|
Intellektual roman spetsifikasi va abadiyat konsepsiyasiBog'liq Dilfuzani avtoreferatiTadqiqotning obyekti. Tadqiqotning obyekti sifatida Oskar Uayldning
“Dorian Greynng portreti” hamda Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romanlari
tanlangan.
Tadqiqotning predmetini intellektual roman janrining tarixiy va milliy
kontekstdagi о‘ziga xosligini aniqlash va uning о‘zbek adabiyotdagi istiqbol
tamoyillarini belgilash tashkil qiladi.
Tadqiqotniing usullari. Dissertatsiyaning maqsadidan kelib chiqib, ishda
qiyosiy-tipologik, analitik, psixologik va psixoanalitik metodlardan foydalaniladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
-
intellektual roman milliy adabiyotshunoslikda adabiy-falsafiy hodisa
sifatida tavsiflangan va uning spetsifik xususiyatlari belgilanib, janr
genezisining о‘ziga xosligi g‘arb va о‘zbek adabiyoti namunalari
materialida yoritilgan;
-
intellektual romanda mifologik, falsafiy va badiiy tafakkur sintezi
milliy adabiyot materialida jahon adabiyotiga qiyosan ochib berilgan;
-
jahon adabiyotshunosligida keng о‘rganilgan intellektual romanning
tarixiy va milliy kontekstdagi о‘ziga xosligi aniqlangan;
- intellektual roman va ijtimoiy-tarixiy muhit, intellektual roman va
muallifning ijtimoiy borliqqa munosabati muammolari ikki roman misolida
ko‘rsatib berilgan hamda intellektual romanning milliy adabiyotdagi istiqbol
tamoyillari belgilangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ingliz va о‘zbek
adabiyotida intellektual roman materialida falsafiy-badiiy tafakkur taraqqiyoti
muammosini yaxlit tadqiq etishga bag‘ishlangan ushbu dissertatsiyaning asosiy
tahliliy xulosalari ushbu muammoni qiyosiy о‘rganishda о‘ziga xos nazariy
ahamiyat kasb etadi.
Chiqarilgan ilmiy xulosalar о‘zbek adabiyotshunosligi fanining taraqqiyot
tamoyillarini belgilashda, uning о‘ziga xos nazariy yо‘nalishini aniqlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ishda keltirilgan dalillar, nazariy fikr-mulohazalardan о‘zbek-ingliz
adabiyoti va adabiyotshunosligi hamkorligi va aloqalari ilmiy tarixini о‘rganishda,
oliy о‘quv yurtlari filologiya fakultetlarida tarjimashunoslik fanlarini о‘qitishda,
shu fanlar bо‘yicha darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari va dasturlar tuzishda, ingliz tili
darsi mashg‘ulotlarida, о‘zbek-ingliz adabiy-madaniy aloqalari tarixidan ilmiy
izlanishlar olib borishda foydalanish mumkin.
|
| |