-bob. ELEHTRON HUTUBXONALAR VA VIRTUALLIH




Download 8.01 Mb.
bet14/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

14-bob. ELEHTRON HUTUBXONALAR VA VIRTUALLIH


Elektron kutubxona — Internetning samarali imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda,


odatda, ko‘z oldimizga kitoblar turgan son-sanoqsiz javon bo‘lgan katta xonalar keladi. Elektron kutubxonada javonlar vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini Internet sahifalar bajaradi.
Bu kutubxona ma'lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘ladi va kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. Sizga dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan elektron kutubxona ma'lu- motlaridan foydalana olishga imkon tug‘iladi. Yana bir qulay tomoni, zarur bo‘lgan ma'lumot nusxasini ko‘chirib olish mumkin. Elektron kutubxonadan foydalanish uchun kompyuter, modem va Internet tarmog‘i bo‘lishi yetarli.
Faraz qilaylik, elektron kutubxonadan foydalanib, biror ma'lumot bilan tanishmoqchisiz. Kompyuter va Internet yordamida ma'lumotni bir necha daqiqada topish mumkin. Ma'lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir zumda ekranda tasvirlanadi. Buning uchun kompyuterning tugmachasini bosish va elektron kutubxonaga kirish yetarli. Bir necha daqiqada ma'lumot ko‘z oldingizda namoyon bo‘lib, aynan mo‘jizani eslatadi. Bu esa virtuallik deb ataladi.

8-rasm. Internet imkoniyatlari.


Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani topishga bir necha oy vaqt sarflash zarur edi. Bugun buning uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash zarurati yo‘qoldi. Bunda bizga elektron kutubxonalar yordamga keldi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi:

  • elektron kutubxona;

  • virtual kutubxona;

  • e-kutubxona;

  • e-library;

  • digital library.

Virtual kutubxonaning o‘zi nima? Oxirgi paytda virtual dunyo, virtual olam, virtual do‘st kabi so‘zlar paydo bo‘ldi. Virtual so‘zining ma'nosi — bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona — bu odatdagi kutubxonaning abstrakt ko‘rinishidir.
Bunda kutubxona kitoblari, jurnallari va ro‘znomalari javonda emas, balki kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma'lumotlarning to‘plamidir. Bu bosma, audio, video va multimedia ma'lumotlardir. Ma'lumotlar hajmiga qarab, serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir necha kompyuterdan iborat bo‘ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning uchun zarur kitob yoki ma'lumotni kompyuter javonlaridan o‘zingiz qidirasiz.
Elektron kutubxona odatdagi kutubxonadan farqli o‘laroq, bir qancha qulayliklarga ega:

binoning zarurati yo‘qligi;

  • nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatining mavjudligi;

  • foydalanishning qulayligi va yengilligi;

  • qidiruv tizimlarining mavjudligi;

  • ma'lumotlar hajmining cheklanmaganligi;

  • ma'lumotning audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks ettirish mumkinligi;

  • vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya'ni undan 24 soat

mobaynida foydalanishingiz mumkin;

  • qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.

Demak, elektron kutubxona — bu turli ma'lumotlar jamlangan Internet sahifasidir. Bu sahifani kutubxonalardagi maxsus markaz
mutaxassislari ma'lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritadi va yig‘adi. Ya'ni ma'lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona hajmi kengayib boradi.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish kerakki, «elektron kitoblar epide- miyasi»ga asos solgan inson Maykl Xartdir. U 1971-yilda ilk «elektron kutubxona»ni yaratib, unga «Gutenberg loyihasi» deb nom berdi. Maykl Etext — «elektron matn» konsepsiyasining tamal toshini qo‘ydi. Bu matn erkin tarqaluvchi, ortiqcha bezaklarsiz, har qanday kompyuter va har qanday platformada o‘qitilishi mumkin bo‘lishi kerak edi. Bunga asos sifatida ASCII matn tanlandi. Etext formatidan dastlabki matn «AQSHning Mustaqillik deklaratsiyasi» bo‘ldi va Illinoys universiteti tarmog‘ining barcha foydalanuvchilariga tarqatildi.
«Gutenberg loyihasi» tarixi shunday boshlandi. 2005-yilda bunday kutubxonalar soni bir necha millionni tashkil etdi. Keyinchalik bepul va hammabop kutubxona g‘oyasi tezda eskirdi. Endi elektron kitoblar bilan noshirlik sanoati vakillari qiziqa boshlashdi. Elektron kitoblarga raqamli asrning to‘laqonli mahsuloti sifatida qarala boshlandi. 2000-yilda Internet orqali ilk marotaba Stiven King asarlari sotuvga qo‘yildi. Uning «Usinlik» hikoyalari tarmoq orqali sotilgan ilk elektron kitobga aylandi.

