bob. A. NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEHISTON MILLIY HUTUBXONASIDAGI INTERNET BAZALARI VA XIZMATLARI




Download 8,01 Mb.
bet15/16
Sana02.12.2023
Hajmi8,01 Mb.
#109628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi, 1. O’zbekiston maktablarida texnologiya ta’limini rivojlanishi, 930341

bob. A. NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEHISTON MILLIY HUTUBXONASIDAGI INTERNET BAZALARI VA XIZMATLARI




Ilmiy ishlar ba!asi. Hozirgi axborot texnologiyalari asrida axborot va unga bo‘lgan talab, uni olish usullari kundan kunga rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Bu kutubxonalar zimmasiga yanada katta mas'uliyat yuklaydi. Shuni inobatga olgan holda dunyoning yirik kutubxonalari o‘z fondida saqlanayotgan axborotlarni foydalanuv- chilarga qulay va tezkor yetkazib berish maqsadida turli elektron ma'lumot bazalarni yaratishmoqda. Bunga misol tariqasida «RDK dissertatsiya va avtoreferatlari bazasi»ni olishimiz mumkin. Ushbu baza qulayligi, ya'ni vaqt va masofani yengib o‘tishi bilan qisqa vaqt ichida foydalanuvchilar e'tiboriga tushdi.
Bu tajribadan xulosa qilgan holda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi MDH davlatlari orasida yetak- chilardan bo‘lib, ilmiy ishlar bazasini yaratishga kirishdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida 13300 dan ortiq dissertatsiyalar, 558 mingdan ortiq avtoreferatlar saq- lanmoqda. Bu yangi baza ana shu ilm-ma'rifat durdonalarini foyda- lanuvchilarga qulay tarzda Internet orqali taqdim etishni ko‘zda tutadi. Qidiruv tizimida bir qancha elementlar asosida qidiruv olib borish imkoniyati mavjud. Kengaytirilgan qidiruv mutaxassislik yo‘nalishini qamrab olgan holda muallif, mavzu va h.k.lar bo‘yicha
qidiruvni amalga oshirish imkonini beradi.
Qo‘lyozma va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasida:

  • foydalanuvchi nodir kitoblar katalogi va to‘liq matn bilan tanishishi mumkin;


Qidiruv natijaxi





  1. rasm. A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qidiruv tizimi.





    • dasturda qo‘lyozmalar, nodir kitoblar saqlovchi kutubxona, arxiv, institut, muzeylar ma'lumotlar ba'zasi bilan ulanish, ayrim foydalanuvchilar uchun (olimlar, mutaxassis, tadqiqotchilar uchun) qo‘shimchalar kiritish imkoni bo‘ladi;

    • maqsad, tarqoq materiallarni bir joyga jamlash, mutaxas-


sislarni vaqtini tejash hamda keng qamrovli ma'lumotlarni berishga yo‘naltirilgan.

Imij-katalog ma'lumotlar ba!asini shakllantirish


«Imij-katalog» — kutubxonadagi skaner qilingan katalog kartochkalarining retrofondini katta hajmini elektron ko‘rinishda ko‘rsatishning samarali usulidir.
«Imij-katalog» yordamida kitobxonlar uchun kutubxonadagi barcha resurslar haqida ma'lumot Internet tarmog‘ida mavjud.
Kitobxon o‘zini qiziqtirgan barcha ma'lumotlarini qidiruv yordamida mustaqil olishi va barcha o‘quv zallarining xohlagan kompyuteridan «Imij-katalog» yordamida buyurtma qilish mumkin.
Bunday vaqtda foydalanuvchi bibliografik qidiruvni katalog kartochkalaridan qiynalib topib o‘tirmaydi, qiziqtiradigan soha bo‘yicha materiallarni bir necha daqiqada ko‘rish mumkin.

Dastur tarkibidagi qidiruv tizimi yordamida bibliografik tavsif- ning barcha elementlari va ularning birikmalari bo‘yicha qidiruvni bajarish mumkin: kitobning shifri, muallifi, sarlavha, chiqish ma'lu- motlari, predmet ko‘rsatkichi va GO‘K, KBK, inventar raqami.



Ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilar ham «imij-katalogi»dan qidirishi va bibliografik yozuvlarni ko‘rishi mumkin. Faqat kerakli hujjatni buyurtma qilib ololmaydi.
Kitob va davriy nashrlarning statistik hisobotini avtomatlashtirish dasturi
Maqsadi — «Milliy kutubxonaning yagona bazasi asosida kitob va davriy nashrlarning statistik hisobotini avtomatlashtirish» dasturi yordamida foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi miqyosida chop etilayotgan bosma va elektron resurslarning statistik hisobini yuritish va shu bilan birga resurslarnining statistik ko‘rsatkichlarini ko‘rish imkoniyatini yaratish.
Va!ifasi — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha resurslar miqdori, qaysi sohaga oidligi, kimga mo‘ljallanganligi, mavzu doirasi, noshirlik ishidagi o‘lchov birligi va boshqa yo‘na- lishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni olish imkonini berish.
Daxturning xtrukturaxi

Interaktiv KBK onlayn xi!mati


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida chiqadigan nashr- larga KBK raqamlarini berish bo‘yicha onlayn interaktiv xizmati bilan kutubxonaning web-saytidan batafsil tanishish mumkin.


Ro‘yxatdan o‘tixh uchun xaytdagi regixtratxiya tugmaxi boxiladi




Buyurtmachining xhaxxiy ma'lumotlari


Interaktiv ISBN va ISSN onlayn xi!mati


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida chiqadigan nashrlarga ISSN raqamlarini berish bo‘yicha onlayn interaktiv xizmati tashkil qilindi. Dastur bilan Milliy kutubxonaning web-sayti yoki isbn.natlib.uz saytidan batafsil ma'lumot olish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tixh uchun xaytdagi regixtratxiya tugmaxi boxiladi



? NAZORAT SAVOLLARI

  1. Ilmiy ishlar bazasiga nimalar kiradi?

  2. Qo‘lyozma va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi milliy kollek- siyasini aytib bering.

  3. «Imij-katalog» qanday usul?

  4. Kitob va davriy nashrlarning statistik hisobotini avtomatlashtirish dasturining maqsadi va vazifalarini aytib bering.

  5. Interaktiv KBK onlayn xizmatining vazifalari nimalardan iborat?

  6. Interaktiv ISBN va ISSN onlayn xizmati maqsadi hamda ahamiyati haqida so‘zlab bering.


O‘QUV QO‘LLANMADA FOYDALANILGAN AYRIM ATAMALAR IZOHI


Animatsiya — bir necha tasvir yoki kadrlarni ko‘rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi.


Arpanet (Advanced Research Projects Agency Network) — «Kelajagi porloq tadqiqot loyihalar agentligining tarmog‘i» nomi bilan AQSH Mudofaa vazirligining buyurtmasiga muvofiq, 1960-yilning oxirlarida vazirlikning maxfiy bo‘lgan topshiriqlarni uzatishda qo‘llanilgan.
Avtomatlashtirish — jarayonlarni amalga oshirish uchun avtomat- lashtirish vositalarini tatbiq etish. Inson mehnati unumdorligini oshirish maqsadida bu mehnatning bir qismini EHM (kompyuter) orqali bajariladigan tadbirlar tizimi. Bu ishlarni bajarish zamonaviy hisoblash texnikasi va ilmiy usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Axborot — insonning sezgi organlari orqali qabul qilinadigan barcha ma'lumotlar majmuyi.
Axborot jamiyati — zamonaviy sivilizatsiyaning rivojlanish darajasi. Axborot va bilimlar rolining jamiyat hayotida, jami ichki mahsulotda axborot- kommunikatsiya texnologiyalar ulushining ortishi, insonlarning o‘zaro samarali o‘zaro axboriy alohida ishlashini ta'minlovchi global axborot mako- nining yaratilishi, ularning dunyo axborot asosida o‘zaro ishlash, XXI asr resurslariga ulanishi va ularning axborot mahsulotlariga, xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishi bilan tavsiflanadi.
Brau!er — Internet tarmog‘i rivojlanib, unda foydalanishning yangi imkoniyatlari, ya'ni ma'lumotlarni tez va aniq ko‘rish, ma'lumot almashi- nishning yengillashishini ta'minlovchi dasturlar. Har bir brauzerning turli imkoniyatlari mavjud.

