bob. INTERNET TARMOG‘I VIDEO MATERIALLARIDAN AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA FOYDALANISH




Download 8,01 Mb.
bet11/16
Sana02.12.2023
Hajmi8,01 Mb.
#109628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi, 1. O’zbekiston maktablarida texnologiya ta’limini rivojlanishi, 930341

bob. INTERNET TARMOG‘I VIDEO MATERIALLARIDAN AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA FOYDALANISH


Audio va video materiallar. Video — lotincha bo‘lib, ko‘ryap- man, qarayapman ma'nosini anglatadi. «Video» so‘zi televideniye rivojlanishi bilan o‘zining keng tatbiqini topdi.


Hozirgi vaqtda ta'lim tizimida video ma'lumotlardan foydalanish keng ko‘lamda qo‘llanmoqda. O‘z davrida Konfutsiy shunday degan edi: «Eshitganlarimni unutaman, ko‘rganlarimni eslab qolaman». Insonda ko‘rish hissiyoti eshitish hissiyotidan yuqori turadi. Shuning uchun video ma'lumotlar eng ko‘rgazmali ma'lumot hisoblanadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, videota'lim kelajakda keng ko‘lamda qo‘llanilishi mumkin. Videota'limning asosiy maqsadi — o‘qituvchisiz ta'lim olishdan iborat. Ammo shuni ta'kidlash joizki, o‘qituvchi o‘rnini hech qanday videota'lim bosa olmaydi. Ingliz tilidagi saytlarda bunday ta'limdan foydalanish boshlanganiga yigirma yillarcha bo‘lgan.
Audio — lotincha bo‘lib, eshitaman ma'nosini bildiradi. Ushbu formatdagi ma'lumotlardan o‘quv jarayonida foydalanish ancha ilgari, ya'ni audio yozuvlar paydo bo‘lgan vaqtdan boshlangan. Audio ma'lumotlardan foydalanish, tillarni o‘rganishda juda qulay va yuqori samara berishi mumkin.
Audio-video materiallarini onlayn namoyish etish. Internet tarmog‘i rivojlanishi bilan video va audio materiallardan o‘quv jarayonida foydalanishning qulay imkoniyatlari vujudga keldi. Internet tarmoqlarida video va audio materiallarni saqlash uchun maxsus serverlar mavjud. Masalan, YouTube — bu video almashish uchun web-sayt, bu saytda tashrif buyuruvchilar videoni yuklash va jo‘natish, tomosha qilishlari mumkin.
YouTube saytida turli rejada yetarli darajadagi video ma'lu- motlar to‘plangan. Mazkur saytda ma'lumotlar Avi yoki Flv formatlarida saqlanadi. Flv formatidagi fayllar ixcham va uni yuklash uchun ko‘plab Internet resurslari talab etilmaydi.

7-rasm. Audio va video materiallarni namoyish etish.