9-rasm. Virtual kutubxona sahifasi.


Elektron kitoblar sanoati taraqqiyotiga cho‘ntak kompyuterlari ham o‘z hissasini qo‘shdi. 2003—2005-yillarda ularning sotilishi o‘z cho‘qqisiga ko‘tarildi. Dastlab, ushbu qurilmalar yuqori talablarga javob bera olmasdi — sifatli musiqa va video haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi. Xaridorlarni jalb etishning yagona chorasi esa, organayzer funksiyasidan tashqari, elektron kitoblarni kichik, ammo qulay ekran orqali o‘qish imkoniyatini yaratish g‘oyasi bo‘ldi.
Elektron kutubxona bilan ishlash. Buning uchun kutubxona manzilini «Adres» maydoniga yozishingiz zarur. Odatdagi kutubxona singari elektron kutubxona ma'lumotlari mavzu yoki imlo bo‘yicha tartiblanadi. Shuning uchun zarur ma'lumotni shu tartibda topish mumkin. Virtual kutubxona haqida batafsil ma'lumot bilan [1] da, yoki http://vlibrarv.freenet.uz sahifasida tanishish mumkin.
Hozirgi kunda elektron kutubxonalar soni son-sanoqsiz. Kutubxonalar, universitetlar, ba'zi tashkilotlar o‘z elektron kutub- xonalariga ega. O‘zbekistonda ham elektron kutubxonalar mavjud. Quyida ba'zi elektron kutubxona manzillari va tavsifini keltiramiz.
Kongress Virtual kutubxonasi


http://lcweb.loc.gov — Kongress kutubxonasining elektron ko‘rinishi bo‘lib, u dunyodagi eng yirik virtual kutubxonalardan biridir. Kongress kutubxonasi 1800-yil 24-aprelda tashkil etilgan. Unda 115 milliondan ziyod kitob va hujjatlar yig‘ilgan.

10-rasm. Kongress Virtual kutubxonasi sahifasi.


Virtual kutubxonada tarixga oid ma'lumotlar, turli kolleksiyalar, rasmlar, ma'lumotlar, yangiliklar mavjud. Bu kutubxona bo‘ylab sayr qilganingizda, unda mujassamlangan obidalarning o‘tmishi bo‘ylab safar qilgandek bo‘lasiz.


WWW Virtual kutubxonasi


http://www.vlib.org — WWW Virtual kutubxonasi turli-tuman ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi: qishloq xo‘jaligi, iqtisod va biznes, kompyuter texnologiyalari, aloqalar, informatsiya va jurnalistika, o‘qish, qonunlar, ilm-fan va h.k.lar.
Kutubxonaning quyidagi bo‘linmalari mavjud: Pensilvaniya Davlat Universiteti (USA), Buyuk Britaniya (UK), Shveysariya (Switzerland) va Argentina. Kutubxonada imlo bo‘yicha, so‘z va jumlalar bo‘yicha qidirish tizimi ishlaydi.

11-rasm. WWW Virtual kutubxonasi sahifasi.