  1. Gipermatnni o‘qish web-resurslarda navigatsiyalash va ko‘rib chiqish dasturi. Web-brauzeri gipermatnlarni o‘qishdan tashqari, tovushni va video ma'lumotlarni qaytadan chiqarish, ya'ni gipermediani qayta chiqarish, tarmoqning boshqa kompyuterlari bilan ulanishni o‘rnatish va ularda ishlayotgan serverlarga web-hujjatlarga so‘rovlarni yuborish, tarmoqning boshqa foydalanuvchilari bilan muloqot tashkil qilish va uni quvvatlash kabi qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Eng ommaviy tarqalgan web- brauzerlar — Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator.

  2. Obyektga yo‘naltirilgan dasturiy tizimlarga sinfiy shajarani tahlil qilish uchun ishlatilatiladigan vosita.

Banner — web-sahifadagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining web-saytiga yoki mahsulot yoxud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper yo‘llanmadan iborat bo‘ladi.
Blog — muntazam ravishda chop etiladigan yozuvlar, tasvirlar yoki multimediadan iborat web-sayt. Internetdagi jurnal yoki voqealar kundaligi sifatida ham talqin etiladi. Odatda, bloglar xronologik tartibda joylashtirilgan va uzun bo‘lmagan yozuvlardan iborat. Mualliflariga qarab, bloglar shaxsiy, guruhiy (masalan, korporativ) yoki ommaviy (ochiq), tarkibi birlamchi muhofaza bo‘yicha esa tematik yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Blogni olib boruvchi shaxslar blogerlar deyiladi. Internetdagi barcha bloglarning jami blogosfera (blog muhiti) deyiladi.
Web-di!ayn — web-sahifalarni bezash. Web-dizayn qog‘oz nashri uchun poligrafik dizayn va sahifa qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham xuddi shunday vazifani bajaradi.
Web-sayt statistikasi — saytlar egalariga saytda tashrifchilar soni, qaysi bo‘limlar eng ko‘p mashhur bo‘lgan va boshqa narsalarni bilish imkonini beradi.
Virtual domjamiyatlar — Internetning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu atama quyidagilarni bildiradi:

  1. elektron makonda paydo bo‘lib, faoliyat yurgizuvchi uyushma- larning yangi turi;

  2. tarmoq foydalanuvchilarining elektron makonda ishlash uchun bir xil qiziqishlarga ega bo‘lgan guruhlarga birlashishi.

