• “Intellektual roman-janr taraqqiyotida yangi bosqich”
  • “Jahon adabiyotida intellektual roman
  • Tadqiqotning tuzilishi va hajmi




    Download 0,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/17
    Sana20.11.2023
    Hajmi0,88 Mb.
    #101917
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    Dilfuzani avtoreferati

    Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, 
    xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan tashkil topadi. Tadqiqotning umumiy 
    hajmi 134 betdan iborat. 
     
     



    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Tadqiqotning “Kirish” qismida ishning dolzarbligi va zarurati, muammoning 
    о‘rganilish darajasi, ilmiy yangiligi, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari 
    rivojlanishining asosiy ustuvor yо‘nalishlariga bog‘liqligi, obyekti, predmeti, 
    metodlari, maqsad va vazifalari aniqlangan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy 
    ahamiyati, amaliyotga joriy qilingani, aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlar hamda 
    dissertatsiyaning tuzilishi bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 
    Dissertatsiyaning “Intellektual roman-janr taraqqiyotida yangi bosqich” 
    deb nomlangan dastlabki bobi uch falsni o‘z ichiga olgan. Bobning birinchi faslida 
    “Intellektual roman genezisi va spetsifik tavsifi” xususida fikr yuritilgan.
    XX asrdan e’tiboran adabiy hayotda yuzaga kelgan “intellektual roman” 
    haqidagi tushuncha о‘zining keng qamrovli masala ekanligi bilan xarakterlanadi. 
    Har bir janr yoki adabiy hodisaning о‘ziga xos paydo bо‘lish tarixi, ya’ni, genezisi, 
    manbalari bо‘lgani kabi, intellektuallik tipidagi asarlarning ham yuzaga kelish, 
    shakllanish jarayonidagi qonuniyatlar, xususiyatlar, о‘ziga xosliklar bо‘lishi 
    tabiiydir.
    Intellektuallik – insonning iqtidor, iste’dod, Yaratuvchining sifatlarini 
    ifodalovchi mazmuniga ega. Intellekt – iste’dodli, bilimli, zakovatli shaxs timsoli. 
    Intellektual asar – san’at asarlarining falsafiy mazmun va konsepsiyaga egaligi
    ilm-fanning badiiy asarlar bilan uyg‘unlashib ketishi, adabiy namunalarda ilm-fan 
    namoyandalarining, san’atkor-hunarmandlarning, rassom yoki kompozitorlar 
    timsolining yaratilishi, badiiy asarlarning xalq og‘zaki ijodi namunalari, jumladan, 
    miflar bilan uyg‘un talqin etilishi singari vositalar qorishmasidan, sinkretiklik kasb 
    etishidan vujudga keladigan asarlar hisoblanadi. 
    Intellektual roman о‘zicha alohida bir janr namunasi bо‘lmasa-da, umuman 
    roman janriga mansub asarlarda ham qaysidir ma’noda intellektuallik belgilari 
    kо‘proq, ba’zilarida bir qism shaklda namoyon bо‘ladi. Intellektuallik mohiyatidan 
    kelib chiqib, bunday xarakterdagi romanlarning quyidagi xususiyatlarini belgilash 
    mumkin: 
    - falsafa va san’atning uyg‘un talqini; 
    - zamonaviy voqelikni, ijtimoiy-siyosiy masalalarni mifologik unsurlar 
    uyg‘unligida istifoda etish; 
    - diniy-ma’rifiy rivoyatlar, tarixiy hodisalardan roman g‘oyaviy xususiyatlari 
    ifodasida foydalanish; 
    - ilm-fan yutuqlari va olimlar hayotining badiiy talqin etilishi; 
    - san’at va adabiyotning, san’atkor va yozuvchining ijtimoiy hayotdagi roli 
    va ahamiyatini poetik kо‘lamda qalamga olish; 
    - muhim jihati shundaki, hayotni falsafiy kо‘lamda idrok etish sari 
    rag‘batlantirishi bilan intellektual roman о‘ziga xoslik kasb etadi; 
    - bu turdagi romanlar va umuman intellektual asarlarni mutolaa qilish va 
    tushunish uchun о‘quvchidan munosib bilim, zakovat va teran tafakkur qila olish 
    imkoniyatlari egasi bо‘lishini taqozo qiladi, chunonchi, intellektual romanlarning 
    о‘qilishi og‘ir va murakkab asarlar ekanligining aytilishi ularning ana shunday 
    xususiyatlari bilan bog‘liq. 


    Ushbu bobning ikkinchi fasli “Jahon adabiyotida intellektual roman 

    Download 0,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 0,88 Mb.
    Pdf ko'rish