-bob. INTERNETNING INTERAHTIV XIZMATLARIDAN MA'LUMOT-BIBLIOGRAFIYA JARAYONLARIDA FOYDALANISH




Download 8,01 Mb.
bet12/16
Sana02.12.2023
Hajmi8,01 Mb.
#109628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi, 1. O’zbekiston maktablarida texnologiya ta’limini rivojlanishi, 930341

12-bob. INTERNETNING INTERAHTIV XIZMATLARIDAN MA'LUMOT-BIBLIOGRAFIYA JARAYONLARIDA FOYDALANISH


Interaktivlik tushunchasi. Interaktivlik deganda, faqat, biz o‘rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o‘rnatilgan muloqotni tashkil etish tushuniladi. Demak, kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, biz uning yordamida kompyuter bilan muloqot o‘rnatamiz.


Umuman olganda, interaktivlik bu muloqot tizimini tashkil etish bilan bog‘liq. Ya'ni maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axboriy ma'lumotlar almashinuvi. Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
Interaktiv xi!matlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foyda- lanuvchi moddiy, ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya'ni
kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi.
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xi!mat turlari. Hozirgi vaqtda, hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta e'tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo‘li ularni Internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi.
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar kiradi:
Transport vositalarning harakatlanish jadvali. Respublikadagi transport vositalarini harakatlarini ifodalash jadvali bir nechta saytda berilgan. Foydalanuvchi saytdan o‘ziga ma'qul transport vositalarining qatnovi jadvallarini topadi. Quyida ushbu web- sahifalar keltirilgan:
http://www.orexca.com — sayyohlar uchun mo‘ljallangan web- sahifa;
http://www.tgpt.uz — Toshkent shahridagi transport vositalari haqidagi web-sahifa;
http://www.goldenpagec.uz — O‘zbekistondagi transport vositalari qatnovi reys jadvallari sahifasi.
Avia parvo!lari jadvali. Avia parvozlari bo‘yicha ma'lumotlar jadvalini aniqlash, ulardan foydalanish uchun ttp:// uzairways.com — O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniya web- sahifasiga murojaat qilinadi. Saytda xalqaro va O‘zbekiston miqyosidagi aviaqatnovi jadvallari keltirilgan.
Temiryo‘l transporti qatnovi jadvali. Respublika ichki va tashqi temiryo‘l qatnovi jadvallari va ular haqidagi ma'lumotlarni quyidagi web-sahifalardan topish mumkin.

  1. uzrailpass.uz — temiryo‘l transport qatnovi jadvali.

  2. www.roxanatour.com — bu sayyohlik firmasi sayti bo‘lib, unda xalqaro va O‘zbekiston ichidagi temiryo‘l qatnovlari va havo yo‘llari qatnovi jadvallari hamda u yerda joylashgan mehmonxonalar haqida ma'lumot va buyurtmalar majmualarini aniqlash mumkin. Bank xi!mati ma'lumotlari va valuta kurslari. O‘zbekistondagi barcha banklar haqidagi ma'lumotlar va yangiliklar, kunlik valuta miqdorlari haqidagi ma'lumotlarini quyidagi saytlardan olish