Gipermatn — matnni kompyuterda ifodalash shakli. Unda ajratilgan tushunchalar, obyektlar va bo‘limlar orasidagi ma'noli bog‘lanishlar avtomatik tarzda qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, gipermatn — giper yo‘llanmalar vositasi orqali juda ko‘p matnlar, ma'lumot va axborotlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan matn turi, deb ham talqin etiladi. Gipermatn global ulanish xizmatida web-sahifalarni yozishda keng ishlatiladi.
Gipermedia — barcha turdagi axborotlarni ifodalash texnologiyasi.
Ifoda o‘zaro assotsiativ bog‘langan, nisbatan katta bo‘lmagan bloklar shaklida bo‘ladi. Gipermedia gipermatnga o‘xshash, ammo bog‘lanadigan bloklar sifatida matn parchalari emas, balki ixtiyoriy tabiatdagi ma'lumotlar: grafik tasvirlar, videokliplar, tovush fayllari va shu kabilar bo‘lishi mumkin.
Dasturiy ta'minot — axborot tizimi ishini amalga oshirishda zarur bo‘lgan kompyuter dasturlari to‘plami.
Dasturlash — masalaning yechish algoritmining mashina tushunadigan tilida yozilishi, ya'ni aniq tartiblangan ketma-ketlikda bajariladigan dasturlarda ifodalanishi.
(E-mail) elektron pochta — elektron pochta kompyuter tarmog‘i. Internet va boshqalar yordamida xabarlarni uzatish usuli. Axborotlar elektron pochta qutisiga tushadigan va undan so‘ng o‘z manziliga yetkaziladigan, foydala- nuvchilar uchun maxsus aloqa xizmati turi.
Elektron darsliklar (ED) — bilim oluvchilar tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarni rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo‘shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashga mo‘ljallangan elektron o‘quv adabiyotlari. EDlarda ovoz, animatsiya va grafik tasvirlar ham qo‘llanilishi mumkin.
ED ma'ruzalarda turli didaktik materiallar, o‘zini o‘zi nazorat qilish uchun testlar va savollar, tayyorlanganlik darajasiga muvofiq turlicha
murakkablikdagi topshiriqlar taqdim qilinishi mumkin. EDdan foydalanib, ilmiy ishlar, ilmiy seminarlar va konferensiyalar uchun tegishli materiallar tayyorlash imkoniyati bor.
Elektron hujjat — inson tomonidan mos ravishdagi dastur va asbob vositalari orqali qabul qilinadigan, kompyuter xotirasidagi berilganlar majmuasi.
O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan
«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, uyushmalari, agentliklari, kompaniyalari va boshqa markaziy davlat idoralari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishni tartibga soladi. «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonun 19 moddadan iborat. Har bir moddasi sharhi bilan belgilangan.
Elektron hukumati — ushbu tizimning turlicha ta'riflari mavjud bo‘lib, uning asl mazmuni va mohiyatini bilish maqsadida bu ta'riflardan bir nechtasini keltirish mumkin:

  • davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;

  • davlat tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish;

  • davlat boshqaruvida axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni hamda hokimiyatning barcha darajalaridagi davlat organlarining fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni elektron vositalar asosida tashkil etish va h.k.

Elektron kutubxona — axborot tizimi. Unda hujjatlar (maqolalar, monografiyalar, hisobotlar, referatlar va shu kabilar), odatda, mashina tashuvchilarida elektron to‘la matnli shaklida saqlanib va foydalanuvchilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimda taqdim qilinadi. Ko‘pincha bu hujjatlarning matnlari foydalanuvchilarga elektron pochta orqali uzatiladi.
Yayl — xotirada saqlash qurilmasida saqlanadigan yagona bir butun bo‘lgan, istalgan ma'lumotlar. «Fayl» so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, rus tilida papka, o‘zbek tilida jild ma'nosini anglatadi. Demak, fayl — bu axborotni tashqi tashuvchilardagi nomlangan qiymatlar yig‘indisidir.
Yorum — saytda suhbatlashish uchun uskuna. Forumdagi xabarlar pochta xabarlariga nimasi bilandir o‘xshash, ularning har biri muallifga, mavzuga va xususiy mazmunga ega. Ammo xabarni forumga yuborish uchun hech qanday qo‘shimcha dastur kerak emas, shunchaki, saytda tegishli shaklni to‘ldirish kifoya.
Global tarmoqlar — turli mamlakatlar yoki qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o‘rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmik aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi. Glo- bal, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko‘p tar- moqli iyerarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlash- tirish va ulardan jamoa ravishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Internet (international network) — yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘i ham global tarmoqdir.
Gopxer dasturi — Internetning tavsiyanoma ko‘rinishidagi turli resurslariga kirishni ta'minlovchi dastur.
Google — eng yirik Internet axborot qidiruv tizimlaridan hisoblanib, u jahondagi deyarli hamma tillarda axborot izlash imkoniyatiga ega. Elektron manzili: http:// www. Google.com.
Internet — jahon bo‘yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo‘lib, unda yagona «til» — andoza qoidalari majmuyi asosida axborot almashadilar. Uning nomi «Xalqaro tarmoq» ma'nosini anglatadi. Millionlab kompyuterlarni, millionlab uyali telefonlarni o‘zaro birlashtirilmoqda. Internetning dastlabki varianti AQSH Mudofaa vazirligining buyurtmasiga muvofiq, 1960-yilning oxirlarida istiqbolli tadqiqotlar agentligi ya'ni ARPANET (Advansed Research Projects Agency Network) mazkur kompyuterlarni bog‘lash va maxfiy bo‘lgan topshiriqlarni uzatish uchun kerak bo‘lgan. Internet yagona markazdan boshqarilmaydi. 1970-yilda AQSHning Kaliforniya shtatida 4 ta kompyuterni o‘zaro bog‘lagan.

