badavlat, obrо‘-e’tibori durust kishilar bilan yaqin oshnochilik
qilishining ortida
boyonlarning aqlli yoki farosatli bо‘lishi lozim ham emasligi kabi haqiqat
yashirindir.
Bunday mashhur takabbur, ma’naviy tanazzul sohibi bо‘lgan adabiy
timsollar – Mefistofel (“Faust”), Klayd Grifitis (“Amerika fojiasi” – T.Drayzer),
Chichikov (“О‘lik jonlar” – Gogol), Ostap Bender (“О‘n ikki stul”) kabi timsollar
bilan Dorian Grey xarakter tiynati ham mushtaraklik kasb qiladi. Jumladan, odam
istak-xohishlarini tinimsiz ravishda qondiraversa, u oddiy manfaatparast
tekinxо‘rga aylanib qoluvchi, vijdondek yuksak fazilatdan judo bо‘luvchi kimsaga
aylanishini
oxir-oqibat anglagan Rafaelni, boylik va shuhrat yо‘lida, shahvoniy
manfaati yо‘lida begunoh qiz о‘limiga sababchi bо‘lgan Klayd Grifitis (“Amerika
fojiasi”) bilan Dorian Grey hayoti va qora ishlari о‘rtasida mohiyatan ancha
yaqinliklarini kuzatish mumkin.
Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romanida asar bо‘ylab rivojlanib
boradigan yirik obraz in’ikosi yо‘q hisobi. Bu inson obrazining mо‘jaz billur
tomchilardek mashhur va g‘ayratli shaxsiyatlar timsolining modeli shaklida
namoyon bо‘lgan. “Boqiy darbadar” romanining muhim fazilati intellektuallik
yо‘nalishida Sharq donishmandligini targ‘ib etish xususiyatida namoyon bо‘ladi.
Shu aqidaga oid obrazlar ansanbltda ham donishmand
siymolar timsolini
yaratishga urg‘u berilgan. Shulardan biri – sakson yashar Karvonboshi. Bu nuroniy
inson Ollohga sadoqatning timsoli. Nabirasi bilan poyonsiz sahro qо‘ynida
suhbatida bu boradagi hikmatli fikrlari о‘z ifodasini topgan:
- Tangri nimani xohlasa, о‘sha bо‘ladi.
- Aslida shamol ham, bulutu yomg‘ir, havo ham Xudoning maxluqi, bolam.
Ular Parvardigorning amrini bajaradilar. Jumladan, senu men ham.
- Parvardigorning dargohi keng, u kо‘p narsalarni sirlar pardasiga
yashirgan. (7-bet)
Karvonboshi Chol kechasi sahro ichidan chiqib kelgan darbadar kishi bilan
jiddiy suhbat quradi.
“-Bizlar kо‘p yillar avval yо‘lga chiqqanimizni bilasan, - dedi Chol, tungi
yо‘lovchiga. – Sen tug‘ilmaganingdan ikki ming yil avval boshlangan bu
darbadarlik. Safar manzilini biladiganlar о‘sha mahallarda dunyodan о‘tib
ketdilar. Taxmin qila oladiganlar ham allaqachon tuproqqa aylanganlar, balki
ularning zarralari hozir shamolga qо‘shilib, uchib yurgan bо‘lsa ne ajab... Biz
uchun hech yerda qо‘nim yо‘q, dunyoning qa’riga borsak chodir tikib, Alloh
xohlagancha vaqt turamiz, keyin yana dunyo kezishga ravona bо‘lamiz. Bola-
chaqalarimiz ham darbadarlikda tug‘iladilar va shu qismat bilan о‘ladilar”
10
(8-
bet).
Ma’lum bо‘lishicha, bu о‘rinda ayrim ilohiy va ijtimoiy haqiqatni saralab
olish mumkin:
Birinchidan – dunyoga kelgan bandaning hammasi ham mohiyatan о‘z
tashvishi, oila,
yaxshilik, kasb-kor tanlash yо‘lida umr bо‘yi darbadar yurishga,
uzluksiz tashvishlar girdobida faoliyat kо‘rsatishga mahkum;
10
Isajon Sulton. Boqiy darbadar. “Sharq yulduzi” jurnali, 6-son, 2010-yil.
19
Ikkinchidan – bilib yoki bilmay qilgan gunohi uchun Olloh tomonidan
abadiy darbadarlik qismatiga ega bо‘ladi;
Uchinchidan - bu yorug‘, о‘tkinchi, bevafo dunyoga kelgan barcha
bandalarning asli darbadar bо‘lib yurishi, tirikchilik о‘zi darbadar hayot degani.
