S-bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TIZIMINING MASOFAVIY USLUBI




Download 8,01 Mb.
bet13/16
Sana02.12.2023
Hajmi8,01 Mb.
#109628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi, 1. O’zbekiston maktablarida texnologiya ta’limini rivojlanishi, 930341

1S-bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TIZIMINING MASOFAVIY USLUBI


Masofaviy uslub asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma'lum bir masofada joylashgan holda ta'lim berish tizimidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010- yilning 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» asosida Inter- netning ta'limiy va ma'rifiy imkoniyatlari haqida alohida to‘xtaldi:
«Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha, ya'ni 12 mingdan ortiq ta'lim muassasalari, ilmiy va madaniy-ma'rifiy tashkilotlar 25 ming- dan ziyod o‘quv materillari va resurslarni o‘z ichiga olgan Ta'lim portaliga ulandi. Bu — masofadan turib o‘qitish usullarini ta'lim tizimiga keng joriy etish, o‘quvchi va yoshlarga boshqa xil axborot- kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish imkonini berishi bilan ayniqsa, ahamiyatlidir. Shu bilan birga, zamonaviy axborot va
kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommu- nikatsiyalar, Internetni, nafaqat, maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlariga, balki har bir oilaga joriy qilish harakatlari bugungi kunda tobora kuchayib bormoqda.
Aynan zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimi mam- lakatimiz va jamiyatimizning taraqqiyot darajasini ko‘rsatadigan mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 2010-yilda bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda yurtimizda 12 million kishi Internetdan foydalanmoqda. Ularning yarmini mobil aloqa orqali Internetdan foydalanuvchilar tashkil etadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan aholi, birinchi navbatda, o‘quvchi va talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalari asosida axborot- kutubxona, avvalambor, Internet xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Masofaviy uslub asosida o‘qitish quyidagi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.
Interaktiv texnologiyalar:

    • audiokonferensiyalar (audioconferencing);

    • videokonferensiyalar (videoconferencing);

    • ish stolidagi videokonferensiyalar (desktop videocon- ferencing);

    • elektron konferensiyalar (e-mail, onlayn services);

    • ovoz kommunikatsiyalari (voice mail);

    • ikki tomonlama sputnik aloqa;

    • virtual borliq (virtual reality). Nointeraktiv texnologiyalar:

    • bosib chiqarilgan materiallar;

    • audiokassetalar;

    • videokassetalar;

    • bir tomonlama yo‘ldosh aloqa;

    • televizion va radio ko‘rsatuvlari:

    • disketa va CD-ROMlar.

Masofaviy uslubning quyidagi afzalliklari mavjuddir:

  1. o‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi ilm tolibini o‘qitadi, o‘quvchi esa faqat berilgan mate- rialni o‘zlashtiradi;

  2. mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy uslub asosida ta'lim berish — boshlang‘ich, o‘rta, universitet, sirtqi- kechki va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga oladi;

  1. ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy uslub asosida ta'lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqa- rishdan ajralmasdan ta'lim olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi;

  2. o‘qitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, masofaviy uslub asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qishdan unumlidir.

Hozirgi kunda to‘g‘ridan to‘g‘ri Internet tarmog‘iga kirish xizmati masofaviy uslub asosida ta'lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferensiyalar va ma'lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o‘z ichida Internet tarmog‘iga kirishning uch asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydala- nuvchining interfeysi (muloqoti)ni yanada takomillashtirishga yordam beradi.
Maltikast texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining mavjudligi Internet tarmog‘i orqali videokonferensiyalarni yo‘lga qo‘yishga imkon beradi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq o‘quvchilarning masofaviy uslub asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma'lu- motlarining katta hajmi va ularni uzatishning yuqori tezligi bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu audio-video axborotning siqiq texnologiyalarini rivojlantirish va katta sig‘imdagi jamg‘aruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi bo‘ladi.
? NAZORAT SAVOLLARI

    1. Masofaviy uslub tizimi nima?

    2. Interaktiv texnologiyalarga nimalar kiradi?

    3. Nointeraktiv texnologiyalarni aytib bering.

    4. Masofaviy uslubning afzalliklari nimalardan iborat?




Download 8,01 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 8,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S-bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TIZIMINING MASOFAVIY USLUBI

Download 8,01 Mb.