  • 1981-yillarga kelib, 213 ta kompyuter;

  • 1983-yilda 562 ta;

  • 1986-yilda 5089 ta;

  • 1992-yilda 727000 ta;

  • 1995-yilda 20000000 dan ortiq kompyuterlar Internet tarmog‘iga ulangan.

2015-yilga kelib, O‘zbekistonda kompyuterlar va uyali telefonlarning 12000000 dan ortig‘i Internetga ulandi. Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter va uyali telefonlar tez sur'atlar bilan ortib bormoqda.
Internet portali — foydalanuvchilarga Internet orqali kerakli axborotni izlashda yordam beruvchi sayt. Ba'zan bunday saytlar navigatsiya saytlari deyiladi.
Internet protokoli — kompyuterlar orasida axborot almashinuviga javob beradi. Internet protokol manzili — kompyuterlarga berilgan aksariyat hollarda 32 bitdan tashkil topgan bo‘lib, Internetga ulangan kompyuter- ning manzilini aniqlaydi.
Internet provayderi — foydalanuvchilarga Internetdan erkin foydala- nish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya.
Internet server — xohlagan kerakli Internet xizmatlar faoliyatini ta'minlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: http (sayt), E-mail (elektron pochtasi), anjumanlar, ftp va h.k.lar. Saytni Internetda joylashtirish uchun kamida http xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi Internet serveri zarur.
Internetga axborot qidirish ti!imlari — Internetda axborot qidirish tizimlariga quyidagilarni misol qilsa bo‘ladi:
YAHOO, LYCOS, EXSITE, GOOGLE, RAMBLER, YANDEX,
APORT va h.k.lar.
Internetdagi man!il — fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil. Internetdagi manzil, odatda, 4 ta elementdan iborat: resursdan erkin foydalanish bayonnomasi, masalan, http:// resursni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot nomi bilan bir xil bo‘lgan server nomi; resursni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot turini belgilovchi qo‘shimcha, Internetdagi manzil, shuningdek, URL (Uniform Resource Locator) manzili deb ham ataladi.
Intranet — Internet tarmog‘i mahsulotlari va texnologiyalardan foydalanuvchi va korporativ axborot resurslariga o‘z foydalanuvchilarining kirishini ta'minlovchi idora, tashkilot va boshqalarning hisoblash tarmog‘i. IP (Internet Protocol) Internet — TSP/IP bayonnomalari yig‘masidan iborat tarmoq pog‘onasining bayonnomasi. IP bayonnomada tarmoqdagi
har bir kompyuterga to‘rt xonalik IP manzil (4 bayt) mos qo‘yiladi.
IPS xi!mati (Internet Relay Ghat) — bu xizmat real vaqt mobaynida bir nechta kishilarni o‘zaro to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati bilan ta'minlaydi. Ayrim hollarda IRS xizmatini chat konferensiya yoki oddiy chat deb ham ataladi.
ISBN (International Standart Book Number) — kitoblarning xalqaro standart raqami.
ISSN (International Standart Serial Number) — davriy nashrlarning xalqaro standart raqami. Bir-biridan birmuncha uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq.
Katalog — fayl nomlari, uning hajmi, tashkil etilgan sanasi va boshqa ma'lumotlarni saqlaydi.
Kommunikatsiya — ikki tizimli dasturni, buyruqni, dastur va buyruqni yoki buyruq va dasturni birlashtirish, bir dastur yoki buyruqqa kiritish imkoniyatini beradigan funksiya.
Modem — kompyuterlar o‘zaro telefon tarmog‘i orqali axborot alma- shishini ta'minlovchi qurilma. Modem — «Modulator» va «demodulator» so‘zlarining qisqartirmasidan olingan bo‘lib, kompyuterdan olingan raqamli signallarni telefon tarmog‘idan o‘tuvchi analogli signallarga aylantirish (modulatsiya) va, aksincha, telefon tarmog‘idan kelgan analogli signallarni raqamli signallarga o‘tkazib (demodulatsiya) kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi faks modemlar ham mavjud.
Onlayn (Online) — sizning kompyuteringiz xosttizim bilan ulangan marom hamda kompyuteringiz FTP server, WWW server, BBS va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash maromi (foydalanuvchi talabnomalarini paket ishlash tizimlaridan farqli).