Video materiallar xostingi. Umuman olganda, yaratilgan saytni Internet tarmog‘ida joylashtirish uchun serverga yuboriladi. Internet operatorlari (provayder)ning serverlarida saytlarni saqlash xiz- mati — xosting xizmati ko‘rsatish deyiladi. Turli yo‘nalishdagi, turli mazmundagi saytlar singari video va audio ma'lumotlar ham serverlarda saqlanadi.
Quyidagilar video materiallar xostingi saytlaridan namunalar hisoblanadi.
Kino va TV namoyishlar. Odatdagi televideniyedan farqli o‘laroq, Internet orqali uzatiladigan TV dasturlarda foydalanuvchiga imkoniyatlar beriladi. Yagona formatning qo‘llanilishi ma'lum darajada videosignallarning sifati buzilmasligini ta'minlaydi. Fayl formatidagi materialni yuklash eng tezkor va ishonchlidir.
Axborotni fayl formatida uzatishning afzalliklaridan biri tarmoq tezligi bilan baholanadi. Undan tashqari, IP protokollari va xatolikni tekshiruvlar axborotni uzatishning aniqligini kafolatlaydi. Fayllar real vaqtga nisbatan 20—30 marta tezroq uzatilishi mumkin.
Hozirgi paytga kelib, telekompaniyalar o‘z saytlari orqali ko‘rsatuvlarni uzatish ishlarini takomillashtirib bormoqda. Masa- lan, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining saytiga kirish uchun http://www.mtrk.uz manzili muloqot oynasining manzil satriga yoziladi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mtrk.uz sayti bosh sahifasi quyidagicha bo‘lib, undagi tegishli teleradioko‘rsa- tuvlarni Internet orqali onlayn rejimida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Shuningdek, saytiga kirgandan so‘ng ko‘rsatuvlar haqida ma'lumotlar olish mumkin. Bundan tashqari, Internet tarmog‘ida turli-tuman kinolar jamlangan maxsus saytlar ham mavjud. Bu saytlar orqali filmlarni onlayn rejimida tomosha qilish mumkin.
Musiqa, yangiliklar va animatsiyalar namoyishi. Audio informa- tsiyaning turkumiga kiruvchi musiqalar to‘plami maxsus saytlarda saqlanadi. Jumladan, MP3.uz, melody.uz, saytlari musiqali fayl- larni saqlashga mo‘ljallangan. Bu saytlarda yuzlab klassik va zamonaviy qo‘shiqlar mavjud. Saytlardan musiqa fayllarini ko‘chirib olish mumkin. Ayniqsa, musiqa fanini o‘qitishda sof musiqalardan (minusovka) foydalanish yaxshi samara beradi.
Yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi rasmiy web-sayti www.uza.uz, O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali www.gov.uz hamda www.12.uz saytlari eng asosiy yangiliklarni yoritish saytlaridan hisoblanadi. Bundan tashqari,
davlat tashkilotlari, xo‘jalik yuritish va boshqaruv organlari, tahririyatlar va shunga o‘xshash ko‘pgina tashkilotlarning saytlari orqali ham o‘ziga tegishli sohada ro‘y berayotgan yangiliklar yoritilib boradi.
http://www.desk.uz web-saytida esa davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar web-sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, musiqa, yangiliklar va animatsiyalar namoyish borasidagi xabarlarni topish mumkin. Animatsiyalar. Animatsiyalar ma'lum vaqt davomida tasvir- larning ketma-ket almashtirilishidan hosil bo‘ladigan resursdir. Animatsion fayllar turli dasturlar yordamida yaratiladi. Eng ixcham fayllar «gif» kengaytmali fayllardir. «Macromedia Flash» dasturida animatsion va interaktiv fayllar yaratiladi. Hozirgi paytda animatsion fayllar to‘plangan ko‘plab saytlar mavjud. Animatsiyalarga video- filmlarni, multfilmlarni hamda kompyuter vositasi yordamida modellashtirilgan harakatlanuvchi obyektlarni misol tariqasida
keltirish mumkin.
Ginema.u!. Cinema.uz kompaniyalar guruhi 2007-yilda tashkil qilindi. Guruhning faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar: o‘zbek va xorijiy audio-videomahsulotlarini sotish hamda ommaviy axborot vositalari — matbuot, televideniye va radioda reklama qilish. O‘rta Osiyo va MDH mamlakatlarida o‘zbek kinosining distributsiyasi, chet ellarda o‘zbek kinematografchilarining manfaatlarini himoya qilish. Raqamli kino mahsulotlarini ishlab chiqarish va namoyish qilish bo‘yicha milliy loyihalarni tashkil qilish. Milliy filmlarning raqamli filmlar prokatining xalqaro bozori bilan texnologik jihatdan mos bo‘lishini ta'minlash. O‘zbek kinosiga kino sanoatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish. Raqamli kinomastering tizimlariga asoslangan raqamli kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish, ularda mamlakatimizda suratga olingan filmlarni imtiyozli namoyish qilinishini ta'minlash. Audio, video va teledasturlar, seriallar va filmlar ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlarni chop etish va ko‘- paytirish (optik disklar replikatsiyasi), produserlik, promoushn. O‘qitish, ilm-fan va texnika yutuqlari namoyishi. Internetning foydali jihatlari ko‘p. Bugun u bilim manbayi hamdir. O‘zbekistonda o‘qituvchi, talaba, o‘quvchilar uchun yaratilgan Web-manbalar
orasida eng yirigi — bu ZiyoNet ta'lim tarmog‘idir.
Uning asosiy maqsadi ta'lim tizimida respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarga bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat. Ya'ni mazkur ta'lim tarmog‘i
yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta'minlash, axborot texnologiyalari sohasida kerakli ma'lumotlarni berish, muloqot qilish va tajriba alma- shinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga olgan.
ZiyoNet axborot-resurs tarmog‘i 2005-yili AKTlarini ta'lim tizimiga tatbiq qilish maqsadida respublika yoshlari uchun tuzilgan.
Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ta'lim muassasalari va yoshlar uchun milliy axborot-ta'lim resurslarini shakllantirish va foydalanishda qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • ta'limiy, ilmiy yo‘nalishdagi yoshlar, maktabgacha ta'lim