GPO Access


http://gpo.gov — US Goverment Printing Office markazi millionlab ma'lumotlarni o‘zida mujassamlagan. Unda Siz AQSHdagi turli-tuman hujjatlar, kitoblar, yangiliklar bilan tani- shishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona 28.000 hujjat bilan
to‘ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron ma'lumotlar bo‘linmasi bajaradi.
Bunda maxsus elektron kataloglar ham ishlab chiqiladi. Konsulta- tsiyalar va buyurtmalar telefon va elektron pochta orqali bajariladi. Kuniga bir necha minglab foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutubxonadan davlat va xususiy korxonalar keng foydalanadi.
Kutubxonada bolalar uchun maxsus bo‘linma bor. Bu bo‘lin- madan bolalar o‘ziga zarur va qiziqarli ma'lumotlarni olishi mumkin. Unda tarixga, qonunlarga, o‘qishga oid zarur to‘plam va ma'lumotlar jamlangan. Bu bo‘linmaning nomi AQSH huku- matining bolalar uchun sahifasi Ben's Guide to the U.S. Goverment for kids), manzili — http://bensguide.gpo.gov
Marketing va reklama bo‘limi kutubxona kataloglarini ishlab chiqadi hamda ularni dunyo bo‘ylab tarqatadi.



  1. rasm. AQSH shtati GPO Access kutubxonasi sahifasi.



http://vcu.library.edu — Virginia Gommonwealth University elektron kutubxonasi
Bu kutubxona universitetning elektron kutubxonasidir. Kutub- xonada ko‘pgina kitob, maqolalar, jurnallar, audio va video ma'lumotlar mujassamlangan. Unda barcha konferensiyalar, anjuman va ma'ruzalar haqidagi ma'lumotlar muntazam e'lon qilib turiladi.



www.library.wustl.edu — Vashington universiteti Virtual kutubxonasi

Ushbu kutubxonada quyidagi mavzulardagi ma'lumotlar mavjud: san'at va arxitektura, biologiya, biznes, kimyo, ilm-fan, tibbiyot, qonunlar, matematika va h.k.lar. Kutubxonada qidirish tizimi mavjud. Kutubxona ma'lumotlarga buyurtmalar qabul qiladi.


1S-rasm. Vashington universitetining Virtual kutubxonasi sahifasi.


Rossiya Milliy elektron kutubxonasi


http://www.nns.ru — dunyodagi eng yirik rus tilidagi ommaviy axborot vositalarining elektron to‘plami. Unda matbuot nashrlari, informatsion agentliklari xabarlari, tele- va radio dasturlar izohlari va tahliliy ma'lumotlar keltirilgan. Ma'lumotlar 2500 dan ko‘p Rossiya mintaqalari, MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari axborot manbalaridan olinadi va doimo yangilanib turiladi.
Kutubxonaga kuniga 6500 dan oshiq hujjatlar kelib tushadi va ular to‘la hajmda kutubxonaga kiritiladi. Kutubxonada 4000000 dan ko‘p hujjatlar yig‘ilgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud bo‘lib, u ma'lumotlarni so‘z va iboralar bo‘yicha topish imkoniyatiga ega. Kutubxonadan istalgan paytda va uning manbalaridan tijorat usulida foydalanish mumkin.
Kutubxona Rossiyadagi eng yirik ommaviy, siyosiy va yangiliklar serveri hisoblanadi.



  1. rasm. Rossiya Milliy elektron kutubxonasi sahifasi.

Moliyaviy Informatsiya Agentligi virtual kutubxonasi


2000-yilda Yevrosiyo fondining moliyaviy ko‘magi yordamida tashkil etildi. Virtual kutubxona biznes vakillari, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari, turli soha mutaxassislarini ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun yaratilgan.
Kutubxona axborotni olish, yig‘ish va uzatish uchun zamonaviy kompyuter kabi zamonaviy vositalar bilan ta'minlangan. Virtual kutubxona tezkor usulda axborot tarqatadi.
Virtual kutubxonada kitobxonlarga respublikamizda va xorijda yuz berayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda iqtisodiy jarayonlar borasida ma'lumotlar olish uchun maxsus to‘plamlar yaratilgan.
? NAZORAT SAVOLLARI

  1. Elektron kutubxona qanday kutubxona?

  2. Elektron kutubxonalar resurslari nimalardan iborat?

  3. Virtual tushunchasiga izoh bering.

  4. Elektron kitob tushunchasiga ta'rif bering.

  5. Birinchi elektron kutubxona qachon yaratilgan?

  6. Elektron kutubxonalarning qanday turlarini bilasiz?




  1. Download 8.01 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. ELEHTRON HUTUBXONALAR VA VIRTUALLIH

Download 8.01 Mb.