi bо‘lishi
barobarida, о‘z navbatida, shu xildagi asarlar shakllanishini
yorqin timsoli ham
hisoblanadi.“Don Kixot” romanining yaratilishi inson madaniy hayotida, yirik nasr
rivojida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Asarning boshlanishida adib “ritsar
romanlarini sidirg‘asiga fosh etish” va ularning “qulay deb turgan istehkomini
ag‘darish”ni bosh maqsad qilib tanlaydi. “Don Kixot” asari mazmun-mohiyati
ancha keng, unda qoloq feodal tuzumi va uning chirkin odatlariga ayovsiz zarba
bergan teran satirik asar shakli sifatida yaratildi. Servantes Don Kixot obrazi orqali
hayotga tentaklarcha bilimsizlik bilan qarash mumkin emasligi, bu esa oxir-
oqibatda ma’naviy yoki xuddi jismoniy harakatga olib borishi muqarrarligini tahlil
qilmoqni о‘z oldiga qо‘ygan.
Intellektual roman janri talablari nisbatan
keng panoramada namoyon
bо‘ladigan namunalari Yevropa adabiyotida shakllanganligini qayd qilmoq kerak.
Angliya va Amerika adabiyoti vakillaridan Jonatan Sviftning “Gulliverning
sayohatlari”, Daniel Defoning “Robinzon Kruzo”, Gerbert Jorj Uellsning “Vaqt
mashinasi”, “Kо‘zga kо‘rinmas odam”, “Dunyolar kurashi” , Jek Londonning
“Martin Iden”, Teodor Drayzerning “Daho”, Oskar Uayldning “Dorion Grey
portreti” kabi romanlari intellektual roman janri taraqqiyotida muhim о‘rin
egallaydi.
Bobning uchinchi fasli
“Milliy adabiyotda intellektual roman belgilari va