was something in his face that made one trust him at once. All the candour of youth
was there, as well as all youth's passionate purity. One felt that he had kept himself
unspotted from the world.”
7
Mazkur portretda komil shaxs,
pokiza qalb kishi
ma’naviyati namoyon ekanligini sezish mumkin. Dorian Grey yuksak madaniyatli
yigit sifatida dunyo adabiyoti, og‘zaki ijod, falsafiy qarashlar, mashhur adabiy va
tarixiy timsollarni chuqur tafakkur bilan biladigan yetuk ma’naviyat sohibi ekan, u
insonning yuz kо‘rinishi kо‘rkam bо‘lsa, ichki olami, ruhiy dunyosi ham kо‘rkam
va ibratli bо‘ladi, degan fikrda edi. Uning Gerakl, Odissey, Vergiliy, Faust, Doktor
Faustus kabi afsonaviy qahramonlar faoliyatini ancha yaxshi bilishi boisidan unda
hayotga donishmandona qarash, voqeliklardan hikmatli xulosalar chiqarish fazilati
shakllangan. Buni ular orasidagi hikmatli qarashlar, fikr-tafakkur orasidagi
mushtaraklik mazmunida ham kuzatish mumkin.
I.Sultonning modern adabiy uslubiga yaqin intellektual xarakterdagi asarlari
orasida “Boqiy darbadar”
8
nomli romani о‘ziga xos о‘ringa ega. Bu asarning
adabiy yutug‘i о‘zida Sharq va G‘arb an’analarining sintezini ifodalishi bilan
bog‘liq. Modern,
postmodern uslublari, intellektual roman xarakteri mujassam
bо‘lgan “Boqiy darbadar” romanida bu adabiy an’analarga xos quyidagi
xususiyatlarni kuzatish mumkin:
- hajman mо‘jazlik (52 sahifa);
- ilmiy tafakkur va olimlar obrazining badiiy talqini;
- Sharq va G‘arb mifologiyasi unsurlaridan foydalanish;
- ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, oqibat va oqibatsizlik kabi bir
qator ma’naviy-axloqiy g‘oyalarning falsafiy pafosda talqin etilishi;
- mifopoetika modeliga xos hikmatomuzlik mazmunining sharqona ruhdagi
kо‘rinishlarida butun asar komponentlariga singib-о‘zlashib ketganligi;
Islomiy-tasavvufiy ta’limotga oid yetakchi g‘oyalarning istifoda etilishi;
- postmodern asarlariga xos hayot va odamzod foliyatining qorishiq,
quroq
shakllarda, muhim voqeliklarning tomchi-tomchi kо‘rinishlarda tasvirlanishi;
- roman markaziy g‘oyasiga xos ilohiy-ma’rifiy maqsadning in’ikosi –
Ollohni, Xudo haqiqatini izlash, Tangri Taologa intilish g‘oyasining yetakchilik
qilishi.
Intellektual romanning mifologiyaga tayanish xususiyati “Boqiy
darbadar”ning boshlanishidan sо‘ngigacha mifopoetik uslub bilan qamrab
olinganligi bilan о‘ziga xoslik kasb etgan. Yozuvchi kо‘zlagan barcha g‘oyaviy,
falsafiy, ma’naviy niyatlar mifologik model bag‘rida talqin qilingan.
“Etikdо‘z shu ketganicha badar ketgan va oradan yuz yil о‘tgachgina
vataniga qaytib kelgan. Ammo odamlar uni yana oldilariga solib quvlashgan.
7
Oscar Wilde. The Picture of Dorian Gray.
http://www.aliceandbooks.com/
- P.16 (Bundan keying misollar shu
asardan olingan.)
8
Исажон Султон. Боқий дарбадар. Роман. - Тошкент: Ғ. Ғулом. 2011. 3- бeт.
15
Yillar о‘tgani sayin u о‘zining qiyomatga qadar о‘lmasligini anglab yeta
boshlagan, hech bir yumushning uning uchun ahamiyati qolmagan”
9
. (5-bet).
Xulosa chiqadiki, Olloh qarg‘ishi yoki jazosiga giriftor banda Qiyomatgacha
ham bu la’nat toshini kо‘tarib yuradi.
Roman tarkibidagi hayotiy yoki hayotiy-fantastik
voqelik tizimida quyidagi
mifologik talqinlarni kuzatish mumkin:
- darbadarlikka mahkum etikdо‘z haqidagi rivoyat;
- genetik olimlarning sun’iy odam (ikszurriyot) yaratish masalalari bо‘yicha
о‘tkazgan xalqaro ilmiy anjumani;
- Qizil dengiz bо‘yidagi izlanish harakatlari;
- Gobi sahrosining sir-sinoatli muhiti, qiyomatmisol bо‘ron-dovullari;
- harbiy samolyotlarning begunoh xalqlar, bezavol yurtlar ustiga ajal
urug‘ini yog‘dirishlari;
- donishmandlik va beozorlik timsoli Bobo toshbaqa maqbarasi bilan bog‘liq
rivoyat;
- afsonaviy xarakterdagi, Buxoroi sharifdan ham qadimiyroq shahri haybar –
qadimiy Poykand haqidagi falsafiy-tarixiy mulohazalar.
Bu kabi mifologik motivlar real hayoti insoniyat taqdirini va istiqbolini
talqin etishda muhim adabiy uslub vazifasini bajarishga bо‘ysundirilgan.
Oskar Uayld “Dorian Greyning portreti” romanida hayotiy real voqelikni
birinchi о‘rinda, yetakchi adabiy uslub sifatida tanlagan, mifologik xususiyatlarni
nozik mahorat bilan qiziqarli hayotiy syujet bag‘riga yuborgan bо‘lsa, Isajon
Sulton esa, о‘z romani g‘oyaviy pafosini ifodalashda mifologik motivlarni,
ayniqsa, rivoyatlar turkumini birinchi о‘ringa qо‘ygan. Shuning uchun bо‘lsa
kerakki, “Boqiy darbadar”
romanini tushunib yetish, yozuvchi g‘oyaviy
muddaolarini anglab yetish uchun ma’lum bilim va yetuk tafakkur lozim bо‘ladi.
Bobning ikkinchi faslida
“Tarixiy kontekst va falsafiy-ijtimoiy