Badiiy obraz va adabiy-badiiy uslub bir-biri bilan uzviy aloqadorligi nuqtai
nazaridan, Isajon Sulton romanni yaratishda foydalangan yoki tayangan uslublar
quyidagilar shaklida kо‘zga tashlanadi:
Birinchisi - qadim va mumtoz Sharq ma’naviyati, adabiy an’analaridan
kelib chiqib, matnda, dialoglarda, monologlarda hikmatomuz fikrlardan
foydalanish uslubi. Bu uslub asar mag‘ziga singib ketgan
fazilat bosh xususiyat
darajasiga kо‘tarilgan. Bu о‘rinda darbadar etikdо‘zning turli kishilar orasida
aytganlari:
“Qanchalar badbaxt bо‘lmasin, Iblisning borligi inson uchun, inson bolasi
uchun yaxshidir. Olovning mavjudligi temirning toblanishi uchun lozim bо‘lgani
kabi. Chunki olovda toblangan temir yanada mustahkam va ishonchli bо‘ladi”. (6-
bet)
“Boqiy darbadar” uslubiy tizimining fayziga, mazmuni salmog‘iga sabab
bо‘lgan omillar qatorida adibning magik realizm imkoniyatlaridan unumli
foydalana olganligi bilan aloqador. Avvalo, ta’kidlash mumkinki, “Dorian Grey
portreti” romanida portret adabiy detali, ramziy mohiyati asarning “yaxlit”
mо‘jizaviy xususiyatini belgilagani kabi, “Boqiy darbadar”da ham bu о‘ziga xoslik
yetakchilik qilishi bilan ajralib turadi. “Dorian Grey portreti”da syujet,
kompozitsiya tizimi hayotiy voqeliklarning izchil va an’anaviy
epos shaklidagi
tasvir xususiyatiga xos bо‘lsa, mо‘jizaviy realizm asosiga singib-о‘zlashib ketgan.
“Boqiy darabadar”da esa, mо‘jizaviylik yaqqol kо‘zga tashlangan holatda
e’tiborni tortadi. Hatto, uni mо‘jizaviy voqealar shodasini tashkil etgan asar deb
atash mumkin:
1. Gо‘dakligida sahro bag‘riga о‘g‘irlab ketilib, manqurtlarga aylantirilgan,
о‘z xalqini qirib tashlashga mahkum etilgan “О‘lim lashkari” a’zolari. Bular yurt
va xalq erkini toptaydigan iblisona shafqatsizlik timsollari.
2. Xitoydan keltirilgan qora chumchuqlar asar qismlarida о‘lim-ofat ramzi
kabi kо‘zga tashlanadi:
“Boshqa qushlardan farq qilib, bular na don-dun terar, na
sayrar, na shohdan-shohga uchib-qо‘nar, faqat kichkina sarg‘ish kо‘zlarini
tikkancha nimanidir sabr-toqat bilan kutishardi”. (3-bet)
3. Olis zamonlar, bepoyon makonlar manzarasining yaxlit shaklda chizib
berilishi tarkibida mо‘jizaviylik fazilatini hosil qilish badiiy usuli о‘zining
xarakterli natijalarini bergan.
Olis moziy, Osiyo qit’asi, bepoyon sahrolar, sahro qо‘ynidagi hayot g‘oyat
jonlantirilgan bu talqin mо‘jizaviy realizm uslubining gо‘zal namunasi.
4. Kelajak insonini yaratish ustida jahon
genetiklari olib borayotgan
tadqiqotlar jarayoni va yaratilayotgan sun’iy odam-gnomlar taqdiriga oid
mо‘jizaviy talqinlar asar markazidagi yetakchi talqinlardan biri.
Badiiy obraz takomilida adabiy uslublardan о‘z о‘rnida unumli foydalana
olish bо‘yicha Isajon Sulton qо‘llagan adabiy-badiiy uslublar rang-barangligi bilan
namoyon bо‘ladi:
1. Folklorizmga xos sarguzashtlilik hamda qiziqarlilik uslubi.
2. “Ong oqimi” uslubiga xos chuqur psixologizm uslubi.
3. Tasvir talqinda, falsafiy-ijtimoiy g‘oyaviylik ifodasida yangicha ifoda
yо‘nalishini yaratish bilan bog‘liq modern uslubi.
4. Sharq ma’naviyati, milliy mumtoz adabiyotga xos ma’rifiylik va
ramziylik uslubi.
5. Sharq axloqini dunyoga olib chiqqan va tanitgan didaktik uslub.
6. Postmodernga xos quruq voqelikni, insoniy faoliyatni yig‘ma, qorishiq
shaklda birlashtirish uslubi.
7. Ilmiylik va uning san’atkorona, poetik talqin etilishiga oid intellektuallik
uslubi.
“Boqiy darbadar” g‘oyaviy-badiiy kо‘lami, shakliy-kompozitsion
tuzilishi
bilan mukammal asar sanaladi.
Shu o’rinda, ingliz yozuvchisi O.Uayld va o’zbek yozuvchisi I.Sultonlarning
ijodidagi farqli jihatlarni jadvalda yoritamiz.