muassasalari va tashkilotlar uchun mo‘ljallangan axborot resurs- larini yagona axborot-resurs maydonchasiga birlashtirish;
Ushbu masalalarni bajarish masadida 2006-yil ZiyoNet.uz web- portali ishga tushdi. Portal — bu bir nechta sahifani o‘z ichiga olgan yirik ma'lumotlar manbayidir. Web-sayt uning kichkina ko‘rinishi bo‘lib, portallarda bunday web-saytlarning bir nechtasi joylashgan bo‘lishi mumkin. Xuddi shu singari www. ZiyoNet.uz ta'lim portali ham bir qancha mustaqil va o‘zaro bog‘liq Internet manbalarni birlashtiradi.
Portalning bosh sahifasi xuddi «darvoza» singari axborot manbayini ochib beradi. Bu yerda ZiyoNet.uz da amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlar (sahifalarni ko‘rish, yangi- liklar bilan tanishish, ruknlar orasida izlash, yangi fikrlar bilan o‘rtoqlashish) ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Barchasini sich- qonchaning chap va o‘ng tugmasini ishlatib faollashtirib, ulkan ma'lumotlar ichiga kirib borasiz. Sayt ikki tilda — o‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boradi.
Portalning «Bizning loyihalar» bo‘limida ZiyoNet axborot- resurs markazining barcha loyihalari — Video, Vikipediya, Tanlovlar va grantlar, Forum, Bloglar to‘g‘risida ma'lumot berilgan bo‘lib, u orqali ushbu sahifalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish imkoniyati mavjud.
Internet tarmog‘ida o‘qitish uchun mo‘ljallangan portallar keyingi vaqtda keskin ko‘paydi. ZiyoNet portali buning yaqqol namunasidir.
ZiyoNet tarmog‘ining asosiy maqsadi ta'lim tizimida respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot- kommunikatsiya xizmatlarini tatbiq etishdir.
ZiyoNet tarmog‘i resurs markazining asosiy vazifasi quyida- gilardan iborat:

  • ta'lim muassasalarini ulash monitoringi;

  • web-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish;

  • axborot-ta'lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydon-

chani tuzish va rivojlantirish;

  • yoshlarni, o‘qituvchilarni ta'lim muassasalari va ta'lim sohasiga bog‘liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o‘zaro birlash- tiradigan virtual jamiyatni yaratish.

? NAZORAT SAVOLLARI

  1. Audio va video materiallarga nimalar kiradi?

  2. Audio va video materiallarni onlayn namoyish qilish qanday amalga oshiriladi?

  3. Video materiallar xostingi nima?

  4. Musiqa, yangiliklar va animatsiyalar namoyish qilish yo‘llari haqida so‘zlab bering.




Download 8,01 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 8,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. INTERNET TARMOG‘I VIDEO MATERIALLARIDAN AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA FOYDALANISH

Download 8,01 Mb.