• “Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” va Isajon Sultonning “Boqiy Darbadar” romanlarida abadiyat konsepsiyasi”
  • “Intellektual romanda abadiyat
  • -jadval. Oskar Uayld “Dorian Greyning




    Download 0,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/17
    Sana20.11.2023
    Hajmi0,88 Mb.
    #101917
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Dilfuzani avtoreferati

    1-jadval.
    Oskar Uayld “Dorian Greyning 
    portreti” 
    Izzat Sulton “Boqiy darbadar” 
    1.XIX asr Yevropa, Angliya yoki 
    Parijdagi maishiy, madaniy, oilaviy 
    jarayonlar tasviri 
    1.Turli tarixiy davrlardan kichik-kichik 
    lavhalar, xotiralar tasviri 
    2.Hayotiy real voqelik yetakchi adabiy 
    uslub 
    sifatida 
    tanlagan, 
    mifologik 
    xususiyatlarni nozik mahorat bilan 
    qiziqarli 
    hayotiy 
    syujet 
    orqali 
    tasvirlagan. 
    2.Mifologik motivlarga boy, rivoyatlar 
    turkumidan iborat. 
    3.“Dorian Greyning portreti” falsafiy 
    kо‘lamdagi mifopoetik badiiy uslubga 
    xos. 
    3.”Boqiy 
    darbadar 
    modern, 
    postmodern 
    uslublari, 
    intellektual 
    roman xarakteriga ega. 
    4. “Dorian Greyning portreti” asaridagi 
    adabiy 
    uslub 
    о‘zaro dialoglardan 
    foydalanish 
    4. “Boqiy darbadar”da muallif tasviri, 
    monologik suhbatlar ko’pligi. Qadim va 
    mumtoz Sharq ma’naviyati, adabiy 
    an’analaridan kelib chiqib, matnda, 
    dialoglarda, monologlarda hikmatomuz 
    fikrlardan foydalanish uslubi. 
    5. Syujet, kompozitsiya tizimi hayotiy 
    voqeliklarning izchil va an’anaviy epos 
    shaklidagi tasvir xususiyatiga xos, 
    mо‘jizaviy realizm asosiga singib-
    о‘zlashib ketgan. 
    5. Mо‘jizaviylik yaqqol kо‘zga 
    tashlangan holatda e’tiborni tortadi, 
    mо‘jizaviy voqealar shodasini tashkil 
    etgan asar. 
    Dissertatsiyaning “Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” va 
    Isajon Sultonning “Boqiy Darbadar” romanlarida abadiyat konsepsiyasi” deb 
    nomlangan uchinchi bobining birinchi faslida “Oskar Uayldning “Dorian 
    Greyning portreti” va Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romanlarida 
    badiiy xronotop muammosi” haqida fikr yuritiladi. O.Uayld о‘z asarlarida 


    21 
    xronotop talabiga amal qilgan, makonu zamonlarni о‘zaro bog‘liqlikda aks ettirgan 
    faylasuf yozuvchi edi. Uning ertaklari va dramatik asarlarida buning о‘ziga xos 
    jihatlari kо‘zga tashlanadi.
    “Dorian Greyning portreti” romani makoni Yevropa markazi, uning Angliya, 
    Fransiya kabi davlatlari bilan aloqador. Asar voqealari, qahramonlar faoliyati 
    asosan о‘sha davr bilan bog‘liq bо‘lib, adib о‘zi yashab turgan vaqtdagi, aynan 
    kо‘rib bilib yurgan voqea-hodisalarni qalamga olgan. Oradan bir asrdan ziyod vaqt 
    о‘tib, bugungi kunda esa, bu voqealar, insoniy taqdirlar zamonaviy ahamiyatga ega 
    bо‘ldi. Xronotop adabiy-badiiy modelidan kо‘zlangan asosiy muddao ham 
    shundan iborat: har bir asarda tasvir asosi bо‘lgan voqealar, g‘oyalar, taqdirlar 
    undan keyingi zamonlar uchun ham qadrli va ibratli bо‘lishi lozim. 
    Asarning umumiy makon-zamon tizimi nuqtai nazaridan qaraganda, u 
    Dorian Greyning xushbichim, yoqimli bolalik chog‘laridan bosib о‘tgan maishat 
    komidagi bulg‘anch hayoti manzaralarining rassom Xolluordni о‘ldirgan, о‘zi ham 
    fojiali о‘lim topgan damlarigacha taxminan о‘n-о‘n besh yillik hayoti timsolida 
    mujassam bо‘lgan. Bu makon-zamon tizimida tanazzulga qarab borgan hayot 
    yо‘llari burjuaziyaning ichdan chirishi kabi katta ijtimoiy illatning poetik modeli 
    sanaladi.
    Isajon Sulton “Boqiy darbadar” romanida xronotop masalasi yillar, asrlar 
    silsilasi jarayoni bilan bog‘liq shakllarda о‘ziga xos murakkab poetik modelda 
    tarkib topgan. Necha zamonlar, necha makonlar aro tug‘ilgan, о‘sgan- ulg‘aygan, 
    shakllangan turli kishilar timsoli garchand bilvosita bir-biri bilan aloqadorlikda 
    bо‘lmasa-da, mohiyatan mushtarak g‘oya boqiylik umidida о‘zlaricha har qaysisi 
    gо‘yo alohida makon, alohida zamon ichra harakat faoliyatda namoyon bо‘ladilar. 
    Ammo, romanning umumiy g‘oyaviy konsepsiyasiga binoan, ularni yagona makon 
    (ona yer) yagona zamon (bugungi globallashayotgan dunyo) о‘z bag‘rida yakdil 
    qilib turadi.
    Asarda boshdan oxir ishtirok etadigan boqiy darbadar timsoli romanning 
    umumiy xronotopidagi muhim figura, makonu zamonlarni tutashtiruvchi vosita -
    poetik model sanaladi.
    “Boqiy darbadar” romanida tarixiy, afsonaviy shaxslar obrazi bilan birga, 
    yana turli tabiat ashyolarining, tarixiy shahar yoki yodgorliklarning tabiat 
    jonivorlari va parrandalarining timsollari ham jonli ravishda yaratilganligini, ularga 
    ham ma’lum g‘oyaviy vazifa yuklanganligini sezamiz. Masalan: bepoyon chо‘l-
    sahrolar, bahaybat tog‘lar, toshbaqa, yovuz niyatli qora chumchuqlar, qadimiy 
    shaharu qal’alar, oq bulutlar, burgut, tо‘rg‘ay... 
    Mana shu timsollarning makonu zamon ichra nazardan kechirilishi, 
    tasvirlanishi davrlarni, siyosiy-ijtimoiy mafkuralarni, taraqqiyot darajasini, 
    ma’naviy-ruhiy evrilishlarni tasavvur qilish imkonini bergan. Ayrim misollarni 
    kо‘rib о‘tsak bо‘ladi: 
    Sahrolar olis makonlar bag‘rida qum kо‘chib, huvillab yotgan vahimali 
    ma’vo bо‘lsa, bugungi zamonda paxta, g‘alla dalalari, bog‘-rog‘lar, uylar, 
    ma’muriy binolar kabi insoniy jamiyat tusini olgan; 
    Toshbaqa “....uzorida Alloh kalimasi bо‘lgan toshbaqaning paydo bо‘lishi 
    xabari bir mо‘jiza yanglig‘ yashin tezligida tarqaldi. Odatda, mо‘jizalar va 


