bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA ELEHTRON HUJJAT VA UNING ALMASHINUVI




Download 8,01 Mb.
bet10/16
Sana02.12.2023
Hajmi8,01 Mb.
#109628
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi, 1. O’zbekiston maktablarida texnologiya ta’limini rivojlanishi, 930341

bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA ELEHTRON HUJJAT VA UNING ALMASHINUVI


Hujjat tushunchasi. Hujjat — matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo‘lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy obyektdir.
Hujjat turlari. Hujjat turlarini o‘z shakliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • matnli hujjatlar. Qog‘ozga yozuv mashinasi, qo‘l yoki axborot

kommunikatsiya vositalari yordamida tushirilgan qandaydir ma'no beruvchi so‘zlar ketma-ketligidir;

  • tovushli hujjatlar. Ovoz yozish vositalari yordamida yozib

olingan tovushli axborot;

  • tasvirli hujjatlar. Fotosurat, rangtasvir mahsuli.

Elektron hujjat. Elektron hujjat O‘zbekiston Respublikasining
«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan quyidagicha ta'riflanadi:
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma'lumotlarga) ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.

An'anaviy va elektron hujjat almaxhixh




Odatda, hujjatlarni an'anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o‘ynaydi. Chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo‘natmalarni o‘z manzillariga yetkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar xatjildga solinadi va aloqa bo‘limiga topshiriladi. Shundan so‘ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo‘natiladi va yetkaziladi.
Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an'anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qiladi. Bunda hujjat elektron ko‘rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog‘i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (e-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.
Im!o va uning ahamiyati. Imzo — hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan
insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi.
Muhr va uning ahamiyati. Muhr — hujjatning haqiqiyligini va biron-bir yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o‘zining alohida shakliga ega bo‘lib, hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi.
Elektron raqamli im!o. Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan quyidagicha ta'riflanadi:
Elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
Elektron raqamli imzo — xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.
Elektron raqamli im!odan muhr o‘rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida ham foydalanish mumkin, bunda faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o‘zgarishlarni yoki o‘zgartirishlarni ko‘rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya'ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Elektron hujjatning rekvi!itlari. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin.
Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — bu faqat hujjat muallifiga ma'lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron hujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va
uni haqiqiyligini tasdiqlashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi.
Elektron sertifikatlar — bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko‘ra, elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.
Elektron hujjat almashish ti!imlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan quyidagicha ta'riflanadi va faoliyat yuritadi.
Elektron hujjat almashish tizimlari — elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan, shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari) ma'lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini bel- gilaydi.
? NAZORAT SAVOLLARI

    1. Hujjat tushunchasiga izoh bering.

    2. Hujjatlarning turlarini so‘zlab bering.

    3. Elektron hujjat, an'anaviy va elektron hujjat almashish yo‘llarini gapirib bering.

    4. Elektron hujjat almashish tizimlarini izohlang.




  1. Download 8,01 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 8,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA ELEHTRON HUJJAT VA UNING ALMASHINUVI

Download 8,01 Mb.