mumkin:
www.bank.uz; www.mikrokreditbank.uz; www.agrobank.uz; www.asakabank.com; www.new.nbu.com; www.uzpsb.uz;
www.infinbank.com; www.xb.uz; www.ipotekabank.uz; www.ssb.uz va h.k. banklar.
Ob-havo ma'lumotlari. Respublika barcha viloyatlari va Toshkent shahri hamda xalqaro miqyosda ob-havo haqidagi ma'lumotlarni quyidagi O‘zbekistonda yaratilgan web-sahifalardan aniqlash mumkin: ob-havo.uz; www.pogoda.uz; www.meteoprog.uz.
Ob-havo ma'lumotlari bo‘yicha eng to‘liq ma'lumotlarni www.meteoprog.uz web-sahifasidan olish mumkin. Sahifa dizayni ham foydalanuvchilar uchun juda qulay.
Yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatlari doirasida olib borilayotgan asosiy yangiliklar majmuasini uza.uz, gov.uz hamda desk.uz web-saytlari orqali topish mumkin. Ushbu web-sahifalarda davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar web-sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlar mavjud.
Tele va radioeshittirish dasturlari. O‘zbekiston Milliy teleradio- kompaniyasi ma'lumotlari va teledasturlari hamda ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlarni quyidagi web-sahifalardan olish mumkin: www.mtrk. uz.
Ish o‘rinlari birjalari. Respublika doirasida bo‘sh ish o‘rinlarini topish, aniqlash va muloqot o‘rnatish quyidagi web-sahifalar orqali amalga oshirilishi mumkin: www.myjob.uz, www.vacancy.uz. Bu saytlardan siz ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlarni va o‘zingiz haq- dagi ma'lumotlarni to‘ldirib jo‘natishingiz hamda javob olishingiz mumkin.
Sport yangiliklari. Respublika va xalqaro sport musobaqalari, ularning o‘tkazilish jadvallari va holatlari haqidagi ma'lumotlarni quyidagi web-sahifalardan qidirish mumkin: www.uff.uz; www.the uff.com; www.paxtakor.uz; www.bunyodkor uz; www.fifa.com. Bu saytlardan O‘zbekiston futboli va jahon futboli yangiliklarini olish mumkin. www.allsportsites.net saytidan esa sport turlari reytingi yangiliklari haqidagi ma'lumot olishingiz mumkin.

Davlat boxhqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar web-xahifalari orqali ko‘rxatiladigan interaktiv xizmatlar


Interaktiv davlat xizmati — idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiya- laridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar.


Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:

    • umumiy foydalaniladigan axborotni e'lon qilish (tarqatish);

    • tegishli axborot tizimlari, shu jumladan, Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;

    • bir tomonlama o‘zaro hamkorlik — elektron shakldagi

hujjatlarning har xil formularlaridan foydalanish imkoniyatini berish;

    • ikki tomonlama axborot ayirboshlash — so‘rov bo‘yicha qabul

qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);

    • elektron shakldagi ma'lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga

oshirish, shu jumladan, xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi mumkin.
Bugungi kunda davlat organlarining web-saytlari orqali aholiga interaktiv davlat xizmatlari asosida 384 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi.
Quyidagi web-sahifalardan Davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar web-sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni topish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining portali. http:// www.gov.uz.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining portali. http:// www.asi.uz.
Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish, foydala- nuvchilarga xizmat ko‘rsatish hozirgi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
XXI asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllanishiga zamin yaratib bermoqda. «Internet», «Elektron pochta», «Elektron ta'lim»,
«Elektron boshqaruv», «Elektron hukumat», «Masofaviy ta'lim»,
«Ochiq ta'lim», «Axborotlashgan iqtisod» kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga jadal ta'sir ko‘rsatmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o‘tmoqda, ya'ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning roli tobora yuksalmoqda hamda ular strategik resursga
aylandi. Dunyoda yaratilgan axborot va bilimlarning 90 % i so‘nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo‘lib, ular hajmining ko‘payib borishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.
Ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yishni anglab yetishgan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ham jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
? NAZORAT SAVOLLARI

  1. Interaktivlik deganda nimani tushunasiz?

  2. Interaktiv xizmatlar nimalardan iborat?

  3. Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlarini aytib bering.

  4. Transport vositalarining harakatlanish jadvali, aviaparvozlar jadvali, temiryo‘l transporti qatnovi jadvali, bank xizmati ma'lumotlari va boshqa axborotlar qanday olinadi?




Download 8,01 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 8,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. INTERNETNING INTERAHTIV XIZMATLARIDAN MA'LUMOT-BIBLIOGRAFIYA JARAYONLARIDA FOYDALANISH

Download 8,01 Mb.