    g‘ayrioddiy narsalar qandaydir ulkan bir hodisaning boshlanishidan darak berib 
    namoyon bо‘ladi. Toshbaqa ham nimanidir darakchisi ekani ayon” (29-bet). 
    Sehrli ilohiy mohiyati bilan bu Bobo toshbaqa kо‘plarning, Somon amirining 
    ham diqqatini tortadi. Uzoq vaqt qidirishlar natijasida podsho askarlari uni qal’a 
    devori ostidan topib keladilar. Shoh toshbaqa uchun maxsus xona qurdiradi. 
    Shohona yashayotgan Toshbaqa kasallanib о‘ladi. Bu о‘z erki bilan tabiat bag‘rida 
    yayrab yurgan tabiat jonivori uchun zindondek gap edi. Yelkasida Alloh kalimasini 
    kо‘tarib yurgan toshbaqani ilohiy jonivor bilib, tepalik ustiga dafn qilib, qabr 
    ustiga tug‘ qadaydilar. Asta-sekin bu joy muqaddas makon sifatida ziyoratgohga, 
    kasallariga shifo tilaydigan joyga aylanadi.
    Ishonuvchan kimdir esa toshlarni qalashtirib bir daxma qurdi, о‘zi esa u 
    yerning shayxi bо‘lib oldi. Keyingi yillarda u yer Bobo Toshbaqa maqbarasi deb 
    ataladigan bо‘ldi, toshbaqaparastlar kо‘paydi” (30-bet). 
    Makonu zamon tizimida oddiy toshbaqa qabri buncha e’zoz va ilohiy ruhiy 
    davo maskaniga aylanib qolganligini Toshbaqa uzoridan Alloh kalimasining 
    mavjudligi, demak unda Xudoning ilohiy davo mujdasi tarkib topganligi bilan 
    aloqador. Bu yozuvchining qaydiga, qadimiy Marv (Mari) shahri yaqinida bо‘lgan 
    Bobo Toshbaqa maqbarasi bugungacha ham najotbaxsh maskan bо‘lib 
    kelayotganligi ehtimoldan xoli emaski, uning zamon kategoriyasidagi ilohiy 
    mohiyati shu bilan о‘lchanadi. 
    Xronotop masalasi nuqtai nazaridan qaraganda, “Dorian Greyning portreti” va 
    “Boqiy darbadar” romanlarida turlicha, anig‘i, о‘ziga xos yо‘l tutilgan. “Dorian 
    Greyning portreti”da voqealar olis-yaqin makonu zamonda emas, bir xil davr XIX 
    asr Yevropa muhiti bag‘rida kechadi. “Boqiy darbadar” esa minglab yillar 
    xronotopini о‘zida aks ettirishi bilan tarixiy, zamonaviy va hatto kelajak asari 
    xarakteriga ega bо‘lgan. 
    Uchinchi bobning ikkinchi faslida “Intellektual romanda abadiyat 

    Download 0,88 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0,88 Mb.
    Pdf ko'rish