……………
filologiya fanlari doktori, professor
…………………..
filologiya fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot:
………………..
Dissertatsiya himoyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli
Ilmiy kengashning 2023 yil «___» ____________ soat ____dagi majlisida bо‘lib о‘tadi. (Address:
200118, Bukhara city, M. Iqbal street, 11. Phone: (0 365) 221-29-14; fax: (0 365) 221-57-27; e-mail:
buxdu_rektor@buxdu.uz)
Dissertatsiya bilan Buxoro davlat universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin
(____ raqami bilan rо‘yxatga olingan). (Manzil: 200118, Buxoro shahri, M.Iqbol kо‘chasi, 11-uy. Tel.: (0
365) 221-25-87.)
Dissertatsiya avtoreferati 2023 yil «____» _______________ kuni tarqatildi.
(2023-yil «____» _________ dagi ______________ - raqamli reyestr bayonnomasi.)
D.C. О‘rayeva
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, filol.
f. d., professor
Z.I. Rasulov
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash ilmiy
kotibi, filol. f. n., dotsent
M.M. Jо‘rayeva
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi
ilmiy seminar raisi, filol.f.d., professor
5
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon badiiy adabiyot
taraqqiyotining zamonaviy bosqichida intellektual roman janrining maydonga
kelishi intellektual roman janri spetsifikasi, uning genezisi, taraqqiyot tadrijini
kuzatishga qiziqish uyg‘otmoqda. Ma’lumki, “Intellektual roman” atamasi
birinchi marta XX asr boshlarida nemis adibi Tomas Mann tomonidan iste’molga
kiritilgan. Badiiy adabiyot san’at turlarining murakkab sintezi о‘laroq о‘z
taraqqiyoti davomida hamisha yangilanib-mukammallashib nafaqat badiiy sо‘z
muxlislari, balki falsafa, siyosat, sotsiologiya, psixologiya, psixoterapeya,
tabiatshunoslik, astronomiya, astrologiya, hatto aniq fanlar, meditsina kabi juda
kо‘p soha vakillari e’tiboriga molik kutilmagan g‘oyalar, mavzular, shakl va
mazmunlarni taqdim etib keldi. Homerning “Iliada”, Firdavsiyning “Shohnoma”,
Dantening “Ilohiy komediya”, Zahiriddin Boburning “Boburnoma”, Gyotening
“Faust”, Tolstoyning “Urush va tinchlik”, Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”,
Chingiz Aytmatovning “Oxirzamon nishonalari” kabi asarlari kitobxonlarda hali
hanuz xilma-xil, ba’zan hatto bir-biriga zid fikr-mulohazalar uyg‘otib
kelayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo adabiyotida intellektual roman taraqqiyoti о‘z tadriji davomida
T.Mann va G.Gesse, R.Muzil va G.Brox, M.Bulgakov va K.Chapek, U.Folkner va
T.Vulf, P.Koelyo va CH.Aytmatov kabi dunyoqarash va tasvir bir-biriga mutlaqo
о‘xshamagan prozaiklarni kutilmagan maxrajga birlashtirdi. Falsafa va san’atning,
ilmu fan va badiiy adabiyotning sintezi – intellektual romanning bosh
xususiyatidir. Bu sintez tarixiy davrni badiiy qayta gavdalantirishda mifologik
tafakkurning kuchayishi, miflarning shunchaki ramz-majoz doirasidan chiqib
insoniyat turmushining universal modeli va izchil takrorlanuvchi qonuniyat о‘laroq
idrok etilishida namoyon bо‘ldi. Badiiy xronotopning behad kengayib, tarixiy
davrning matnosti almashinib turishi, son-sanoqsiz analog va parallellar vositasida
mavjud real voqelikning shafqatsiz yorqin manzaralari va uni birbutun borliq
о‘laroq chuqur idrok etilishi, falsafiy g‘oyalarning mо‘l-kо‘lligi intellektual roman
namunalarini badiiy-falsafiy tafakkurning oliy namunasiga aylantirdi.
O‘zbek adabiyotida janrning bu tipini Xurshid Dо‘stmuhammad, Nazar
Eshonqul, Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton kabi adiblar dadillik bilan istifoda
etdilar. Tabiiyki, milliy intellektual roman о‘zining umumiy va janriy-uslubiy
xususiyatlarini g‘arbdagi turdoshlaridan olgan bо‘lsa-da, nafaqat о‘zbek, balki
jahon adabiyotida ham mutlaqo о‘ziga xos hodisadir. Milliy intellektual roman –
bu:
olamga sharqona-falsafiy nuqtai nazarning badiiy in’ikosi;
g‘arbdagidan
tubdan
tafovutlanguvchi
ibtidoiy
diniy-mifologik
tasavvurlarning badiiy “qayta tug‘ilishi”;
g‘arbdagidan bо‘lak xil tarixiy, ijtimoiy-siyosiy muhitlarda shakllangan
adiblarning insoniyat va borliqqa, davrga munosabati hamda badiiy-falsafiy
tafakkuri darajasi;
asrlarcha davom etgan ruhiy bosim, ma’naviy istilo asoratlaridan qutulishga
jon-jahdi bilan urinayotgan xalq tafakkurining muayyan adib timsolida,
roman shaklida voqelanishidir.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-
son “О‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son “Fanlar
akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va
moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi, 2021-yil
19-maydagi PQ-5117-son “О‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni о‘rganishni
ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu
dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
|