Onlayn texnologiyasi — haqiqiy vaqt oralig‘idagi doimiy ulanish. Haqiqiy vaqt oralig‘ida axborot almashishni ta'minlovchi tarmoq, axborot fazosidagi ma'lumotlar kommunikatsiyasi vositalari; chatlar, audio va videokonfe- rensiyalar va boshqalar.
Parol (Password) — tarmoqdan foydalanuvchilar imtiyozini aniq- lashda ishlatiladigan himoya vositasi. Foydalanuvchi o‘zini tanishtirgach, tizimga kirish oldidan so‘raladi.
Portal — 1. Internetda boshlang‘ich ish boshlovchi, ko‘p xizmatlarga ega sayt. 2. Katta hajmdagi virtual axborot massivi, u o‘z ichiga kichik hajmdagi turli tematik bo‘limlarni yoki kam sonli mustaqil loyihalarni oladi.
Protokol — axborot uzatish usulini boshqaruvchi qoidalar va standartlar majmuyi.
Server — bosh kompyuter yoki xizmatchi kompyuter (mijoz) deb ham nomlanadi. Tarmoqda boshqa «mijoz»larga o‘z resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi maxsus kompyuter.
TSP (Transsmission Gontrol Protocol) — protsessorlar orasida axborot uzatishni nazorat qiluvchi protokol.
TSP IP protokoli — Internet tizimida foydalaniladigan protokollar.
Virtual kutubxona — axborotlardan birgalikda foydalanish uchun o‘zaro zarur aloqalarga ega bo‘lgan va turli hududlarda joylashgan elektron kutubxonalar tizimi.
Virtual reallik — biron-bir obyektni grafik tasvirlash bilan g‘oyaviy fazoni tashkil qila olishni rivojlantirish zarur bo‘lgan sohalar, ya'ni konstruksiya va grafika sohasida, rassomchilik va boshqa masalalari yechishda qo‘llaniladi.
Virus — «kompyuter viruslari» — kompyuter tizimlarida tarqalish va o‘z-o‘zidan aytadan tiklanish xususiyatlariga ega bo‘lgan bajaruvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlar. Virusning obyektini buzish imkoniyati bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: zararsiz viruslar, xavfli viruslar, o‘ta xavfli viruslar. Ular turiga kompanon, chuvalchangsimon, parazit, talaba, stels, polimorf, mutant, troyan va h.k. viruslar kiradi.
WWW (World Wide Web) — «Butunjahon o‘rgimchak to‘ri» Internet tarmog‘ida axborotlarni gipermatn ko‘rinishiga asoslangan interaktiv xizmat tizimi. Demak, WWW deganda, gipermatn bog‘lanishni qo‘llab- quvvatlovchi «mijoz-server» tizimi tushuniladi.
YAHOO — MS kompaniyasining Internetda axborot qidiruv tizimi bo‘lib, elektron manzili: http:// www. yahoo.com/.
«ZiyoNet» axborot tarmog‘i — O‘zbekistonda ta'lim va yoshlar yo‘nali- shidagi axborot resurslarini tizimga soluvchi axborot tarmog‘i. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentabrdagi Qarori bilan tashkil etilgan. Mamlakatdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ilmiy, ta'lim, madaniy-ma'rifiy muassasalarni xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan, Internet tarmog‘iga ulash faqat «ZiyoNet» axborot tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ilmiy, ta'lim, madaniy-ma'rifiy muassasalarda «ZiyoNet» axborot tarmog‘idan foydalanish bepuldir. Mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari uchun nashr etilgan barcha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa turli o‘quv adabiyotlari, ma'ruza matnlari, dissertatsiyalar ham «ZiyoNet» axborot tarmog‘i — «WWW ZiyoNet.uz» portaliga joylashtirilgan.
Ghat — haqiqiy vaqt oralig‘ida Internet bilan muloqot.
Ghip — Integral sxema o‘rnatilgan yarimo‘tkazgich moddaning (odatda, silikon) kichik bo‘lagi. Oddiy chip millionlab elektron tarkibiy qismlar (tranzistorlar)dan iborat bo‘lishi mumkin. Kompyuterlar choplangan sxemali plata deb nomlangan elektron asosga o‘rnatilgan ko‘plab chiplardan iborat.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





    1. I.A. Karimov. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. T.,

«Ma'naviyat», 2008.

    1. I.A. Karimov. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2010-yil 8-dekabr.

    2. I.A. Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.,

«O‘zbekiston», 2011.

    1. S.I. Rahmonqulova, Y. Z. Ro!iyev. Virtual kutubxona. T., 2000.

    2. M. Oripov, A. Haydarov. Informatika asoslari. T., «O‘qituvchi», 2002.

    3. T. Nishonboyev. Windows Word va Internet tizimlarida ishlash. T., 2003.

    4. S. Eshqobilov. Internet axborot qidiruvi. T., 2006.

    5. B.O. Mannonov, Y.O. Mannonov. Madaniy-ma'rifiy ishda texnika vositalaridan foydalanish. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. T., «Turon-iqbol», 2006.

    6. S.S. Qosimov. Axborot texnologiyalari o‘quv qo‘llanma. T.,

«Aloqachi», 2006.

    1. J. Yo‘ldoshev va boshq. Zamonaviy dars. Qo‘llanma. T., 2007.

    2. Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini tashkil qilish. Hujjatlar to‘plami. T., A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutub- xonasi nashriyoti, 2007.

    3. A. Abduqodirov, A. Pardayev. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. T., «Fan», 2009.

    4. Sh. Qudratxo‘jayev. Internet: tarixi, tuzilishi, texnik xavfsizlik. O‘quv uslubiy qo‘llanma. T., 2011.

    5. Sh. Qudratxo‘jayev. Internet va axborot: xizmatlar, foydalanish asoslari. O‘quv qo‘llanma. T., 2013.

    6. Y. O. Mannonov, K.G. Mavlonov. Axborot-kutubxona texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T., 2013.

    7. A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Internet bazalari va xizmatlari. Tavsiyaviy qo‘llanmalar. T., 2013.

    8. WWW. ZiyoNet. uz.


MUNDARIJA


Kirish 3

  1. bob. Internet tarixi va imkoniyatlari 5

  2. bob. Axborot-kutubxona muassasalarida Internet serverlari 8

S-bob. Internet tarmog‘i va axborot-kutubxona muassasalarida
undan foydalanish 12

  1. bob. Axborot-kutubxona muassasalarida

Internet tarmog‘i xizmatlari 19

  1. bob. Internet tarmog‘ining bibliografik resurslari 27

  2. bob. Elektron pochta xizmatidan axborot-

kutubxona muassasalarida foydalanish 35

  1. bob. Internetda axborot-bibliografik qidirish tizimlari 40

  2. bob. Internet orqali muloqot, xalqaro konferensiya

va forumlarda ishtirok etish 47

  1. bob. Internetning axborot xavfsizligini ta'minlash 53

  2. bob. Axborot-kutubxona muassasalarida

elektron hujjat va uning almashinuvi 57

  1. bob. Internet tarmog‘i video materiallaridan

axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish 60

  1. bob. Internetning interaktiv xizmatlaridan

ma'lumot-bibliografiya jarayonlarida foydalanish 65
1S-bob. Axborot-kutubxona muassasalarida Internet
tizimining masofaviy uslubi 69

  1. bob. Elektron kutubxonalar va virtuallik 71

  2. bob. A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi Internet bazalari va xizmatlari 80

O‘quv qo‘llanmada foydalanilgan ayrim atamalar izohi 88
Foydalanilgan adabiyotlar 94

Download 8,01 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 8,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. A. NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEHISTON MILLIY HUTUBXONASIDAGI INTERNET BAZALARI VA XIZMATLARI

Download 8,01 Mb.